274
Uzatish.
Bu bosqichda jo`natuvchi axborotni qabul qiluvchiga etkazish uchun
kanaldan foydalanadi. Axborotni uzatish muhim
bosqichlardan biri hisoblanadi,
chunki shu orqali g’oya boshqa kishiga etkaziladi.
Har bir bosqichda axborot ma`nosi buzilishi va yo`qolishi mumkin.
Dekodlashtirish.
Qabul qiluvchi axborotni dekodlashtiradi, ya`ni jo`natuvchi
simvollarini qabul qiluvchi ongiga kiritish. Agar qabul qiluvchi g’oyani
tushunganini namoyish etsa, axborot almashuvi samarali hisoblanadi.
Axborot almashuvi yo`lida turadigan to`siqlarni o`rganishda ikki muhim
kontseptsiyani o`zlashtirish lozim –
teskari aloqa va shovqin.
Boshqaruv tizimi
unsurlari ichida murakkab, ko`p tomonlama va xilma-xil
aloqalar mavjudligi sharoitida teskari aloqaning ahamiyati ayniqsa, ortadi.
Boshqaruvchi tizim farmoyish yoki buyruq bergandan
keyin shu farmoyish yoki
buyruq qanday bajarilayotganligi to`g’risida teskari aloqa yo`li bo`yicha o`z
vaqtida axborot bilan taminlanib turilmasa, boshqarish jarayoni buziladi va
boshqaruv tizimi butunlay izdan chiqadi.
Teskari aloqa bo`lganda jo`natuvchi va qabul qiluvchi kommunikativ rollarni
almashtiradi. Qabul qiluvchi jo`natuvchiga aylanadi va hamma bosqichlardan o`tib
jo`natuvchiga axborot qanday qabul qilinganligini yyetkazadi.
Teskari aloqa yordamida axborotni jo`natuvchi
bilan uni qabul qiluvchi
o`rtasida aloqa o`rnatiladi. Bu jarayonda axborotni qabul qiluvchi axborot bilan
o`zaro almashuv jarayonining barcha bosqichlarini takrorlaydi,
natijada axborotni
yuboruvchi endi uni qabul qiluvchiga aylanadi, ya`ni har ikkala tomon o`z
vazifalarini o`zaro almashgandek bo`ladi (11,3-chizma).
Teskari aloqa
– bu eshitganga, o`qiganga yoki ko`rganga nisbatan aks ta`sir
yoki ta`sirlanish tayanchi. Bunda mazkur axborotni olgan shaxs shu axborotga
bo`lgan
munosabatini, tushunganligi yoki to`liq tushunmaganligi, qo`llab-
quvvatlanishi yoki inkor etishini shu axborotni yuborgan shaxsga bildiradi. Bunday
aloqa har ikala tomonning bir-birini qanchalik tushunganini bilish uchun zarur.
Rahbar berilgan topshiriq yoki aytilgan so’z har doim bo’ysunuvchilar
tomonidan birdek qabul qilinadi, deb o’ylamasligi kerak.
Bunday xato fikrga
275
boruvchi rahbar o’zini real voqelikdan uzoqlashtiradi. Teskari aloqani samarali
o’rnatmagan rahbarning boshqaruv faoliyati zaiflashadi va inqirozga yuz tutadi.
Teskari aloqa axborot almashuvi samaradorligini oshiradi va shovqinni
kamaytiradi. Axborotni yetkazish nazariyasi tilida shovqin deb, ma`noni buzadigan
omillarga aytiladi.
Shovqin doimo mavjuddir. U axborotni noto`g’ri
tushunishda, uzatishda
namoyon bo`ladi va axborot almashuv jarayonida salbiy ta’sir ko’rsatuvchi
unsurlardan hisoblanadi. Agar shovqin darajasi kuchli bo`lsa, axborot butunlay
ma`nosini yo`qotishi mumkin. Shu sababli axborotni uzatish jarayonida shovqinni
e`tiborga olish kerak.
Hozirgi davrda milliy iqtisodiyotning turli bo’linmalari faoliyatini boshqarish,
eng avvalo tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish
turli-tuman axborotlarga
bog’liq. Axborotlarning xilma-xilligi har bir boshqaruv ob’yekti faoliyatining ko’p
tomonlamaligi bilan, boshqaruv sohalari ham turli-tumanligi bilan belgilanadi.
Axborot,
to`plangan tajriba
G’oyani
yuzaga
keltiruvchi
shaxs
Verbal yoki
noverbal
simvollar
Nutq, xat,
elektron aloqa
vositalari
Dekodlashtiradi va
to`g’ri yoki noto`g’ri
tushunadi
Jo`natuvchiga
javob
berish
Kodlash-
tiradi
JO`NATUVCHI
АХБОРОТ
Tanlaydi
KANAL
QABUL QILUVCHI
Axborotni
etkazadi
Kodlash-
tiradi
Tanlaydi
KANAL
G’oyani yuzaga
keltiruvchi javobni
dekodlashtiradi
Axborotni
etkazadi
Do'stlaringiz bilan baham: