"iqtisodiyot va menejment "



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

Avtokratiya -
 
yakkahokimlik tushunchasini bildiradi, ya`ni yakka hukmronlikni 
ushlab turuvchi va amalga oshiruvchi shaxs.
 
Avtokratik uslubning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Avtokratik rahbar yakka 
hokimlik asosuda qabul qilishni yaxshi ko’radi. U ma`muriyatchilik, rasmiyatchilik 
va buyruqbozlikka keng yo’l ochib beradi. Doimo qo’l ostida ishlovchi xodimlarning 
ishiga aralashib turishni, boshqarish guruhining diqqat markazida bo’lishni yoqtiradi. 
Barcha hukmronlik uni qo`lida bo`lishi kerak va barcha katta kichik muammolarni 
faqat o’zi, qo`l ostidagi xodimlar bilan maslahatlashmay, gohida qo`rqitish usuli bilan 
hal qiladi. Avtokratik rahbar qo`l ostida ishlovchi xodimlar bilan sovuq muomalada 
bo`ladi, o`zining xonasini bezatishni yaxshi ko`radi, qabuliga kiruvchilar uchun 
qo`shimcha rasmiyatchiliklar ko`rsatadi, juda kam gap, kamdan – kam kuladi, uning 
ko`rinishi doim ish bilan band bo`lganini aks ettiradi. Uning asosiy belgisi shundaki, 
kam bilimli bo`lsa ham, juda talabchan, itoatkor ishchi unga yoqadi.
Avtokratik rahbarlar: 

buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki 
rag’batlantirishda jamoa fikrini hisobga olmaydi

o`zini jamoadan uzoq tutadi, jamoa a`zolarini bevosita noo`rin harakatlarining 
tanqid qilinishiga chiday olmaydi;

o`ziga bo`ysunuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni yaxshi 
ko`radi; 

muttasil buyruq berishga, hammani o`z istaklariga so`zsiz bo`ysundirishga 
intiladi; 

ko`p gapirishni yoqtirmaydi, lekin qo`l ostida ishlovchi xodimlar bilan 
muomalada bo`lganda uning rahbarlik g’ururi balandiligi, o`zini katta tutishi 
sezilib turadi; 


218 

o`ziga bo`ysunuvchilar oldida qovog’i solingan kayfiyatda bo`ladi. 
Xullas, avtokratik rahbar o`ziga bino qo`ygan, dimog’dor, o`z qobiliyati va 
imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukmini o`tkazishga intiladigan kishilardan 
yetishib chiqadi. Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa, o`sha yerda dag’allik, 
takabburlik, tazyiq o`tkazish, majbur qilish kabi salbiy holatlar avj oladi.
Biroq avtokratik boshqaruv usulini har jihatdan yomon deb bo`lmaydi. Bu 
turdagi rahbar chaqmoq tezligidagi reaktsiyaga ega bo`ladi. U har qanday 
qiyinchilikni qo`qmay bartaraf etadi, o`ziga ishonadi va jamiyatga rahbarlik qilish 
qobiliyatiga erishadi. Ba`zi hollarda esa, bo`ysunuvchilarning madaniy darajasi, 
axloqi pastligi sababli bu uslubni tanlab olish ham ish berib qolishi mumkin.
Liberal uslub. 
Liberal so`zi rahmdil, saxiy, oliyjanob yoki yumshoq degan 
ma`noni anglatadi. Liberal uslubning xususiyati shundaki, rahbar o`zini rahbarlik 
holatini namoyish etmaydi, aksincha, u bundan uyaladi va hodisalarning o`zi taraqqiy 
topishiga sharoit yaratib berib ularga aralashmaydi. Qo`l ostidagilarga hurmat bilan 
murojaat qiladi va «juda iltimos qilaman» degan so`zni tez-tez ishlatadi. Qo`l 
ostidagilar fikrini sabr bilan tinglaydi, ular taklifidan foydali fikrlarni izlaydi va 
ularni hayotga tadbiq qilishga harakat qiladi. O`zining sipoligi yoki uyatchanligi 
uchun «Birinchi qatorlardan» qochadi, oshkoralikni yoqtirmaydi.

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish