Suv resurslarini havzaviy rejalashtirish va boshqarish



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#780052
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   100
Bog'liq
bce1e38198591cc537490d6061333c7a

Muzokaralar
Muzokaralar davlatlar tomonidan xalqaro nizolarni, shu jum
-
ladan, transchegaraviy suv resurslarini boshqarish bilan bog‘liq 
nizolarni hal qilish usullaridan biri sifatida qo‘llaniladi. Tegishli 
masalalar va jalb qilingan davlatlar soniga qarab muzokaralar 
ikki tomonlama muzokaralar va diplomatik yozishmalardan 
boshlab, xalqaro konferensiya darajasidagi turli shakllarda 
bo‘lishi mumkin. Muzokaralar nizolarni hal qilishning barcha 
bosqichlarida qo‘llanilishi mumkin. Manfaatlarga asoslangan 
muzokaralarda ular muhokama qilinadigan mavzular nuqtai 
nazaridan (pozitsiya) manfaatlar tomon yo‘naltiriladi. Har qan
-
day nuqtai nazar (pozitsiya) ostida ko‘plab manfaatlar yotadi
manfaatlarga asoslangan munozaralar esa bir qator imkoniyat 


182
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
va ijodiy variantlarni ochib beradi. Taraflar manfaatlariga javob 
beradigan kelishuvga erishishlari uchun manfaatlar bo‘yicha 
muloqot va muzokaralar ochiq bo‘lishi kerak.
Manfaatlarga asoslangan muzokaralar eng yaxshi natijalarga 
olib kelishi mumkin bo‘lgan yo‘l hisoblansa-da, ayrim hollarda 
tomonlar bu usulni qo‘llamasliklari ham mumkin. Bunday hollar
-
da muzokaralar ko‘pincha “huquqlarga asoslangan” yoki “kuch
-
ga asoslangan” muzokaraga aylanadi. Tomonlar o‘rtasidagi mu
-
zokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchraganda, tomonlar ularning 
huquqlari deb hisoblangan harakatlarni majburan bajarishga 
urinadilar. Bu esa oxir-oqibat sudga shikoyat qilishni anglatadi 
hamda masalani qonun ustuvor xususiyatga ega bo‘lgan qonuniy 
jarayonga olib keladi. Muzokaralar, odatda, nizolarni hal qilishda 
birinchi qadam sifatida qabul qilinadi. Agar ular muvaffaqiyatsiz 
bo‘lsa yoki tomonlar muzokaralarga kirisha olmasalar, nizolarni 
hal etishning mavjud boshqa vositalariga murojaat qilinadi. 
Bunday vositalar neytral uchinchi tomon ishtirokiga asoslanadi.
Maslahatlashuv
Muzokara 
turlaridan 
biri 
maslahatlashuvlardir. 
Maslahatlashuvlar an’anaviy ravishda odatiy holga aylangan, 
lekin ular shartnomada institutsional mexanizm doirasida 
yoki nizolarni hal qilish tartibida ham aks ettirilishi mumkin. 
Maslahatlashuvlarni odatda turli darjadagi rejalangan, shu
-
ningdek umumiy bo‘lgan suv ob’yekti havzasida joylashgan 
boshqa davlatlarning manfaatlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin 
bo‘lgan tadbirlar bo‘yicha o‘tkazish ko‘zda tutiladi. Tomonlar 
o‘rtasida “avvalgi o‘tkazilgan maslahatlashuvlar” manfaatdor 
tomonlarga taklif etilayotgan faoliyatning suvdan foydalanishga 
ta’sirini birgalikda muhokama qilish va baholash imkonini bera
-
di. Nizolarning oldini olish mexanizmi sifatida maslahatlashuv, 
odatda, loyihani rejalashtirishdan avval loyihani asoslash va 


183
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
amalga oshirish uchun imkoniyat yaratadi. 
1997-yilgi xalqaro suv konvensiyasida maslahatlar o‘tkazish 
tavsiya etiladigan o‘nlab holatlar keltirilgan. Nil daryosi havzasi 
tashabbusi deb nomlanadigan ko‘p tomonlama jarayonda ham 
turli yo‘nalishdagi va norasmiy xususiyatga ega bo‘lgan bir qan
-
cha maslahatlashuvlar namunalari berilgan. Jarayon Nil daryosi 
havzasidagi ekspertlarni, shuningdek, xalqaro va tashqi yordam 
agentliklarini (donorlarni) birlashtiradi va mintaqa mamlakat
-
lariga havzaning suv resurslariga doir rejalar haqida fikr al
-
mashish imkonini beradi.

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish