Suv resurslarini havzaviy rejalashtirish va boshqarish



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#780052
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100
Bog'liq
bce1e38198591cc537490d6061333c7a

 
Dalillarni topish
Aksariyat xalqaro qarama-qarshiliklar amalda real holat va 
haqiqat bilan bog‘liq masalalar yuzasidan paydo bo‘lgan kelish
-
movchiliklardan kelib chiqadi. Masalani o‘rganish va dalillarni 
aniqlash – mutlaqo ixtilofli dalillarni aniqlash uchun maxsus 
ishlab chiqilgan tartiblardir. BMTning Xalqaro huquq komissiya
-
si (ILC) nizolarning oldini olish va hal qilish masalalari bo‘yicha 
huquqiy masalalarni o‘rganib chiqdi. Dalillarni topish harakat 
manbasi sifatida ko‘pincha mojarolarni biror-bir jiddiy oqibatlar 
boshlanmasdan avval bartaraf etish imkonini beradi. Dalillarni 
aniqlash yoki tekshirish amalda davlatlarga diplomatik muzo
-
karalar oldidan haqiqiy yoki texnik masalalar bo‘yicha uchinchi 
tomonlarning xolis tekshiruvi uchun ekspertlar guruhi oldiga 
aniq savollar va vazifalar qo‘yishga imkon beradi. 
Tajribalar ko‘rsatadiki, dastlab texnik darajadagi muam
-
molarni havza davlatlari vakillaridan tashkil etilgan qo‘shma 
institutlar yordamida o‘rganish samarali yo‘l hisoblanadi. 
Chunki mutaxassislarning o‘rganishlari, o‘zlarining asoslan
-
gan hisobot va tavsiyalarini taqdim etishlari siyosiy omillar va 
qarashlarning potensial salbiy ta’sirini minimallashtirish im-
konini beradi. Masalan, Kanada-AQSH xalqaro qo‘shma komis
-
siyasi ushbu yondashuvni bir necha holatlarda muvaffaqiyatli 
qo‘llagan. Texnik ko‘nikmalar talab qiladigan, suvdan foydala
-
nish yoki suv resurslarining ifloslanishi muammosi bilan bog‘liq 
bo‘lgan vaziyatlar yuzaga kelganda, ikki davlat rasmiylari bun
-
day masalalarni odatda xalqaro qo‘shma komissiyaga o‘rganib 
chiqish uchun topshiradi. Komissiya faoliyati zarur ma’lumot 


186
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
yig‘ish, muammoni o‘rganish va yechimlarni taklif qilish uchun 
ekspertlardan iborat texnik maslahat kengashini tayinlashdan 
iborat bo‘ladi. Misol uchun, 1980-yillarda mazkur ikki davlatga 
tegishli mojaroli vaziyat yuzaga keldi. 
1980-yillarning oxirida Kanadadagi kompaniyaning Flatxead 
daryosining yuqori qismidagi kon qazilma ishlari faoliyati bilan 
bog‘liq loyihasi AQSHda, daryoning quyi oqimida joylashgan suv
-
dan foydalanuvchilarning jiddiy e’tirozlariga duch keldi. Shunda 
davlatlarning rasmiy organlari buyurtmasiga ko‘ra xalqaro 
qo‘shma komissiyadan chegara suvlarining ifloslanish dara
-
jasini tadqiq qilish va aholi salomatligiga yetkazilishi mumkin 
bo‘lgan zararni bartaraf etish usullari bo‘yicha tavsiyalar ishlab 
chiqish so‘raldi. Xalqaro qo‘shma komissiya ikki hukumatning il
-
timosiga ko‘ra loyiha va uning ehtimoliy oqibatlarini o‘rganish 
bo‘yicha tadqiqot guruhini tuzdi. Tadqiqot guruhining masala
-
ni o‘rganishi va texnik baholashi natijalariga asoslanib xalqaro 
qo‘shma komissiya loyihani taqiqlash bo‘yicha qaror qabul qildi. 
Dalillarni to‘plash va o‘rganish odatda jamoatchilik eshituvi bi
-
lan qo‘shib olib boriladi. 

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish