137
136
ko‘rishi, shuningdek, referat yoki mufassal taqriz yozishi lozim. Sizning
birinchi referatingiz mavzu yuzasidan berilgan masalaning mazmunini tanqid
va tahlil qilmay turib, oqizmay-tomizmay qayta bayon qilib berishdan iborat
bo‘ladi. Bundan keyingi referatlaringiz esa tanqidiy xarakterda bo‘lishi kerak.
Referat seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazuvchi o‘qituvchi rahbarligida yoziladi.
Siz rahbarga doimo maslahat olish uchun murojaat qilishingiz mumkin.
Referat yozish asosan uch turli bo‘lishi mumkin:
ilmiy ishni tanqidiy tahlil qilib, taqriz yozish;
mavzu yuzasidan biror tadqiqotni tahlil qilish;
biror muhokamaga tashlangan mavzuni tahlil qilib referat yozish.
Ilmiy tadqiqot yoki konkret ish bo‘yicha referat yozilganda:
ishning muhimligi — dolzarbliligi ta’kidlanadi;
ish muallifining nazariy qarashlariga baho beriladi;
muallif qarashlariga fanda bor dalillar, fikrlardan kelib chiqib, tanqidiy
yondoshiladi;
agar ishda aniq tadqiqot materiallari bayon etilgan bo‘lsa, uning aso-
siy natijalari, uning mantiqqa to‘g‘ri kelishi, ishonchliligi tahlil qilinadi;
o‘rganilgan ishning qiymati, uning amaliyot uchun ahamiyati bo‘lsa
ta’kidlanib, kamchiliklari, shu kamchilikka ko‘ra shaxsiy fikrlar, kelajakda
qanday yo‘nalishda ishlar qilinishi ma’qulligi bayon etiladi.
Referat ustida ishlashning ba’zi qoidalari: talaba referat ustida ishlashi-
ning tartibi taxminan quyidagicha:
1) mavzu tanlash;
2) bibiliografiya tuzish, kutubxonada adabiyot borligini aniqlash;
3) sinchiklab o‘rganish uchun tanlangan adabiyotdan ko‘chirmalar olish;
4) adabiyotni o‘qish davomida xomaki reja tuzish;
5) murakkab reja tuzish, sarlavha va sarlavhachalarni ravshan, ochiq-
oydin va qisqacha ifodalash. Shu rejaga muvofiq, zarur bo‘lsa, talabalar
guruhida psixologik kuzatishlar o‘tkazish;
6) adabiyotdan olingan ko‘chirmalardan foydalanib, matnni rejaga
muvofiq bayon qilish;
7) boshqa muallifning maqolasida yoki kitobida keltirilgan sitatalari
bilan kifoyalanmay, sitalalarni birinchi manbalarga qarab puxta tekshirish.
O‘z fikrlari bilan sitatalarning nisbatini solishtirib ko‘rish. Referatda
sitatalarning ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;
8) shaxsiy kuzatishlar va eksperimentlar materialini tahlil qilish,
natijalarni referatga qo‘shish;
9) xomaki yozuvni oqqa ko‘chirish, ayni vaqtda matnning abzaslarga
bo‘linishiga rioya qilish (referatlarda uchraydigan xato shuki, bir necha
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 49-modda:
Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy va ma’naviy va madaniy
merosini avaylab-asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat
muhofazasidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: