147
146
Talabalar tomonidan bitiruv ishlarini tayyorlashda ayrim rasmiy hujjat-
larni rasmiylashtirishga to‘g‘ri keladi. Bitiruv malakaviy ishi mavzulari
muayyan kafedra va fakultet ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Mav-
zular ro‘yxatini tuzishda talabalarning muayyan bir masala ustida ishlash
bo‘yicha istaklari inobatga olinadi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzulari doirasi haddan tashqari kengayib
ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bitiruv malakaviy ishi uchun mavzu
tanlanganda talabalarning bilim doirasi, qobiliyati, imkoniyati e’tiborga
olingani ma’qul.
Talaba bitiruv ishini kafedra tomonidan belgilangan yuqori malakali
professor-o‘qituvchi rahbarligida tayyorlaydi. Kafedrada talaba bitiruv ishiga
ilmiy rahbar qilib uning mavzusiga qiziqqan, mazmunini mukammal
biladigan, ma’lum darajada tadqiq etgan o‘qituvchi-professorni tayinlash
maqsadga muvofiqdir. Ana shundagina talabaning izlanishlari yaxshi sa-
mara beradi.
Talaba bitiruv malakaviy ishini tayyorlash jarayonida ilmiy rahbaridan
maslahatlar, ilmiy ko‘rsatmalar va ma’naviy yordam olib turadi. Ustoz va
shogird birgalikda ishning yo‘nalishi, tadqiq etiladigan asosiy masalalarni
muayyan ravishda belgilab oladilar. Bitiruv ishini bajarishda ham har qanday
ilmiy ishdagidek, avval reja tuziladi.
Bitiruv ishining kirish qismida uning maqsad va vazifalari bayon qilinadi.
Asosiy qism ikki yoki uch (muammoning hajmi va ko‘lamiga qarab) bobdan
iborat bo‘lishi mumkin.
Mazkur boblarda talaba o‘rganilayotgan masala yoki ilmiy asarning
mufassal va chuqur tahlilini beradi, o‘z fikr-mulohazalarini kuzatish va
tajribalarini mantiqli va asosli yozma bayon qiladi, ifodalaydi.
Ishning xulosa qismida oldingi boblardagi fikr va mulohazalarga yakun
yasaladi, muhim va zarur umumlashmalar chiqariladi.
Bitiruv ishini tayyorlash va uni yozish jarayonida talaba o‘z fikrlari
bilan birga, farazlarini isbotlash, asoslash maqsadida ilmiy va badiiy
asarlaridan ko‘chirmalar keltirishi mumkin.
Bitiruv ishida uning mazmuni, xususiyati va sifati singari fazilatlariga,
ifodalanish xarakteriga, shuningdek, texnik jihatdan ta’minlanishiga ham
asosiy e’tibor qaratiladi. Bitiruv ishining to‘liq matni ilmiy rahbar tomo-
nidan o‘qilgach, kompyuterda yozdiriladi va muqovilanadi. Uning hajmi
60-70 bet atrofida bo‘ladi. U kafedraga topshirilishi kerak. Ish kafedraga
qabul qilinishi uchun ilmiy rahbar u haqda qisqacha taqriz yozadi. Taqrizda
bitiruv ishining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatiladi va ommaviy himoyaga
qo‘yilishi mumkinligi ta’kidlanadi.
tushuntirish jarayonida asosiy g‘oyani ajratib olishi, ilmiylik, ko‘rgazmalilik
tamoyillariga rioya qilishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va
ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazorat etishi, dars mobaynida vaqtdan unumli
foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi
jihatlar inobatga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: