Uyga topshiriq:
1. Pedagogik amaliyotga doir talabalarning hisobot-
lari bilan tanishing (ular kafedralarda saqlanadi) va taassurotlaringizni kichik
matn shaklida bayon qiling.
1. Institut ARMida saqlanayotgan bitiruv malakaviy ishlari bilan tani-
shing va taassurotlaringizni og‘zaki ravishda bayon qiling.
T E S T
1. Og‘zaki so‘zlashuv tilining xususiyatlari qaysi qatorda to‘g‘ri
ko‘rsatilgan?
A. Erkinligi, ma’lum me’yorlarga amal qilishi shart emasligi, oddiyligi.
B. Erkinligi va oddiyligi.
C. Ma’lum me’yorlarga amal qilmasligi.
D. Aniq bir qolipga solinmaganligi.
2. Qaysi qatorda turkiy tillar – qarindosh tillar to‘g‘ri berilgan?
A. Boshqird, qorachoy-bolqor. B. Venger, koreys.
C. Tojik, uyg‘ur. D. Rus, ozarbayjon.
3. Til oilalarining nomlari nimaga asoslanib nomlanadi?
A. Bobo tili nomiga asoslanib. B. Kelib chiqishiga ko‘ra.
C. Qaysi hududda joylashishiga ko‘ra. D. Til oilasidagi eng qadimiy
til nomiga asoslanib.
4. Qaysi qatorda turkiy tillar oilasining guruhlanishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A. Qipchoq tillari guruhi, o‘g‘uz tillari guruhi, qorluq tillari guruhi.
B. Chigil tillari guruhi, o‘g‘uz tillari guruhi, qorluq tillari guruhi.
C. Yag‘mo tillari guruhi, o‘g‘uz tillari guruhi, qorluq tillari guruhi.
D. Chigil tillari guruhi, yag‘mo tillari guruhi, o‘g‘uz tillari guruhi.
5. Qorluq tillari guruhiga mansub tillar qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A. O‘zbek tili, uyg‘ur tili. B. Turkman, ozarbayjon.
C. No‘g‘oy, qoraqalpoq. D. Qozoy, qirg‘iz.
6. Tatar, boshqird, xakas, chuvash tillari qaysi guruhga mansub?
A. Qipchoq tillari guruhiga. B. Chigil tillari guruhi.
C. o‘g‘uz tillari guruhi. D. qorluq tillari guruhi.
7.Turkiy tillar oilasida nechta til mavjud?
A. 30 ga yaqin til. B. 30 ta. C. 30 dan ortiq. D. 24 ta.
8.Turkiy tillarda so‘zlashuvchilar yashamaydigan mintaqani ko‘rsating.
A. Afrika. B. Avstraliya. C. Osiyoda. D. Yevropa.
9. Turkiy tillarning xususiyatlari qaysi qatorda to‘liq va to‘g‘ri berilgan?
A. Agglutinativ til hisoblanadi. Har qanday grammatik ma’no alohida
qo‘shimcha yordamida ifodalaniladi.
Bitiruv ishlari Davlat attestasiyasi komissiyasi oldida ochiq—ommaviy
ravishda himoya qilinadi. Bitiruvchi himoyada taxminan 10-15 minut davo-
mida o‘z ishining asosiy mazmuni, mohiyati va xulosalarini qisqacha bayon
qilib beradi. Himoyadan oldin tezislar sifatida ishning asosiy xulosalarini
kompyuterda 2-3 sahifada ko‘p nusxada (DAK hay’ati a’zolariga yetarli
miqdorda) tayyorlab, tarqatish maqsadga muvofiqdir.
Himoyada bitiruvchidan so‘ng kafedra tomonidan belgilangan opponent
so‘zga chiqadi. U DAK a’zolarini o‘zining taqrizi mazmuni bilan tanish-
tiradi. Taqriz matni himoyadan oldin kafedraga topshirilishi lozim. Taqrizda
bitiruv ishining mohiyati, ilmiy qimmati, fazilatlari, ahamiyati, qanday
baholash mumkinligi bo‘yicha istaklar aks etishi zarur. Shundan keyin
bitiruv ishining mazmuni bilan tanishib chiqqan shaxslar (xohlovchilar)
ixtiyoriy ravishda o‘z mulohazalari bilan so‘zga chiqishlari mumkin.
Bitiruvchi o‘zining yakunlovchi so‘zida taqrizchi va boshqa o‘rtoqlarning
fikr-mulohazalariga javoblar qaytaradi, aytilgan ilmiy fikr, mulohazalarga
o‘z munosabatini bildiradi, masalaning munozarali tomonlarini o‘z dalillari
bilan oydinlashtiradi. Oxirda DAK a’zolari kengashib, bildirilgan fikr-mulo-
hazalarni hisobga olgan holda bitiruv ishini baholaydilar va e’lon qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |