141
140
Kurs ishlari nazorat ishlariga nisbatan hajmi jihatidan ancha katta
bo‘ladi. Ta’kidlash kerakki, kurs ishlarida tadqiqotchilik element (unsur)
lari ko‘proqdir. Shuning uchun ham kurs ishlari talabalarning mustaqil
ravishda yaratgan dastlabki rasmiy ilmiy ishi sanaladi.
Kurs ishlarining asosiy vazifasi ixtisoslik fanlari bo‘yicha bir muammo
yuzasidan talabalarning mustaqil ravishda ilmiy ishini tashkil qilish va
rejalashtirish qobiliyatini kamol toptirishdan iborat.
Talaba kurs ishlarini yozish jarayonida izlanadi, maxsus va qo‘shimcha
adabiyotlar bilan tanishadi, ilmiy fikrlash, tanlangan mavzu bo‘yicha
xulosalar chiqaradi. Kurs ishining saviyasi uni tayyorlashga ko‘riladigan
hozirlikka ko‘p jihatdan bog‘liq. Kurs ishini yozishdan oldin talaba tegishli
manbalar, adabiyotlar bilan atroflicha tanishib chiqishi, ilmiy-nazariy va
tanqidiy manbalarni sinchiklab o‘qib chiqishi, tahlil qilishi kerak.
Kurs ishlari mavzularini tavsiya etishdan oldin muayyan kafedra kurs
ishining asosiy maqsad va muammolarini belgilab beradi. Shundan kelib
chiqib, kafedrada kurs ishlari mavzulari tuziladi. Mavzular kafedra tomonidan
tasdiqlangach, talabalarga tavsiya etiladi.
Kurs ishlarini referatga aylantirib yuborish yaramaydi. Ko‘zlangan
maqsadi, mazmuni va hajmiga ko‘ra jiddiy farqlari bo‘lganligi sababli
referatlarni kurs ishi sifatida qabul qilish mumkin emas. Yana shuni ham
ta’kidlash kerakki, referatda tadqiqotchilik unsurlari, ilmiy xulosa va
umumlashmalar kamroq bo‘ladi.
Kurs ishlari mavzulari rang-barang bo‘lishi, mavzular yil sayin yangilanib
borishi zarur. Kurs ishlari uchun sohada kam o‘rganilgan yoki ancha
murakkab muammo va masalalar mavzu qilib olinishi mumkin.
Kurs ishlarida ilgari surilgan barcha mulohazalar, bayon etilgan fikrlar,
kuzatishlar, xulosalar talabalar bilimlari va qobiliyatilari darajasida chuqur,
mantiqli, dalillangan bo‘lishi lozim. Kurs ishiga mana shu sifat va
xususiyatlariga qarab baho beriladi.
Kurs ishlarini baholashda ularning hajmiga ham e’tibor beriladi: u
qo‘lyozmada 30-25 sahifa, kompyuterda 8-10 bet atrofida bo‘lishi talab
etiladi.
Kurs ishining kirish qismida muallif tanlangan mavzuning ilmiy-nazariy
va amaliy jihatdan muhimligi, dolzarbligi, o‘rganilganligi, o‘rganilishi zarur
masalalar ko‘rsatiladi. Ishning asosiy qismida talaba o‘z oldiga qo‘ygan
maqsadini keng ravishda batafsil yoritadi; bu ishning 75-80% ini tashkil
qiladi.
Talaba kurs ishining oxirida umumiy xulosalar chiqaradi, bunga 5-10
% ish hajmi ajratilishi mumkin.
1945-yil 26-mart kuni Gdank shahri uchun jang ketayotgan bir paytda
o‘zbek xalqining mard o‘g‘loni qahramonlarcha halok bo‘ldi.
Yurtining porloq kelajagi uchun jon fido qilgan o‘g‘lonini xalqimiz
aslo unutmadi. Bugun uning nomi bilan poytaxt tumanlaridan biri, metro
bekati, maktablar atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: