Август 2020 10-қисм



Download 107,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/150
Sana12.07.2022
Hajmi107,68 Kb.
#779601
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   150
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

Август 2020 10-қисм
Тошкент
O’SMIRLIK DAVRI PSIXOLOGIYASI 
Abdug’afforova Ozoda To’ymurodovna 
Buxoro viloyati Olot tumani 25-maktab psixologi
Annotatsiya: 
ushbu maqolada o’smirlik davrining o’ziga xos belgilari, o’smirlarning xatti-
harakati tahlil etilgan.
Kalit so’zlar: 
o’smirlik, o’tish davri, psixologiya, xarakter.
O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat, qobiliyat 
va imkoniyatlarini ma’lum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu 
holatni oddiy kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish mumkin. O‘smirlik davri 
«o‘tish 
davri», 
»krizis davr», «qiyin davr
» 
kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi. 
CHunki, bu Yoshdagi o‘smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o‘z o‘rnini topa 
olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi. O‘z davrida 
L.S. Vigotskiy 
bunday holatni 

psixik rivojlanishdagi krizis» 
deb nomlagan. Kichik maktab davridan so‘ng bola alohida 
olingan shaxs sifatida o‘z-o‘ziga munosabatini shakllantirish jarayonida asosan ikki bosqichni 
boshidan kechiradi. Bu bosqichlar o‘smirlik Yoshini ikki xil davrga - kichik o‘smirlik davri va 
katta o‘smirlik davrlariga to‘g‘ri keladi. Birinchi bosqichda o‘smir o‘zini ”bola”lardan ajratib, 
endi o‘zini kattalar olamiga mansubligini ta’kidlamoqchidek bo‘ladi. Kattalar hayotiga kirishga 
qiziqish o‘smirlarning asosiy xarakteristikalari hisoblanadi. Bu davr uchun kattalarning xatti-
harakatlariga taqlid qilish va o‘zining mana shu yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho bera 
olmaslik, uning katta Yoshli kishilarga yaqin bo‘lishi, yordam berayotgan bir guruh tengdoshlari 
bilan ortiq darajada bog‘liq bo‘lib qolishi va shu singari holatlar xarakterlidir. Ikkinchi bosqichda 
o‘smir endi o‘zining Yosh bola emasligiga shubha qilmaydi va o‘zligini aniq anglay boshlaydi, 
o‘z shaxsini ulug‘lab, o‘ziga xos harakatlar qila boshlaydi. O‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi 
fikrlar ko‘prok qiziqtiradi, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga harakat 
qiladilar. O‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini anglash layoqatlarida, mustaqil 
xatti-harakatlarida katta sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishida 
irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya sifatida o‘smirning erkin harakat qilish 
quroli, Shuningdek, shaxsi rivojining magistral chizig‘i bo‘lib hisoblanadi. Bu davrga kelib 
uning harakatlari o‘zi bilan o‘rtoq bo‘lgan bir guruh tengdoshlariga bog‘liq bo‘lmay qoladi. 
O‘rtoqlari o‘smirga o‘zi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri tasavvurlardan qaytib, jiddiy o‘ylab ko‘rishga uni 
majbur qilmoqchi bo‘lganlarida ham u bemalol rad javobini berishi va o‘z fikrida qat’iy turib 
himoya qilishi mumkin. Bu davrda o‘zga kishilarning ichki dunyosiga ortiqcha qiziqish bilan 
qarash va o‘z xatti-harakatlarini o‘zi tahlil qilish, o‘z-o‘zini tarbiyalashning elementlarini yuzaga 
kelishi mana shu ikkinchi bosqichdagi o‘smirlar hayotiga xos xususiyatlardir. O‘smirlik davriga 
ko‘pincha so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi 
salbiy xususiyatlar xosdir. O‘smirlar hayotda, ekranda va kitoblarda kattalarning mustaqilligini 
va erkinligini, ularning katta va qiziqarli ishlarini, dadil harakatlarini, qahramonliklarini, 
atrofdagilar orasidagi obro‘larini ko‘radilar hamda havas qiladilar.O‘smirda 
katta Yoshli odam 
bo‘lishga yoki hech bo‘lmaganda katta Yoshli odam bo‘lib ko‘rinishga qiziqish, 
intilish paydo 
bo‘ladi va bu xohishni amalga oshirish unga osondek bo‘lib ko‘rinadi. O‘smirlarning ehtiyojlari 
va imkoniyatlarining o‘zaro mos kelmasligi o‘smirlar bilan ota-onalari, o‘qituvchilari va boshqa 
murabbiylari o‘rtasida qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi. O‘smir o‘zining juda ko‘p istaklari, 
«xohlayman»larini amalga oshirishga intiladi: katta Yoshli odamlar ega bo‘lgan ham 
ma 
narsalardan foydalanishga, erkin, mustaqil va ozod bo‘lishga intiladi. Tevarak-atrofdagi odamlarga 
o‘zining ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun u kuchli, ko‘rqmas va epchil bo‘lishga inti ladi. 
Tarbiyachilar ham o‘z tarbiyalanuvchilari xuddi shunday bo‘lishlarini istaydilar, ammo ular ana 
shu fazilatlarning faqat «kerakligi» uchun shunday bo‘lishini istaydilar. Ana shunday «xohlayman» 
va «kerak» o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ba’zan oilada, maktabda, keskin ziddiyatli vaziyatlarni 
yuzaga kel tiradi. Tarbiyalangan odamda «xohlayman» fakat «kerak»ni bajarish orqaligina 
amalga oshiriladi. Agar o‘smir bola tushunishga o‘rgatilmagan bo‘lsa va «kerak» bo‘lgan narsani 
bajarishga odatlanmagan bo‘lsa, u o‘zboshimchaligini namoyon qilish orqali tarbiyachilarning 
talablariga qarshilik qiladi hamda o‘zining shaxsiy asoslanilmagan xohishlari asosida ish 
tutadi. O‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro munosabatlarning 


75

Download 107,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish