1.
фарберман Б.л. Передовые педагогические технологии. -т.: фан, 2000.
2.
Холмухаммедов м.м. ва бошкалар. таълим педагогик технологиялари. услубий
кўлланма. – Самарканд, 2005.
77
Август 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG’ICH SINFLARDA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH VA
EKOLOGIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISHDA INTERFAOL USULLARNING
AHAMIYATI
Akbarova Feruza Madaminova
Andijon viloyati Ulug’nor tumani
XTBga qarashli 8- umumta’lim
maktabning boshlang‘ich sinf o
‘
qituvchisi
Telefon : +998997910586
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda bolalarni atrof muhitni muhofaza
qilish tabiatga bo’lgan muhabbat bilan ulg’ayish va ekologik tarbiyani shakllantirish haqida
so‘z yuritilgan .
Kalit so‘zlar:
Boshlang‘ich, ta’lim, tabiatshunoslik, tabiat, muhofaza.
Boshlang’ich sinflarda innovatsion texnologiyalardan foydalanib darslarni tashkil etish
ta’limda yuqori sifat va samaradorlikka olib keladi. Boshlang’ich ta’lim tizimidagi innovatsion
texnologiyalarning yo’nalishlari, boshlang’ich sinf o’quvchilarining ta’lim mazmunini
o’zlashtirishlariga innovatsion yondashish, boshlang’ich ta’lim jarayonida interfaol ta’lim
metodlarini tanlash va amalda qo’llash orqali o’quvchilarning faolligini oshirish dolzarb
pedagogik muammo hisoblanadi. Boshlang’ich sinflar ta’lim tizimining poydevoridir.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari ta’lim olishni burch ekanligini anglab yetadilar. Dars vaqtida
o’quvchi faoliyatiga qo’yilgan yuqori baho o’quvchilarda ruhiy tetiklik, shodlik, iftixor kabi
hissiy kechinmalarni tug’diradi. SHunday ekan boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi har tomonlama
yetuk, o’tkir diplamat, o’z kasbini ustasi, intellekutal salohiyatga ega shaxs bo’lishi shart.
Atrof-muhitni asrash va tabiatga muhabbat uyg’otish tabiat faning ilmiy nazariy asoslarini
o`quvchilar ongiga singdirish, ularni tabbiatga g`amhurlik ruhida tarbiyalash dolzarb pedagogik
muammolardan biridir.O`qituvchi ekologik ta’lim-tarbiyaga oid olib borayotgan har bir
mashg`ulotni ma’lum bir mavzuga bag`ishlab o`tkazishi maqsadga muvofiqdir. O`quvchilarning
ekologik ongini o`stirish, o`zligini anglash, tabiiy boyliklar, hayvonot dunyosi va o’simliklar
olamini asrab-avaylash, e’zozlash ruhida tarbiyalash boshlang`ich sinf o`qituvchisiga alohida
mas’uliyat yuklaydi.O`qituvchi o`quvchilarga tabiatga oid bilimni berishda noan’anaviy
usullardan foydalaniishi zarur. Bunday noan’anaviy usullar atrof-muhitda ro’y berayotgan voqyea-
hodisalarni yaxshiroq mushohada qilishga undaydi. Ayniqsa,amaliyot bilan uzviy bog`langan
mavzular asosida tashkil qilingan tabiat qo’yniga sayohat darslari o`quvchilarning ekologik
fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirib, ularning o`rganayotgan muammoli masalalarning mohiyatini
kengroq tasavvur qilishlariga yordam beradi. Dala va bog`larda, o`tloqlarda zubturum, qoqio`t,
shuvoq, ajriq, sachratqi, ayiqtovon, suvzamchi, ariq bo`ylarida yalpiz kabi o`simliklar o`sadi.
Bu o`simliklarning ayrimlari dorivor o`simliklar hisoblanadi. Masalan, zubturumning barglari
odamning yara, kuygan yoki ari chaqqan joyiga qo`yib davolanadi. Barglaridan shamollash,
oshqozon va ichak kasalliklarini davolashda ham foydalaniladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan
bunday dars o`quvchilarning inson va tabiat o`rtasidagi munosabatalarini anglashlariga, atrof-
muhitga salbiy va ijobiy ta‟sirlar natijasini tushunib yetishlariga asosiy kuch bo`lib xizmat qilishi
muqarrar.
O`quvchilarga birinchi sinfdan boshlab ularni o`rab turgan tabiat haqida, o`simliklar dunyosi
haqida tushuncha berish, boshlang`ich sinf o`qituvchilar oldidagi dolzarb masaladir.Men ish
faoliyatim davomida quyidagi xulosalarga keldim.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining oldiga qo`ygan vazifalaridan biri boshlang`ich sinf
o`quvchilarini ilk maktabga qadam qo`yganidanoq ularga ona tabiatga va undagi o`simliklkar
dunyosiga mehr– muhabbatnishakllantirishdan iboratdir.
Tabiatshunoslik dasturi biologik, geografik tabiatda bo‟ladigan fizik,kimyoviy jarayonlar
to`g`risida elementlar tushunchalarning o`zlashtirishini nazarda tutadi. Har bir tabiatshunoslik
darsida eng muhim maxsus tushunchalarni ajratish g`oyat muhimdir. Ular tabiatshunoslik
tushunchalarini izchillik bilan kengaytirib borishni qulaylashtiradi, ilmiy dunyoqarashning
shakllanishini ta‟minlanadi.
78
Do'stlaringiz bilan baham: |