1
3-MAVZU:
Nutq madaniyati va uning ijtimoiy o‘rni. Til va uning
vazifalari. Til va nutq. Nutq madaniyati va adabiy til me’yorlari
Reja:
1.
Nutq madaniyati asoslari fanining maqsad va vazifalari.
2.
Nutq madaniyati muammosining asoslanishi.
3.
Til va nutq. Nutq madaniyati va til madaniyati. Nutq boyligi va til boyligi.
4.
Nutq odobi va nutqiy etiket tushunchalari. Muloqot va muomala odobi.
5.Nutq madaniyati va adabiy til me’yorlari.
Tayanch so‘zlar:
Nutq madaniyati, nutq odobi, nutqiy etiket, me’yoriy
tushunchalar, til birliklari, nutq birliklari, til boyligi,
nutq boyligi, til madaniyati,
kommunikativ vazifa, ekspressiv vazifa, estetik vazifa.
Til, nutq
va
madaniyat
tushunchalarining har biri jamiyat va til taraqqiyoti
mobaynida uzluksiz davom etgan o‘zaro bog‘liqlik natijasida til madaniyati va
nutq madaniyati deb atalgan yangi tushunchalarning, yangi ilm sohalarining
yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Til, nutq va madaniyat insonsiz mavjud
bo‘lmaganidek, ularsiz insonning o‘zini ham tasavvur qilib bo‘lmaydi. Til ijtimoiy
mahsulot, lisoniy tizim, undan inson bolaligidan boshlab foydalanadi,
u orqali
fikrlashni o‘rganadi. U yoki bu hodisalarni odamlar o‘z jamiyatida shakllangan
lisoniy ko‘nikma va me’yorlar asosida qabul qiladi. Dunyo manzaralari o‘rtasidagi
tafovut ham tillar qanchalik bir-biridan farq qilsa, shu darajada turlicha bo‘ladi.
Vilgelm fon Gumboldtning mazkur gaplari tilning mohiyatini yanada teranroq
anglashga yordam beradi: “Tillarning xilma-xilligi aslo muayyan bir narsani
turlicha tovushlar bilan ifodalash emas, balki bu narsani ko‘rishning farqliligi
natijasidir”. Haqiqatan ham, bolalikdan egallangan ona tili har bir millatning o‘ziga
xos betakror madaniyati va ruhiy olamining shakllanishi
bilan chambarchas
bog‘liqdir. Millat uchun ishlab turgan til uning madaniyatining bir qismi
hisoblanadi. Madaniyatning o‘zi esa nutq madaniyati, demak, jamiyatning tilga
munosabati bilan ham chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Til jamiyatga nisbatan ham
olib qaralganda, o‘ziga xos turli vazifalarni bajaradi va bu, albatta,
insonning
nutqiy faoliyatida o‘z aksini topadi. Bular:
1)
kommunikativ vazifa;
2)
fikrni ifodalash vazifasi;
3)
so‘zlovchining ichki holatini ifodalash vazifasi yoki ekspressiv vazifa;
4)
til vositalari orqali go‘zallik yaratish vazifasi yoki estetik vazifa.
Tilning kommunikativlik vazifasi odamlar o‘rtasida uning muloqot vositasi
sifatida xizmat qilishini talab etadi. Tilning bunday xususiyati antik davrlardan,
ya’ni notiqlik san’ati yaratilgandan beri ma’lum bo‘lgan. Tilning fikr yaratish va
ifodalash vazifasi til strukturalarining tafakkur, fikrlash kategoriyalari bilan
bog‘liqligi orqali aniqlanadi. Nemis tilshunosi Gumboldt aytganidek, til doimo
2
fikrga hamroh bo‘lishi kerak. Fikr ham tildan ortda qolmasdan uning bir unsuridan
keyingisiga etib olishi va tilda uning bog‘liqligini ta’minlovchi
barcha narsalar
orqali o‘z ifodasini topishi lozim. Yaxshi nutq fikr bayonining aniqligi,
tushunarliligi, mantiqiy ketma-ketligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham
tilning kommunikativlik vazifalarini ilmiy va nazariy jihatdan tahlil eta olish va
ulardan o‘rinli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishimiz lozim.
Tilning ekspressiv vazifasi so‘zlovchi yo yozuvchining ichki holatini
ifodalashga xizmat qiladi. Til faqat biror bir axborotnigina emas, balki unga, uning
mazmuniga nisbatan so‘zlovchi yoki yozuvchining munosabatini ham ifodalashida
kerak bo‘ladi. Bunda, asosan, so‘zlovchining ruhiy holati va munosabati nazarda
tutiladi. So‘zlovchining biror voqelikka bo‘lgan holati so‘zlashuv jarayonida
namoyon bo‘ladi. Demak, ekspressiv vazifa ijobiy
yoki salbiy holatda ham
namoyon bo‘lishi mumkin. Ijobiy va salbiy munosabat inson nutqi orqali amalga
oshiriladi.
Til estetik vazifasiga ko‘ra, yetkazilayotgan xabarning ham shaklan, ham
mazmunan shaxsning estetik tuyg‘ularini qondirishga xizmat qiladi. Bunday ilmiy
qarashda ham so‘zlovchining ruhiy holati va muomala madaniyati, o‘zini tuta
bilishi, kiyinish holati, barcha-barchasi nazarda tutiladi. Lekin bularning barchasi,
ya’ni tilning estetik vazifasi kommunikativ vazifa bilan birga voqe bo‘ladi.
Til asosida inson ichki dunyosining o‘ziga xos shaklda obrazlashuvi sodir
bo‘ladi. Shuning uchun ham til ma’naviy va moddiy ishlab chiqarish jarayonlari va
ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq. Shu bilan birga, u o‘z qonuniyatlariga ega
mustaqil barqaror va turg‘un tizim, (masalan, undagi jumlalar, til birliklari, ya’ni
so‘z birikmalari, so‘z, morfema va boshqalarga ajraladi).
Til insonlar xotirasida
saqlansa-da, biroq u o‘z- o‘zidan ishlab ketmaydi. Til muayyan ijtimoiy faoliyat
(ya’ni muloqot) quroli bo‘lgani uchun, asosan, nutqiy faoliyat jarayonida unga
nisbatan kuchli ehtiyoj seziladi. Natijada insonlar o‘rtasidagi turlicha munosabat
shakllanadi.
Nutq –mustaqil faoliyat, u orqali til tizimi o‘zligini to‘liq namoyon etadi. Nutq
– muloqot, unda jamiyatning u yoki bu qatlamiga tegishli madaniyati ham
ma’lum darajada o‘z aksini topadi. Til va nutqni o‘zaro taqqoslanganda quyidagilar
yaqqol ko‘zga tashlanadi:
1.
Til muloqot uchun xizmat qiladi va insonning dunyo haqidagi bor
tasavvurlarini ma’lum bir belgilar orqali ifodalashga qodir.
2.
Nutq tilning amaliyot jarayonida tatbiq etilishidir;
u harakatdagi til
bo‘lib, muloqot vositalarini aniq qo‘llash paytidagi ketma-ketligi sifatida
namoyon bo‘ladi.
Til biror bir ijtimoiy jamoaga (biror bir millatga) tegishli belgilar tizimi va
nutqiy faoliyatning muhim tarkibiy qismi bo‘lsa-da, biroq u nutq bilan teng bo‘la
olmaydi. Nutq jarayonida til tizimlari ishga solinadi. Nutq - individual ong va
xohish-istak shakli. U bir tomondan so‘zlovchi til shakllari orqali o‘z fikrlarini
ifodalashdagi almashinuvni taqozo etsa, ikkinchi tomondan – u psixofiziologik
mexanizm sifatida ushbu almashinuvlar mustaqilligini ta’minlaydi .
Til va nutq tushunchalarining mohiyatidan kelib chiqadigan bo‘lsak,
Do'stlaringiz bilan baham: