yig‘uvchilar,
quduqlar, yomg‘ir va qor suvlarini yig‘uvchi quduqlar, tashib
yuritiladiganlariga kollektorlar, o'tkazib yuboruvchi va zovurlar kiradi. Qochi-
riladigan va drenaj suvlar jarlarga, ariqlarga, ko'llarga tashlanadi.
Suv qochirish va drenaj tizimlarini doimo shunga yaroqli tutish ularni
muttasil kuzatib, o'z vaqtida ta'mirlab turiladi. Sistemaning hamma
elementlari
va
inshootlari, grunt va qoplama yuzasi muntazam kuzatib boriladi. Ko'zdan
kechirish, ayniqsa, bahorda qorlar erib bitgach va kuzda, qirovli kunlar bosh-
lanishidan oldin va kuchli yog'inlardan keyin o'tkaziladi.
Bahorda hamma tuynuklarini ochib,
tozalanadi, quritiladi, kollektor
quvurlari tekshiriladi. Qopqog'i ichkariga cho'ktirilgan quduqlarni ochishdan
oldin chim qoplamasini qatlam-qatlam olinadi, gruntni chiqarib, keyin qopqoq
ochiladi. Quduqni ko'zdan
kechirib, tozalangach, zarur bo‘lsa ta'mirlanadi va
qopqoq yana berkitiladi.
1.1-rasm. Quvurlarni tozalash vositalari:
a- uchiga yumaloq simcho'tka yoki cho'tka o'rnatilgan shtanga; yo'g'on
sim (tros) va yumaloq simcho'tka (yoki cho'tka); v- cho'tlq. 1- yumaloq sim-
cho'tka; 2- shtanga; 3- chig'iriq.
Gruntni yana joyiga tashlab,
qavatma-qavat zichlanadi, zarurat bo'lsa
namlanadi, shundan so'ng chim bosiladi.
Kollektorning 0,7 m gacha bo'lgan quvurlarini qo'shni quduqqa o'rnatilgan
ko'zgu va qo'lchiroq bilan tekshiriladi. Zarurat bo'lsa, quvurlarni quduqlar or-
qali tozalanadi. Bunda uchiga kirpisimon narsa kiyg'azilgan yoki cho'tka
mahkamlangan quvur shtangalardan, yo'g'on sim yoki troslaoian foydalaniladi
(1-rasm). Tozalab bo'lgandan keyin quvurlar suv bosjmi bilan tozalanadi (suv
sepadigan mashina PM, brandspoyti). Rezbali mufta yordamida biriktirilgan
quvurli shtanga bo'sinining o'zi quduq o‘zining yarmidan oshmasa bo'lgani!
Yo'g'on sim yoki trosni quvur ichiga ingichka sim yordamida (agar u il-
gari kiritilgan bo'lsa) yoki suvga qiya qilib tushirilgan
qalqovichli arqon
yordamida tiqiladi. Diametri 0,7 m bo'lgan quvurlarni ishchi ko'rib chiqadi va
ilmoqlar, qirg'ichlar yordamida tozalab, suv bilan yuvib tashlaydi.
Suv qochirish va boshqa zovurlarni bahorda quyi nuqtalaridan bosblab
erigan suvlar oqimi bo'ylab tozalanadi. Agar yuzadagi suvlar bevosita ochiq
zovurlarga tushadigan bo'lsa, zovur chetlari yuvilib ketmasligi uchun qirg'oq
bo'ylab chuqur bo‘lmagan ariqchalar ochiladi yoki qirg'oqqa tuproq marza yot-
qiziladi. Bahorgi toshqinlar
tugagach, zovurlarni chetlarini tuzatib, mustahkam-
lab, ichiga surilib tushgan tuproqlar olib tashlanadi.
Suv qochirish va drenaj tizimining texnik holati kuzda ham tekshiriladi va
zarur bo‘lsa, ochiq va yopiq inshootlar tozalanadi. Qish mavsumida
yomg‘ir va erigan suvlarni o'ziga oladigan quduqlarni yog'och qopqoqlar
bilan berkitib, to'l somon katlar, yoki tunuka bilan yopib, ustidan metall panjara
qo'yiladi. Iliq kunlar bo'lganda yoki yomg'ir yoqqanda qopqoqlarni vaqtincha
olib qo'yib, yer usti suvlari ketib, havo soviy boshlasa, yana yopiladi. Bahorda,
qor erishdan oldinroq hamma suv qabul qilish inshootlari yana ochiladi.
Usti berkiladigan inshoot larning teshiklarini qor bosib qolmasligi uchun
faner bilan berkitib qo'yiladi, bahorda va qishki iliq kunlarda olib qo'yiladi. Qor
kam yog'adigan, qish uzoq cho'zilmaydigan hududlarda
faner bilan yopmasdan,
vaqti-vaqti bilan tozalab turilsa, kifoya.
Uchish maydonlari va aerodrom qoplamalarini qisman suv bosib qol-
masligining oldini olish maqsadida: yoz va kuz mavsumlarida gruntli
zovurlarning baland tomonlariga ariqchalar qazib, tarnov yotqiziladi (loyihaga
binoan): qorlar eriy boshlagach, qor ustida vaqtinchalik ariqcha ochib, suvlarni
uchish maydonidan chetga yo'llanadi; qor erishidan hosil bo'lgan suvlar oqib
ketishini muntazam kuzatib, ariqchalar tiqilib qolishiga yo'l qo'yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: