5-MAVZU. TUPROQNI ANALIZGA TAYYORLASH.
Namunaga olingan tuproq yaxshi quritilgandan keyin, u chinni hovonchada
yog‘och yoki rezina tayoqcha yordamida asta-sekin yirik kesakchalari maydalanadi
(bunda mexanik zarrachalari parchalanib ketmasligi lozim) (2-rasm).
2-rasm Yog‘och yoki rezina tayoqcha bilan chinni havvonchada
namuna kesakchalarini maydalash.
Shundan so‘ng, tahlil uchun o‘rtacha qilib tuproq tayyorlanadi. Buning uchun
tuproq brezent yoki faner ustiga yoyilib, yirik kesakchalar qo‘l bilan maydalanadi.
Tahlilga o‘rtacha tuproq namunasi olish uchun brezentdagi
tuproq yaxshilab
aralashtiriladi va qo‘l yoki lineyka bilan bir tekis yassilanadi. (3-rasm)
3-rasm Tahlil uchun o‘rtacha tuproq namunasini olish.
Tuproqni tahlilga tayyorlash.
Tuproqning tarkibiy qismi va xossalari, xususiyatlarini aniqlash uchun u tahlil
qilinadi.
Tuproqni tahlil qilish uchun daladan laboratoriyaga olib kelingan va quritilgan
namunaning hammasi laboratoriya stolida toza qog‘oz ustida yupqa, bir tekis yoyib
quritiladi. So‘ng undagi yirik kesakchalar qo‘l barmoqlari bilan asta-sekin
maydalanadi. Shundan keyin namunadan 500-1000 g
tuproq tahlil uchun tortib
olinadi. Tahlil uchun olingan tuproq laboratoriya stoli ustiga yoyilib, undagi tosh,
ildiz va boshqa yirik mexanik qo‘shilmalar terib olinadi. Shundan so‘ng tahlil uchun
olingan tuproq qog‘oz ustida yaxshilab aralashtiriladi. Keyin bir tekis yupqa qilib
yoyiladi, u bir necha katakchalarga. (4-rasmda ko‘rsatilgandek bo‘lakchalarga)
bo‘linadi.
4-rasm O‘rtacha analitik namuna olish.
Katakchalarning har biridan oz-ozdan tuproq olinib,
ularning umumiy
massasini 300 g dan 600 g gacha yetkaziladi. Shu tartibda tayyorlangan tuproqdan
har bir tahlil uchun yana o‘rtacha namuna olinib, maxsus elaklardan o‘tkaziladi.
Misol uchun tuproqning tarkibidagi chirindi (o‘simlik, hayvon qoldiqlaridan
tashkil topgan organik) moddalarni aniqlash uchun 0,25 mm li, mexanik (tabiiy
katta-kichik kesakchalarni) tahlil qilish uchun 1 mm li elakdan o‘tkazilgan tuproq
namunalari shisha idishlarga solinib, og‘zi mahkam bekitilgan holda saqlanadi.
Bunday idishlarda saqlangan tuproqning tarkibi va xususiyatlari
uzoq vaqtgacha
o‘zgarmaydi.
Namunadan o‘simlik ildizchalari, yirik
mexanik zarralar va boshqa
aralashmalar ajratib olinadi. Ajratib olingan aralashmalar namuna uchun olingan
tuproq massasiga nisbatan foizlarda tenglama ifoda Bilan aniqlanadi:
a-100
N=---------------------------
1000
bu yerda,
N
-namunaga
olingan tuproq massasi;
a
-namunaga olingan tuproq
ichidagi qo‘shilma;
100
-foizga o‘tkazish koeffitsiyenti;
Masalan, tahlil uchun olingan 1000 g (100 %) tuproqda 25
mg mexanik
zarrachalar, 10 g o‘simlik ildizlari, 5 g boshqa qo‘shilmalar bo‘lsa, ular namunaga
nisbatan foizlarni tashkil etadi:
25∙100
mexanikaviy zarralar-
-------------------=2,5 %;
1000
10∙100
o‘simlik ildizlari -
-----------------------=1,0 %;
1000
5∙100
boshqa qo‘shilmalar
- -----------------------=0,5 %
ni tashkil etadi.
1000
Demak, 1000 g tahlil uchun olingan tuproq ichida (25+10+5) 40 g
40∙100
qo‘shilma bo‘lganda u namunaga nisbatan
---------------=4,0 %
ni tashkil etadi.
1000
Agarda, tuproq tarkibidagi nitrat birikmalari yoki ammiak miqdori tahlil
qilishga to‘g‘ri kelsa, olingan tuproq namunasining qurib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik
kerak. Bunday tahlillar tuproq qurimasdan oldin tozalanadi.
Tuproq qurib qolsa,
undagi ammiakning bir qismi oksidlanib nitratga aylanib ketadi.
Tuproqning tuzilishi (strukturasi)ni tahlil qilish zarurati kelib chiqqanda,
tuproq namunasi maydalanmasdan oldin tahlil qilinadi. Aks holda, tuproqning tabiiy
tuzilishi buzilib ketadi. Bunday tahlilning natijasi to‘g‘ri bo‘lmaydi.