Loyiha matni 49901-(61999)


-modda. Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solishning vazifalari



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

114-modda. Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solishning vazifalari
Quyidagilar tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
aholining hayoti va sogʻligʻini hamda atrof-muhitni muhofaza qilish;
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish;
milliy iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishni ragʻbatlantiruvchi tartibga solish muhitini
shakllantirish;
iqtisodiyotda sogʻlom raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
tadbirkorning ishchanlik obroʻsi qadr-qimmatiga asoslangan holda biznesni insofli yuritishni
ragʻbatlantirish;
oʻzini-oʻzi tartibga solishni rivojlantirishga koʻmaklashish.


project.gov.uz
06.06.2022
50
115-modda. Tartibga solish vositalarini joriy etishning huquqiy asoslari
Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish tadbirkorlik subyektlari uchun majburiy boʻlgan
tartibga solish vositalarini belgilash orqali amalga oshiriladi.
Tartibga solish vositalari normativ-huquqiy hujjat asosida joriy etiladi.
Normativ-huquqiy hujjat hisoblanmagan hujjatlarda (bundan texnik jihatdan tartibga solish
sohasidagi normativ hujjatlar mustasno) tadbirkorlikni tartibga solish vositalarini joriy etishga yoʻl
qoʻyilmaydi.
Normativ-huquqiy hujjat hisoblanmagan hujjatlarda (bundan texnik jihatdan tartibga solish
sohasidagi normativ hujjatlar mustasno) belgilangan tartibga solish vositalari tegishli ijtimoiy
munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin emas hamda
huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.
116-modda. Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish shakl va vositalari
Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish tartibga solishning quyidagi shakl va vositalari
orqali amalga oshiriladi:
1) tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
2) tadbirkorlik subyektlari tomonidan ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish uchun
litsenziyalash, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomillarini joriy etish;
3) texnik jihatdan tartibga solish;
4) narx va tariflarni tartibga solish;
5) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlarining
fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish;
6) davlat nazorati;
7) raqobatni himoya qilish va monopolistik faoliyatni cheklash;
8) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari bilan tadbirkorlik subyektlari hamda ular mansabdor
shaxslarining javobgarligini oʻrnatish;
9) axborot vositalarini joriy etish;
10) oʻzini-oʻzi tartibga soluvchi tashkilotga majburiy aʼzolik (ishtirok etish) asosida oʻzini-oʻzi
boshqarishni joriy etish.
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solishning boshqa shakl va
vositalari belgilanishi mumkin.

Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish