I.2. Oʻrta Osiyolik olimlarning matematika faniga qoʻshgan hissalari.
Xorazmiy. Xorazmiyning matematikani rivojlantirishga qoʻshgan hissasi beqiyos.
Uning ―Hind hisobi‖ nomli risolasi oʻnli sistema raqamlari (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8,
9) ga bagʻishlangan. Xorazmiy Hindistonda kashf etilgan bu raqamlarni
soddalashtirgan va birinchi bor arab tilida bayon etgan. Bu raqamlar XI asrda
Xorazmiyning risolasi tufayli hindlardan arablarga, keyinroq Yevropaga oʻtgan.
Xorazmiy algebra fanining asoschisi hisoblanadi. ―Algebra‖ termini uning ―Al-
jabr val-muqobala‖ nomli asaridagi ―al-jabr‖ soʻzining lotincha yozilishidan kelib
22
chiqqan.
Bu asarida Xorazmiy birinchi boʻlib, chiziqli va kvadratik tenglamalarni sinflarga
ajratdi va ularni yechish usullarini koʻrsatib berdi.
Matematikadagi ―algoritm‖ termini ham Xorazmiyning nomi bilan bogʻliq, u
―al-Xorazmiy‖ yoki lotincha ―Algoritm‖ soʻzidan kelib chiqqan.
Xorazmiy oʻrta asr Sharqida yaratilgan eng birinchi zij — matematik va
astronomik jadvallarning muallifi. U geografiyaga doir ―Yer surati‖ nomli asar
yozgan. Bu asar Xorazmiy tomonidan chizilgan bir nechta karta va unga yozilgan
sharhlardan iborat. Amerikalik sharqshunos D.Sarton Xorazmiyning ―Barcha
zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biridir‖ deb ta’riflagan.
Xorazmiy, Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ahmad Ibn Yusuf Al-Xorazmiy (X asr)
— Urganchda xorazmshohlar saroyida faoliyat olib borgan zamonasining yirik
tarixchi, mutafakkirlaridan. Balxda tugʻilgan, somoniylar amiri Nuh ibn Mansur
saroyida xizmat qilgan. Somoniylar vaziri Utbiyga atab qomusiy asar ―Mafotih al-
ulum‖ (―Ilmlar kaliti‖) nomli asar yozgan. Asarda arab tilida koʻp ishlatiladigan
atamalarning izohlari berilgan. Atamalar fanlar boʻyicha alohida-alohida boʻlim
(15 boʻlim) qilib berilgan. Ayniqsa, ma’muriy masalalarga (ish yuritish, soliqlar
tartibi masalalari, suvdan foydalanish, shuningdek, ob-havo) oid boʻlimlari muhim
ahamiyatga ega. Muso al Xorazmiy.
Muhammmad ibn Muso al- Xorazmiy (783-850 yillarda yashab ijod qilgan)
qadimgi Xorazm diyrida tugʻilib, voyaga yetadi. Dastlabki savod va turli xil
sohadagi bilimlarni u oʻz ona yurti Xorazm va Movorounnaxr shxarlarida koʻpgina
ustozlardan oladi. Soʻngra u halifa Ma`mun zamonida (813-833 yillar) ―Bayt ul-
hikmat‖da mudir sifatida faoliyat koʻrsatadi.
Zamonasining mashxur matematigi, astarnomi va geografi sifatida fanga
ulkan xissa qoʻshdi. Xorazmiy 20 dan otqi asarlar yozgan. Ulardan faqat 10
tasigina bizgacha yetib kelgan. Matematikaga doir asarlari ―Al – jabr val -
muqobala‖, ―Hind xisobi haqida‖, geografiyaga oid asarlari ―Kitob surat ul - arz‖
(Yer surati), astranomiyaga oid asarlari ―Zij‖ va ―Ustirlab bilan ishlash haqida‖,
23
tarixga oid asarlari ―Kitob at - tarix‖, ―Yaxudiylarni taqvimi va bayramlarini
aniqlash haqida risola‖ nomlari bilan atalgan.
Hatto ―algebra‖ atamasi ushbu kitobning ―al – jabr‖deb yuritilgan qisqacha
nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa matematika fanida ―Algoritm‖
atamasi shaklida oʻz ifodassini topadi. Uning ―al- jabr‖ asari asrlar davomida
avlodlar qoʻlida yer oʻlchash, ariq kovlash, bino qurish, merosini taqsimlash va
boshqa turli xil xisob va oʻlchash ishlarida dasturulamol boʻlib xizmat qilgan.
Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada loyin tiliga tarjima qilinadi va
qayta ishlanadi. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan
oʻnlik xisoblash tizimining Yevropada qolaversa, butun dunyoda tarqalishida
muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, buyuk vatandoshimiz Al- Xorazmiy al
–jabrni mustaqil fan darajasiga koʻtarib, algebra faniga asos soldi va tarixda
oʻzidan oʻchmas iz qoldirdi. U arab, fors, hind, yunon tillarini oʻrgandi. Bagʻdod
oʻlkasi ilmiy va madaniy markaz xisooblanardi.
Xorazmiy, Abu Ja’far (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-
yil, Xiva — 850-yil, Bagʻdod) — oʻrta osiyolik buyuk matematik, astronom,
geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Dastlabki ma’lumotni Xiva
shahrida olgan yetuk olim boʻlib shakllangan. Bunda arab istilosidan soʻng
muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani an’analari asosiy rol
oʻynagan. Xalifa Horun ar Rashidning oʻgʻli va uning Xurosondagi voliysi al-
Ma’mun huzuriga — Marvga taklif etilgan. 819-yilda Bagʻdodni egallagan al-
Ma’mun turkistonlik olimlardan Xorazmiy, Ahmad al-Fargʻoniy, habash al-Hosib
Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni oʻzi bilan olib ketib, oʻziga xos
ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa ―Bayt ul-hikmat‖ (―Donishmandlik uyi‖)ning
oʻzagini tashkil etgan. Xorazmiy xalifa Ma’mun zamonida ―Bayt ul-hikmat‖da
mudir sifatida faoliyat koʻrsatadi. U shu davrdan boshlab Bagʻdodda al-Ma’mun
(813-833), soʻng al-Moʻtasim (833-842), al-Vosiq (842-847) xalifaligi davrlarida
yashab ijod etgan. Bogʻdodda u Suriya, Iroq, Eron, Xuroson va Movarounnahr
olimlari bilan ijod qiladi. Xorazmiy zamondosh olimlar bilan birgalikda yer
aylanasining uzunligi va radiusini hamda geografik xaritalar tuzish kabi masalalar
24
bilan mashgʻul boʻldi. Zamonasining mashhur matematigi, astronmi va geografi
sifatida fanga ulkan hissa qoʻshdi. Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozdi. Ulardan
faqat bizgacha 10 tasigina yetib kelgan. Matematikaga doir asarlari: ―Al-jabr val-
muqobala, ―Hind hisobi haqida; geografiyaga oid kitoblari ―Kitob surat ul-arz‖
(―Yer surati‖); astronomiyaga oid asarlari ―Zij‖ va ―Usturlob bilan ishlash haqida
kitob‖; tarixga oid asarlari ―Kitob at-tarix‖, ―Yahudiylarning taqvimi va
bayramlarini aniqlash haqida risola‖ nomlari bilan atalgan. Amerikalik fan
tarixchisi Jorj Sarton Xorazmiyni ―Oʻz zamonasining eng buyuk matematigi, agar
barcha holatlar e’tiborga olinsa, barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan
biri‖, deb baholagan. Bunday baho Xorazmiyning matematika tarixida tutgan
beqiyos oʻrni tufaylidir. Xorazmiy Bagʻdodda yunon fanining yutuqlarini
oʻrganadi, hind va eron manbalari, hatto bevosita Bobildan qolgan ayrim faktlar
hamda xitoy manbalari bilan ham tanishdi, ularni oʻzining muhim kashfiyotlari
bilan boyitdi va fan tarixida abadiy iz qoldirgan fundamental asarlar yaratadi.
Shuning uchun Xorazmiy oʻzigacha mavjud boʻlgan sivilizatsiya merosini sintez
qilib, boyitib jahonga yoygan fan dahosi hisoblanadi. Xorazmiy algebra faniga
asos solgani, bu fan atamasi uning ―Kitob muxtasar min hisob al-jabr val-
muqobala‖ (―Al-jabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob‖) asari nomidan
kelib chiqqani yaxshi ma’lum. Xorazmiy asari XII asrning boshlarida kremonalik
Gerardo, Chesterlik Robert tomonidan lotinchaga tarjima qilingan, nomi qisqarib
―aljebra‖ (fransuz, ingliz tillarida), ―algebra‖ (nemis, rus tillarida) deb atala
boshlagan va fan nomiga aylanib ketgan. Xorazmiyning ―Aljabr‖ asari asrlar
davomida avlodlar qoʻlida yer oʻlchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni
taqsimlash va boshqa turli hisob va oʻlchov ishlarida dasturulamal boʻlib xizmat
qildi. Keyinchalik asrlar davomida Yevropa olimlari Xorazmiy asarini qayta—
qayta ishlab, u asosda darsliklar yozadilar. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind
raqamlariga asoslangan oʻnlik pozitsion hisoblash sistemasining Yevropada,
qolaversa, butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etdi. Aljabrni mustaqil
fan darajasiga koʻtardi. Vatandoshimiz Xorazmiy matematika faniga asos solib,
tarixda oʻzidan oʻchmas iz qoldirdi.
25
Muhammad Xorazmiy ishlariga toʻxtalamiz. Muhammad Xorazmiy kvadrat
tenglamalarni beshga boʻlganligini aytaman va har bir hol uchun misollar
keltiraman. Xorazmiy asarlarida nomalum ―jay‖ (narsa), uning kvadrati ―mol‖
deb atalgan , ―ildiz‖ (jazr) deb atalgan. Xorazmiy kvadrat tenglamalarni quyidagi
hollarga boʻladi:
I. ―Kvadrat , ildizlarga teng boʻlgan hol , masalan, kvadrat oʻzining beshta
ildizlariga teng ,boʻlsa , u vaqtda bu kvadratning ildizi beshga teng boʻladi‖ , yani
I.
Do'stlaringiz bilan baham: |