Markaziy Osiyoning dunyoga mashhur qomusiy olimlari
"Oʻzbek tarixining algoritmlari, oʻzbek xalqi kelajagining algoritmlarini bu
mamlakatning daholari, mumtozlari, ular tomonidan yaratilgan durdonalar, ilm-fan
va adabiyot, san'at va me'morchilikning oltin sahifalarini oʻzlarida mujassam
etgan. Algoritmlar an'analarda, e'tiqodda, hayotga munosabatda" (Leonid Levitin).
Buyuk vatandoshimiz al-Xorazmiy (783, Xiva - 850, Bagʻdod) fan tarixidagi ilk
qomusiy olimlardan. Uning "Kitob al-jabr val-muqobala"( "Tiklash va qiyoslash")
va "Hisob al-Hind" asarlari XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, Yevropada
keng tarqalgan. Kitob nomidagi "al-jabr" soʻzi Yevropada "algebra" atamasi
koʻrinishida iste'molga kirgan. Al-Xorazmiy oʻnli sanoq sistemasi boʻyicha toʻrt
arifmetik amal bajariladigan matematik qoidalarni ishlab chiqqan. Yevropada
bunday qoidalar al-Xorazmiy nomi bilan "algorizm" (olim nomining lotincha
transliterasiyasi), keyinchalik "algoritm" deb atalib ketgan. Algoritm tushunchasi
tobora kengayib, kibernetika va informatika fanlarining nazariy va mantiqiy asosi
boʻlgan algoritmlar nazariyasi paydo boʻlgan.
Markaziy Osiyoning ulugʻ mutafakkiri, qomusiy olim Forobiy (873, Forob sh. -
950, Damashq) 160 dan ortiq asar yozgan. U 70 dan ortiq tilni bilgan. Forobiy
"Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi" ("Ixso al-ulum") nomli asarida oʻsha davrda
ma'lum boʻlgan 30 ga yaqin ilm sohasining tavsifi va tafsilotini bayon qilib bergan.
Ulugʻ oʻzbek mutafakkir olimi Beruniy (973.4.9, qad. Kot sh. - 1048.11.12,
Gʻazna) oʻrta asrning buyuk daholaridan. Qomusiy olim fanning deyarli hamma
sohalari bilan shugʻullangan. U ona tilidan tashqari arab, sugʻdiy, fors, suryoniy,
yunon, sankrit va qadimgi yahudiy tillari egallagan. Beruniy qoldirgan meros 152
kitob va risoladan iborat. Koʻpchilik asarlari oʻz zamonasida oʻziga xos bir
ensiklopediya hisoblangan. Afsuski, hozircha olimning faqat 28 asarigina ma'lum.
Abu Ali ibn Sino (980, Afshona q. - 1037.18.06, Isfahon) - buyuk qomusiy olim. U
"olimlar olimi" unvoni bilan atalgan. Ibn Sinoning falsafiy asari - "Donishnoma"
12
(1031-39 yillar) fors tilida yozilgan boʻlib, toʻrt boʻlim: mantiq, metafizika (ilm ul-
ilohiy), fizika va matematika (riyoziyot)dan iborat. Olimning ilmiy merosini shartli
ravishda toʻrt qismga, ya'ni falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga boʻlish
mumkin. Asarlarining soni 280 dan ziyod. Ulardan 40 dan koʻprogʻi tibbiyotga, 30
dan ortigʻi tabiiy fanlar va musiqaga oid, qolganlari falsafa, mantiq, axloq,
ilohiyot, ijtimoiy-siyosiy mavzularda yozilgan. Bizgacha 160 ga yaqin asari yetib
kelgan.
Yusuf Xos Hojib Balasogʻuniy (taxm. 1016-18 yillar, Balasogʻun ) - adib, olim va
alloma. Unga "xos hojib" (ulugʻ maslahatchi) unvoni berilgani bejiz emas.
Adibning "Qutadgʻu bilig" ("Saodatga boshlovchi ilm", 1069-70 yillar) dostoni
(6,5 ming baytga yaqin) turkiy tilda yozilgan ilk falsafiy-didaktik asar (hayot va
turmush darsligi - pandnoma)dir. "Unda dunyoviy va irfoniy (botiniy) ma'no
omuxtalashtirilgan" (Abdumalik Yoqubov). Doston tilshunoslik,
adabiyotshunoslik, tarix, etnografiyaga oid qimmatli manba hisoblanadi.
Mahmud Koshgʻariy (XI asr ) - turkshunoslik ilmining asoschisi, qomusiy olim.
Uning "Devonu lugʻotit turk" ("Turkiy soʻzlar devoni", 1071-72 yillar) turkiy tillar
toʻgʻrisidagi qomusiy asari arab tilida ta'kidlashicha "oldin hech kim tuzmagan va
hech kimga ma'lum boʻlmagan alohida bir tartibda" yozilgan. Unda XI asrning
ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda va Gʻarbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan
turkiy urugʻ va qabilalar, ularning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, bu hududning
geografiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli ma'lumotlar yozib qoldirilgan.
Alisher Navoiy (1441.9.2, Hirot - 1501.3.1, Hirot) - buyuk oʻzbek shoiri, davlat
arbobi. Shoir oʻzining "Majolis un-nafois" ("Nafislar majmuasi", 1492 y.)da 359
shoirning hayoti va ijodi toʻgʻrisida fikr bildiradi, aniq misollar yordamida
asarlarining yutuq va kamchiliklarini koʻrsatib beradi. "Navoiy akademiyasida
hozirgacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan yuzlab ilmiy, tarixiy va adabiy asarlar
yaratildi" (Aliybek Rustamiy). Hazrat Alisher Navoiy oʻzidan boy she'riy, nasriy
va ilmiy meros qoldirgan boʻlib, uning hajmi 100 ming baytdan ortiqroqdir: ulkan
badiiy qomus "Xamsa" 52 ming misradan iborat; "Chor devon" 40 ming misraga
13
yaqin turli janrdagi she'rlarni oʻzida jamlagan; fors tilidagi she'rlari 12 ming
misradan ortiq.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483.14.2, Andijon - 1530.26.12, Agra) - buyuk
shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste'dodli sarkarda. Jahon adabiyoti va
manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik hisoblangan "Bobirnoma" (1518-
30 yillar)da ijtimoiy-tabiiy fanlar, tarix, falsafa, fikh, din ta'limoti, tilshunoslik,
joʻgʻrofiya, tabiatshunoslik, ma'danshunoslik, dehqonchilik, bogʻdorchilik va
boshqa fanlarga oid aniq va hanuzgacha oʻz tarixiy va ilmiy ahamiyatini
yoʻqotmagan ma'lumotlar, ilmiy asoslangan xulosalar keltirilgan. Asarni
yaponiyalik olim E.Manu "oʻzbek tilining Y-XYI asrdagi Oʻrta Osiyo,
Afgʻoniston, Hindiston boʻyicha ma'lumotlar xazinasi" deb atagani ham bejiz
emas, albatta
Do'stlaringiz bilan baham: |