Ximiyaviy tarkibi
. Toza suv tabiatdagi moddalarni Eritadigan yaxshi
Erituvchidir. Unda qattiq, suyuq va gaz holatidagi moddalar Eriydi. Tabiatdagi har
qanday suv, u Yer ostida yoki Yer ustidami tog‘ jinslari bilan birlashganda, o‘z
tarkibiga ximiyaviy elementlarni Eritib oladi. Ularning mineral qismini belgilovchi
asosiy elementlar - karbonat, Sulfat, xlor, kalg‘tsiy, magniy, natriy tuzlaridir. Gazlardan
kislorod, azot, uglYerod, vodorod hisoblanadi.
Texnikaviy maqsadlarda, ta‘minotda, sug‘orishda va qurilishda ishlatiladigan
suvning qattiqligi, kislota, ishqorli xususiyati va agressivligi muhim xossa bo‘lib
hisoblanadi.
Suvning qattiqligi deganda uning tarkibidagi kalg‘tsiy va magniy tuzlari
miqdoriga aytiladi. Suvning qattiqligi 2 xil: umumiy va doimiy qattiqliklarga bo‘linadi.
Umumiy qattiqlik suvdagi kaltsiy va magniyning tuzlarining umumiy miqdorini
belgilaydi. Karbonatni qattiqligi - kaltsiy va magniy karbonatlari tuzlari miqdorini
ifodalaydi.
Suvni qaynatish chog‘ida bu suvlarning bir qismi cho‘kma holiga tushadi.
Qattiqligi bo‘yicha suvlarni quyidagi turlarga bo‘linadi:
Juda yumshoq suv - qattiqligi 1,5 mg/ekv
Yumshok suv - qattiqligi 1,5...3 mg/ekv
O‘rtacha qattiq suv - qattiqligi 3...6 mg/ekv
Qattiq suv - qattiqligi 6...9 mg/ekv
Juda qattiq - qattiqligi 9 mg/ekv dan ko‘p.
Suvning kislota – ishqorlik xossalari rH simvoli orqali belgilanib, vodorod
ionining teskari qiymati logarifmisiga tengdir, ya‘ni rHq
lg
[H
Q
]. Neytral suv uchun [H
Q
]
q [OH] q 10
–7
g/molg‘, ya‘ni rNq7
RN
7 bo‘lsa suv nordon, RN
7 bo‘lsa suv ishqorli bo‘ladi.
Suvning agressivligi deganda - uni metall, temirbeton va beton qurilmalarini
yemirish xususiyatiga aytiladi. Agressivlikning bir necha turi bor: karbonkislotali,
ishqorli, umumkislotali, Sulfatli, magnezial, kislorodli.
Karbonkislotali va ishqorli agressivlik, beton tarkibidagi kalg‘tsiy karbonat
(SaCO
3
) va kalg‘tsiy gidrooksidni (Ca(OH)
2
) ni Eritish tufayli yemiradi. Sulfatli
agressivlik hosil bo‘lishi sababi, suvda SO
4
2-
ionining ko‘p miqdorda to‘planishidir.
Sulfatli suv, beton tarkibiga kirib uning tarkibidagi ohakli birikmalar bilan
reaktsiyaga kirishib, beton tarkibida (CaSO
4
.2H
2
O) gips kristallarini hosil qiladi. Bu
kristallarning hajmi ortib beton devorchalarini yemiradi. Sulfatli suv tarkibida SO
4
2-
ioni 2500 mg/l gacha bo‘lsa, bunday suv oddiy tsementni yemirmaydi. Sulfatga turg‘un
tsementlar, ushbu ko‘rsatgichning
400 mg/l dan ko‘p bo‘lmagan
miqdorida yemirilmaydi.
Magnezial agressivlik - suv
tarkibida magniy miqdori 2500
mg/l
dan
ko‘p
bo‘lgan
miqdordagina
ro‘y
beradi.
Magnezial yemirilishda ham beton
g‘ovakchalari
devorlarida
zo‘riqishlar hosil bo‘lib, uni
buzilishga olib keladi.
91
Do'stlaringiz bilan baham: |