86
bo‘lgan suv oqimini sel deb ataladi. Sel ichidagi aralash tog‘ jinslari bo‘lganligi uchun
uning zichligi 1,2-1,8 g/sm
3
, tezligi esa 10-15 km/soatga yetadi.
Sellar quyidagi sharoitlarda hosil bo‘ladi:
-
Kuchli jala yog‘ishi yoki qorning shiddat bilan Yerishi;
-
Tog‘ yon bag‘irliklari, vodiylar o‘zanlarining nishabligi 35% dan ko‘p bo‘lishligi;
-
Nurashdan maydalangan jinslarning tog‘ yon bag‘irliklarining havzalarida yig‘ilib,
katta miqdordagi bo‘sh jins Yumlarini to‘planishi.
Sel massasi taxminan 50-60% har-xil tosh parchalari, qumlardan, gillardan va
o‘simliklar tanalaridan iborat bo‘ladi. SHu bilan bog‘liq holda, sellar tez yemiriluvchi
jinslar (gilli, slanetsli) joylashgan tog‘li qurg‘oq hududlarga xosdir. Bunday hududlarda
tog‘ jinslarini nurashi natijasida to‘planib qolgan bo‘sh jinslar Yumi to‘plangan bo‘ladi.
Hosil bo‘lish manbaiga qarab sel regional yoki mahalliy xillarga bo‘linadi. Ularning
birinchisi, joyning geologik va geomorfologik sharoiti bilan, chambarchas bog‘liq
holda, yog‘in ko‘p va tez yog‘ishidan sodir bo‘ladi. Mahalliy sel esa maxalliy qatlamlari
birdan Yerishi natijasida tog‘liklardagi ko‘llardagi suv ko‘payishidan, bu ko‘llar
havzalarining ayrim joylari o‘pirilishidan vujudga keladi. Sel xodisasi sodir bo‘ladigan
havza 3 zonaga bo‘linadi.
Ta‘minlanish zonasi - Bunga baland tog‘li rayonlardan tog‘ oldi rayonlarini ham o‘z
ichiga olgan territoriyalar kiradi. Suv o‘zining dastlabki harakatini, tog‘ jinslaridan
iborat sel massasining asosiy qismini ham shu Yerda yig‘adi.
Sel harakati yoki tranzit zonasi
Unga sel oqimi harakat kiladigan daryo o‘zani va uning irmoqlari kiradi. Kichik
jilg‘alar bir-biriga qo‘shilib yo‘l-yo‘lakay o‘zi bilan parchalangan jinslarni oqizib borib,
uchragan to‘siqlarni buzib ketadi.
Yig‘ilish zonasi-bu zonaga past tekisliklar kirib, sel tog‘lardan oqizib kelgan jinslarni
shu Yerda to‘playdi.
Sel oqimining miqdori va yo‘nalishi tekisliklarda regionning umumiy geologik
tuzilishiga qarab, o‘zgarib boradi. Sel hodisasi Yer sharining hamma tog‘lik rayonlariga
xos bo‘lib, bizning mamlakatimizda esa Toshkent viloyati tog‘ oldi rayonlarida,
CHirchiq, Oxangaron daryolari vodiylarida, Namangan, Andijon viloyatlarinining tog‘
oldi rayonlarida ro‘y beradi. Mamlakatimizda 1870 yildan 1964 yilgacha 2079 marta sel
hodisasi bo‘lib, P.M. Karpov ularni 4 tipga bo‘ladi.
1)
Loyqa toshli - 909 ta, 2) Suv toshli -336 ta; 3) Loyqa selli- 261 ta; 4) Tipi
aniqlanmagan sel-570 ta. O‘rta Osiyodagi prolyuvial lyoss jinslari sel yotqiziqlari
bo‘lib, suvning ohakli tog‘ jinslarini va dala shpatining kaolinlanishi natijasida lyoss
jinslari karbonatlashadi. Sel oqimlari xalk xo‘jaligiga katta zarar yetkazadi, yo‘ldagi
uchragan narsani vayron kilib, ekinzorlarni ko‘mib yuboradi.
Sellarga qarshi ko‘riladigan kurash sYermashaqqat va sarf- xarajatlarni ko‘p talab
etadi. Sellarga qarshi kurashning eng samarali usullaridan; Tog‘ yon bag‘irliklarida
daraxtlar o‘tqazishdir. Daraxt o‘z ildizlari bilan tog‘ jinslarini mahkam ushlaydi,
nurashdan, yuvilib ketishdan saqlaydi. Lekin bu usul ancha vaqtni talab etadi. Kerakli
paytlarda-selning harakatlanish zonasida, selning yo‘nalishini o‘zgartiruvchi xar-hil
inshootlar qurish, selning bir necha yo‘nalishlarini o‘zgartiruvchi moslamalar,
shuningdek tirgak devorlar qurish shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: