85
bo‘lsa, uning Yeruvchanligi 4-marta oshadi, MgSO
4
bo‘lsa, Yeruvchanligi aksincha
kamayadi. Karbonatlar qiyin Eriydigan jinslar hisoblanadi: 1 l distillangan suvda 0,013
g CaCO
3
Eriydi. Umuman olganda, suvning tog‘ jinslariga ta‘siri juda sekinlik bilan
boradi, biroq suvning tarkibida karbonat angidrid ko‘p va harorati yuqori bo‘lsa, bu
jarayon tezlashadi. Karbonat angidrid suvda qiyin Yeruvchi magniy yoki kaltsiy
karbonatli suvda Eriydigan bikarbonatlarga - aylantiriladi.
CaCO
3
Q CO
2
Q H
2
O
Ca (HCO
3
)
2
Bo‘r bo‘sh jins bo‘lganligidan suvda faqatgina Yerib qolmasdan, osonlik bilan
yuvilib chiqib ketadi. Karstni hosil bo‘lishida tog‘ jinslarning darzliligi ham katta ta‘sir
ko‘rsatadi. Darzlardan kirib borgan, Yer osti suvlari, Atmosfera yog‘inlari va tog‘
jinslari yemirilishini kuchaytiradi. Karstlar, ayniqsa tektonik zonalarda ko‘proq
uchraydi, sababi bu zonalarda tog‘ jinslari darzlari ko‘proq va Yerning chuqurrok
qismlarigacha kirib boradi.
Atmosfera yog‘inlari va daryo suvlari kamroq minerallashgani sababli, karstlar
hosil kilishda faol rolg‘ o‘ynaydi.
Atmosfera suvlari yemiriluvchi jinslar massivlari ustida dastlabki yo‘llarni hosil
kiladi, so‘ngra bu yo‘llar kengayib jo‘yaklar, tarnovlar (karrlar) hosil kiladi va bu hosil
kilingan yuzalarni-karrli yuzalar deb ataladi.
Lyoss tog‘ jinslarida hosil bo‘ladigan bo‘shliqlar, ko‘pincha o‘simliklar hamda
xayvonlarning (kemiruvchilar) yashashi jarayonidan paydo bo‘lgan, Yer ustidan pastga
qarab yo‘nalgan, naysimon, ba‘zan aylanasimon holdagi, turli kattalikdagi
bo‘shliqlarga, Atmosfera yog‘inlarining oqib kirishi va birorta pastlik, qulay joydan Yer
yuzasiga sizib chiqishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday bo‘shliqlar Respublikamizda
Toshkent oldi rayonlarida, Parkent vodiysida, SHimoliy Farg‘ona vodiysida -
Namangansoy, CHortoqsoy, Kosonsoyda uchraydi. Karstlar hosil bo‘ladigan tog‘
jinslari qurilish uchun anchagina mushkulliklar tug‘diradi. Gipsli va osh tuzi tarqalgan
joylarda faqatgina mavjud bo‘lgan karst emas balki, uning yangi xillarini va ayniqsa
binoning asosida hosil bo‘lishi, qurilish uchun xavf soladi. Og‘ir inshoot qurilishi
natijasida Yer yuzasiga yaqin joylashgan g‘orlar, o‘pirilib tushishi mumkin. Tonnellarni
qurishda karstli hududlardan o‘tishda, yo‘llarda yirik g‘orlar uchrashi mumkin va bu
anchagina qiyinchiliklar tug‘diradi. Agarda inshootning geologik jihatdan qulay bo‘lgan
joylarga joylashtirish imkoni bo‘lmasa, karstli bo‘shoq tog‘ jinslarini sung‘iy ravishda
zaminda zichlash, masalan, zich tsementli, mayda zarrali qum aralashmalari, tsementli -
gilli aralashma bilan zichlash lozim. Tonnellarni o‘tkazishda, g‘orlarni shiplaridagi tog‘
jinslarini o‘pirilib ketmasligini oldini olish maqsadida, mustahkam tom nishalari
tayyorlanadi.
Karstli hududlarda har qanday inshoot qurilishida Yer osti g‘orliklari namoyon
bo‘lish bosqichi va xarakterini o‘rganish, karstli qatlamlarini va uning suvli
xususiyatlarini o‘rganish, va ayniqsa tektonik zonalarga ahamiyat berish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: