Yer osti suvlarining yotish sharoiti bo‟yicha klassifikatsiyasi
Yer osti suvlarini Yer qobig‘ida joylashishi bo‘yicha klassifikatsiyasi
gidrogeologiyada muhim o‘rin tutadi. Yotish sharoiti bo‘yicha Yer osti suvlari quyidagi
turlarga bo‘linadi: yuzaki suvlar, grunt suvlari, qatlamlararo suvlar. (rasm 7.2).
Bu asosiy guruhlar dagi Yer osti suvlaridan tashqari o‘ziga xos hosil bo‘lgan
darzliklar orasidagi karst va mineralli suvlar ham bo‘ladi.
16-Mavzu:
Grunt suvlari, ularning paydo b`olishi hamda ularni gidrogeologik
xarita va kesmalarda k`orsatish
1. Grunt, qatlamlararo artesian karst, darzliklardagi suvlar.
2. Yuzaki, grunt qatlamlararo-artezian, karst va darzlikdagi suvlar.
3.Grunt suvlarining rejimi va ularni gidrogeologik xarita va kesmalarda
k`orsatish
4.Gidroizogips xaritasi va uning qurilishda ahamiyti
Yuzaki suvlar
- AYeratsiya zonasida vaqtinchalik yig‘ilib qolgan Yer osti suvlarini –
yuzaki suvlar deb ataladi. AYeratsiya zonasi uncha chuqur bo‘lmasdan grunt suvlari
gorizonti ustida joylashadi. Yuzaki suvlar suvning suv o‘tkazmaydigan yoki yarim
o‘tkazmaydigan qatlamlari, masalan; gilli linzalar, qumokli qum yoki zich tog‘ jinslari
ustida to‘planishidan paydo bo‘ladi. Suvning tuproqka shimilishi (infilg‘tratsiya)
chog‘ida, suv vaqtincha bu qatlam ustida to‘xtalib, suvli gorizont hosil kiladi. Yuzaki
suvlar mavsumiy bo‘lib, yomg‘irlar yog‘ishi va qorlar Yerishi davrida hosil bo‘ladi.
Boshqa paytlarda bu suvlar Yer yuziga yaqin bo‘lsa, bug‘lanib ketadi yoki ostki
gruntlarga shimilib ketishi mumkin. Qish mavsumida yuzaki suvlar muzlaydi, yozda
issiq kunlarda ularning harorati 25
0
... 30
0
S gacha yetadi. Yuzaki suvlar - aYeratsiya
zonasida suv o‘tkazmaydigan qatlami bo‘lmagan takdirda ham vujudga kelishi mumkin.
Masalan qumok grunt qatlamiga anchagina miqdorda suv yig‘iladi, ammo uning suv
o‘tkazuvchanligi past bo‘lganligidan shimilish sekin boradi (Rasm - 7.3). Yuzaki
suvlarga xos bo‘lgan narsalar quyidagilardir: vaqtinchalik, mavsumlarda paydo bo‘lishi,
katta bo‘lmagan maydonlarda tarqalish, bosimsizlik va qalinligi kamligidir. Suvni o‘zi-
dan yaxshi o‘tkazadigan jinslar, masalan qumlarda yuzaki suvlar kam uchraydi, har xil
qumlok tuproqlarda va lyoss jinslari bo‘lgan hududlarda yuzaki suvlar ko‘plab
tarqalgan. Qurilishda yuzaki suvlar anchagina, jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin.
Qurilishda binolarning Yer osti qismlari (Yerto‘lalar, qozonxonalar) yaxshi suvdan
himoya qilinmagan bo‘lsa yoki suvni chiqarib yuborish choralari ko‘rilmagan bo‘lsa,
ular suv ostida qolishi mumkin. So‘nggi tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, suv
jo‘mraklaridan va suv havzalaridan suvning oqishi natijasida lyoss tog‘ jinslari
tarqalgan hududlarda sanoat obyektlari va turar joylar dahalarida yuzaki suv gorizontlari
paydo bo‘lishi kuzatilmoqda. Bu esa bino zaminining mustahkamligiga katta tag‘sir
etadi va inshootning turg‘unligini kamaytiradi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |