30
1-mavzu. Injenerlik geologiyasi faning maqsadi va vazifasi
« Injenerlik geologiyasi » fanidan ta‘lim texnologiyasi dars mashg‘ulotlarida
yangi
texnologiyalarni qo‘llash qonun-qoidalariga tayangan holda ishlab chiqilgan.
Talabalarga bilim berishda zamonaviy ta‘lim texnologiyalarining ahamiyati to‘g‘risida
so‘z borganda Prezidentimiz I.A.Karimovning ―O‘quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik
texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik
ko‘rsatadigan o‘qituvchi va domlalarga e‘tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda,
ta‘lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish diqqatimiz markazida
bo‘lishi darkor‖
1
degan so‘zlarini ta‘kidlash o‘rinlidir. Bu masala ―Barkamol avlod yili" Davlat
dasturida ham asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida e‘tirof etilgan.
Ushbu majmuada keltirilgan ta‘lim texnologiyalarining har biri o‘zida o‘quv
mashg‘ulotini o‘tkazish shart-sharoiti to‘g‘risida axborot materiallarini,
pedagogik maqsad,
vazifa va ko‘zlangan natijalarni, o‘quv mashg‘ulotning rejasi, o‘qitishning usul va vositalarini
mujassamlashtirgan. SHuningdek, bu o‘quv mashg‘ulotining texnologik kartasini, ya‘ni
o‘qituvchi va o‘quvchining mazkur o‘quv mashg‘ulotida Yerishadigan maqsadi bo‘yicha
hamkorlikdagi faoliyatning bosqichma-bosqich ta‘riflanishini ham o‘z ichiga oladi.
Majmua tarkibi kirish, ta‘lim texnologiyasining kontseptual asoslari, har bir mavzu
bo‘yicha Ma‘ruza va amaliy mashg‘ulotlarida o‘qitish texnologiyasidan iborat. Ma‘lumotlar
maksimal darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni o‘zlashtirish va yodda saqlab
qolishni kuchaytirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan.
Majmuaning kontseptual asoslari kismida dastlab «Injenerlik geologiyasi »
fanining
dolzarbligi va ahamiyati, mazkur o‘quv fanining tarkibiy tuzilishi, o‘qitishning usul va
vositalarini tanlashda tayanilgan kontseptual fikrlar, kommunikatsiyalar,
axborotlar berilib,
so‘ngra loyihalashtirilgan, o‘qitish texnologiyalari taqdim qilingan.
(1) Tukkiz turdagi Ma‘ruza mashg‘ulotlari: kirish, tematik, muammoli, vizual-Ma‘ruza,
binar Ma‘ruza, Ma‘ruza-munozara, x,amkorlikdagi Ma‘ruza, avvaldan rejalashtirilgan xatoli
Ma‘ruza, sharhlovchi Ma‘ruza berilgan.
(2) Amaliy mashg‘ulotlarida muammoli mashg‘ulot, bilimlarni kengaytirish va
chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulot, ishbilarmonlik o‘yinlariga asoslangan, aniq;
holatlarning yechimi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tish texnologiyalari mavjud va x,.k.
Hozirgi kunda jahon tajribasidan ko‘rinib turibdiki, ta‘lim jarayoniga o‘qitishning yangi,
zamonaviy usul va vositlari kirib kelmoqda va samarali foydalanilmokda. O‘qituvchi
bilim
olishning yagona manbai bo‘lib qolishi kerak emas, balki talabalar mustaqil ishlash
jarayonining tashkilotchisi, maslahatchisi, o‘quv jarayonining menejeri bo‘lishi lozim. Ta‘lim
texnologiyasini ishlab chiqish asosida aynan shu g‘oyalar yotadi.
Mustaqillikka erishib, yuksalish sari olg‘a intilayotgan mamlakatimiz - O‘zbekiston
Respublikasining hududlarida biri - biridan chiroyli binolar, sanoat korxonalari, muhandislik
inshootlari qad ko‘tarmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotini o‘stirishda chet el investitsiyalarini
kirib kelishi sababli ko‘plab binolar va sanoat inshootlari jahon
andozalariga javob bera
oladigan darajada qayta qurilmoqda. Tabiiyki inshootlarning mustahkamligi, chidamliligi,
bino qurilayotgan maydonning geologik tuzilishiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.
Geologiya yunoncha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida geo-Yer, logos-fan ma‘nolarini berib,
Yerning qattiq qatlamlari haqidagi fandir. Geologlar - Yerning qattiq qismi bo‘lgan litosferani
tashkil etuvchi tog‘ jinslarini o‘rganish bilan bir qatorda, undagi bo‘ladigan jarayonlarni
1
Ўзбекистан Конституцияси - биз учун демократик тараққиёт йўлида ва фуқаролик
жамиятини барпо этишда
мустаҳкам пойдевордир. - Президент Ислом Каримовнинг Ўзбекистан Республикаси Конституцияси қабул
қилинганининг 17 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси // Халқ сўзи, 2009 йил 6 декабрь.
31
tekshiradi. Geologiyadan olgan bilimlarimiz xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘l kelmoqda.
Neft, gaz, ma‘danlar va boshqa foydali qazilmalarni qidirib topib, qazib chiqarish shular
jumlasidandir. Geologiya fanining rivojlanib borishi bilan, unda turli ilmiy yo‘nalishlar
mustaqil bo‘lib, ajralib chiqa boshladi.
Muhandislik geologiyasi fanning vazifasi qurilish
maydonining geologik sharoitini hisobga olib, inshootning chidamligi
va mustahkamligini
ta‘minlashdir.
Hozirgi kunda respublikamizda ta‘lim tizimidagi islohotlarning asosini shakllantiruvchi
kator me‘yoriy hujjatlar qabul qilingan va amalga oshirilib kelinmokda. Bular asosida ―Ta‘lim
to‘g‘risida‖gi va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida‖gi konunlar aloxida o‘rin tutadi.
Bu qonunlardan kelib chiqadigan vazifa ta‘lim dasturlari mazmunining yuqori sifatiga
Yerishish va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilishdir.
Ilg‘or pedagogik texnologiyalar dars berishning interfaol usullarini nazarda tutadi. Bular
munozara darslari, iqtisodiy muzokaralar, ishbilarmon o‘yinlar, muammoli holatlar va
hokazolardir.
Geologiya va uning bo‘limlari, Yer haqidagi mag‘lumotlar katta amaliy ahamiyatga
ega bo‘lganligi uchun, u haqida to‘la ma‘lumotga ega bo‘lish uchun keltirilgan adabiyotlar
bilan mustaqil ishlab borish lozim.
Bino
va inshootlarni loyihalash, barpo etishda, InjenYerlik geologiyasidan olgan
bilimlarimiz juda muhimdir. Qurilish maydonining geologik sharoitini to‘g‘ri baholash
iqtisodiy jihatdan tejamkorlikga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: