Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/94
Sana11.07.2022
Hajmi4,05 Mb.
#775432
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94
Bog'liq
injenerlik geologiyasi

Strotosfera
yuqori qatlam bo‘lib, qalinligi 80-90 km ga teng. Uning pastroq 30-33 km 
balandligida esa, ozon qatlami uchraydi, tempYeratura Q50
0
s ga yetadi, ammo 80-90 km 
balandlikda tempYeratura yana pasayib,- 60-90
0
s ga tushib qoladi. 
Bosim juda kichik va haroratning haddan tashqari pastligi tufayli Atmosferaning yuqori 
qatlamlarini o‘rganish juda ham murakkablashadi.
Keyingi qatlam - 
ionosfera
- Atmosferaning eng yuqori qatlami bo‘lib, bu sferada 
ziyoyochlik kichik bo‘lib, gazlar ionlashgan, 220 km yuqorida tempYeratura minus bir necha
100
0
s ga yetadi. Katta meteoritlar Atmosferaning zichroq qismlarida 100-160 km balandlikda 
yonib, yop-yorug‘ bo‘lib ko‘rinadi, 80-83 km balandlikda pat-pat bulutlar ko‘rinadi, ular 
suvning to‘yingan bug‘i bo‘lsa kerak. 80-100 km da yorug‘ shafaq qutblari ko‘rinadi, 3000 km 
dan so‘ng planetalar aro fazoga o‘tib ketadi. 
Butun Atmosferani ximiyaviy tarkibi jihatidan 4 ta qatlamga bo‘lish mumkin. Yer 
yuzasiga yaqin to‘rgan qYi qatlam azot - kislorod qatlami deyiladi. Le-Dyuk hisobiga ko‘ra, 
bu qatlamda quyidagi miqdorda gazlar hosil bo‘ladi ( massa jihatidan): - azot (N) - 75,5 %, 
kislorod ( O ) -23,3%, inYert va boshqa gazlar -1,3%. Yuqorida 70 km dan yuqorirokda 
kislorod bo‘lmaydi, bu qatlam sof azot qatlamidir. Uning qalinligi 110 km gacha boradi, o‘sha 
joydan boshlab geliy qatlami boshlanadi va u 220 km gacha boradi, undan yuqoriroqda esa 
vodorod qatlami boshlanadi. 
Ikkinchi qatlam - suv qobig‘i - gidrosfera bo‘lib, u suv havzalaridir. Gidrosferaning 
umumiy hajmi 1370,3 mln km
3
. Asosiy suv hajmi 98%, okean va dengiz suvlariga to‘g‘ri 
keladi. Yer yuzasining 70,8% suv, 20,2 % ni quruqlik tashkil etadi. Xozirgi vaqtda Atlantika 
okeaniing o‘rtacha chuqurligi 3,32 km ga teng, Xind okeanining o‘rtacha chuqurligi -3,89 km
va Tinch okeanining o‘rtacha chuqurligi - 4,03 km deb qabul qilingan. Ammo Tinch 
okeanining eng chuqur joyi - 11 km dan ortiqdir. 
Gidrosferaning asosiy ximiyaviy tarkibi quyidagichadir: Kislorod (O)-85%, vodorod (N) - 
10,7%, xlor (Cl) -0 - 2,0%, natriy (Na)-1,0%. 
Yerning qattiq qismi litosfera deb atalib, ba‘zan uni Yer po‘stlog‘i deb atashadi. 
Litosfera Yerning qattiq qobig‘i bo‘lib, planetamizning sial va sima zonalarini o‘z 
ichiga oladi. Litosfera yuzasidagi notekisliklar uning relyefini tashkil qiladi, okean cho‘kmalari 
va materiklar massalari litosfera relyefining asosiy elementlaridir. SHokalg‘skiy hisoblariga 
ko‘ra, quruqlikning dengiz sathidan balandligi 900 m tashkil qiladi. 
Litosferaaning 
ximiyaviy 
tarkibini 
o‘rganish 
sohasidagi 
barcha 
ishlar 
A.P.Vinogradovning 1950 yilda qilgan hisobiga ko‘ra 16 km chuqurlik uchungina olib 
borilmoqda. Bunda litosferadagi Minerallar tarkibida kislorod - 46,8%, natriy-2,6%, kremniy - 
27,3%, kaliy-2,6%, alyuminiy - 8,7%, magniy - 2,1%, temir - 5,1%, kalg‘tsiy - 3,6% ekanligi 
aniqlandi. 
Materiklarning sathida pastliklar va balandliklar, yassi tog‘lar, tog‘ tizmalari, tog‘lar, 
tepaliklar bor.
Litosferada 3 xil qatlam joylashgan. Eng ustki qatlam cho‘kindi jinslar, o‘rtada granit va 
eng ostida Bazalt qatlami joylashgandir.


33 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish