Tafakkur va sun’iy intellekt masalasi mundarija kirish



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana10.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#772921
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
TAFAKKUR VA SUN’IY INTELLEKT MASALASI





TAFAKKUR VA SUN’IY INTELLEKT MASALASI 
MUNDARIJA 
KIRISh…………………………………………………………………………..3 
I BOB. TAFAKKURNING MOHIYATI……………………………….……..5 
1.1. Tafakkur qilishning ijtimoiy mohiyati…………………………………….5 
1.2. Tafakkur operatsiyalari-fikrlashning jarayoni…………………...….……11 
1.3. Tafakkurning yoshga bog`lik xususiyatlari…………………..…………...17 
II BOB. PSIXOLOGIYADA
“SUN’IY INTELLEKT” …………..………..23 
2.1. Psixologiyada “Sun’iy intellekt” tushunchasi…………………………...23 
2.2. Psixologiyada til va sun’iy intellekt…………………………..………….25 
2.3. Intellekt va kreativlik haqida tushuncha………………………..………..28 
2.4. “Sun’iy intellekt” borasidagi nazariyalar………………………….…….30 
XULOSA …………………………………………………………….………..34 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………36 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi.
Respublikamizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida 
ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilinishi, uzluksiz ta’lim jarayonida yetakchi ijrochi bo’lgan 
o’qituvchi faoliyatini tubdan o’zgartirishga olib kelmoqda. Shuning bilan bir qatorda ijtimoiy 
jarayonning ajralmas qismi bo’lgan ta’lim-tarbiya tizimiga, uning maqsadi va mazmuniga
o’qituvchining pedagogik faoliyati va mahoratiga yangicha talablar qo’yilmoqda.
Ma’lumki, mustaqil O’zbekiston buyuk kelajak sari yuz tutar ekan shubhasiz dunyoning 
rivojlangan davlatlari tajribalariga tayangan holda barcha sohalarda izchil islohotlarni amalga 
oshirmoqda. Ayniqsa, mustaqillikning birinchi qadamlaridanoq ta’lim-tarbiya va ilm-fanni 
rivojlantirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Zero, respublikamizning iqtisodiy, siyosiy va 
ma’naviy ravnaq topishi yuksak malakali va har tomonlama shakllangan barkamol shaxslarni 
tayyorlanishiga ko’p jihatdan bog’liq. Barkamol shaxsni shakllantirishda esa eng muhimi bu 
uning tafakkur jarayonlarini, intellektual darajasini, ongini rivojlantirishdir. 
Tafakkur - yangilikni qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir. Bu yangilik 
sub’yektiv bo’lishi mumkin, ya’ni uni kimlardir qachonlardir topgan bo’lishi mumkin. Lekin 
sub’yekt tafakkur jarayoni yordamida uni o’zi uchun yangitdan kashf etadi, aks holda biz 
ko’proq xotira, o’tgan tajriba-larimizni qayta tiklagan bo’lamiz. Bolalarni o’qitishda 
tafakkurning shu muhim xarakteristikasini asos qilib olish lozim. Pedagoglarni bolalar bilan 
muammoli darslar o’tishga doimiy intilishlarining asosida ham tafakkurning aynan shu 
xarakteristikasi yotadi. Agar biz tafakkurni, uning individual xususiyatlarini rivojlantirishni 
xoxlasak, unda dars davomida imkon qadar ko’p muammoli vaziyat yaratishimiz lozim bo’ladi. 
O’quvchilar faqat xotira jarayonlari /o’tmish tajribasini qayta tiklash/ bilangina kifoyalanib 
qolmay, balki o’ylanishga, nimanidir yangitdan yaratishga /subyektiv bo’lsada/ harakat qilishlari 
lozim. 
Tafakkur jarayoni bizni o’rab turgan olamni fikriy operatsiyalar: analiz, sintez, 
taqqoslash, abstraktsiyalash, umumlashtirish, sistemalashtirish, klassifikatsiyalash yordamida aks 
ettiradi. Ushbu operatsiyalar ko’magida inson idrokdan yashiringan narsalarni bilish 
imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Inson tafakkur yordamida nafaqat hodisalarni, balki ularning mazmunini ham bilib oladi. 
Tafakkur orqali inson turli aloqa va munosabatlarni tiklashga va shu bilan ob’yektiv qonunlarni 
topish va ochish imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Inson bilimi qanchalik keng va chuqur bo’lsa, uning aqliy faoliyatining tajribasi 
shunchalik mukammalikka ega, u shunchalik ko’p hal etilmagan muammoni ko’ra oladi, ongidan 
shunchalik tez-tez yechimini talab etuvchi fikriy vazifalar yuzaga keladi, va aksincha, sodda, 
past darajadagi bilim egasi uchun qoidaga ko’ra hal etilmagan savollar yuzaga kelmaydi. 
Inson tafakkurini o’rganish bo’yicha bir qator olimlar, jumladan A.V.Petrovskiy, 
V.V.Bogoslovskiy, O.K.Tixomirov, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.Ya.Galperin va boshqalar 
faoliyat olib borishgan va tadqiqot ishlarini amalga oshirishgan. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish