Surunkali laringitlar. (Larynqitis chronica)


XIQILDOQ QISILIShIDA ShOShILINCh YoRDAMI



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana10.07.2022
Hajmi0,65 Mb.
#772347
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
12. 8 maruza kuni 939bdfea36a5c343f87b5589438fe3e8

XIQILDOQ QISILIShIDA ShOShILINCh YoRDAMI 
Xiqildoqning nafas yo‘li tez torayib, shoshilinch yordam ko‘rsatish 
zarurati tug‘ilganda, shifokor bemor xolatini to‘g‘ri va o‘z vaqtida boxolab, uni 
qayta tiklash uslulini tanlay bilishi zarur. Bunda bemorning nafas ololmay 
qolganligi sababini tezda aniqlash va bu xolatni to‘g‘ri va o‘z vaqtida bartaraf 
qilishga kirishish kerak bo‘ladi. Bunday xolatlarda ko‘rsatiladigan shoshilinch 
yordamlardan intubatsiya va xirurgik muolijalardan -
traxeotomiya 
amalga 
oshiriladi. Agar bemorni xolati to‘g‘ri kelsa,imkon darajasida traxeotomiya 
qilmasdan intubatsiya o‘tkazishga xarakat qilish zarur. 
 Intubatsiya- 
o‘tkazish uch bosqichda olib boriladi. 
Birinchi bosqich
- vrach chap qo‘lni ko‘rsatgich barmog‘ini bemorni 
tilni o‘rtasidan kirgizib,til o‘zagiga yetib boradi va xiqildoq ustki tog‘ayini tepa 
qismini til o‘zagiga bosadi. 
Ikkinchi bosqich
-o‘ng qo‘l bilan intubatsion nayni ushlab og‘izga 
kiritadi va chap qo‘l ko‘rsatgich barmog‘i bo‘ylab nayni sekin-asta xiqildoqni 
kirish qismiga yetkazadi. 


Uchinchi bosqich
-vrach chap qo‘lni ko‘rsatgich barmog‘i bilan nayni 
ovoz boylami yorig‘idan pastga o‘tkazadi. Intubatsion naycha leykoplastir 
yordamida yonoqqa yopishtiriladi. Nayni to‘g‘ri o‘rnatganligi belgisi,bu nafasni 
to‘liq tiklanishi va ovozni yo‘qolishidir.Naycha turli ajralmalar bilan 
to‘lib,berkilib qolmaslik uchun,vaqti-vaqti bilan xiqildoqdan chiqarib tozalab 
turiladi. Agar yallig‘lanish jarayoni pasayib, xiqildoq qisilishi bartaraf qilinsa, 
1-2 kundan so‘ng intubatsion nayni olib tashlanadi.Agar ko‘rsatilgan 
muddatda,o‘tkazilgan intubatsiyadan kutilgan natija olinmasa,bunday 
bemorlarga trexotomiya jaroxligi qilinadi.
 
Trexeotomiyani tezlik bilan o‘tkazish ayrim xollarda, bo‘yin soxasidagi 
qon tomirlarning qon bilan to‘laligi, bemor bo‘ynining anatomik tuzilish - uni 
kaltaligi,yoki teri ostidagi yog‘ to‘qimasini qalinligi, jarroxlik ishini 
qiyinlashtiradi. Odatdagi to‘liq traxeotomiyani o‘tkazish sharoiti bo‘lmaganda, 
vrach bemorning xayotini saqlab qolish imkonini beradagan barcha chora-
tadbirlarni qo‘llab, qisman nafas olinshni tiklashga erishish zarur, so‘ngra 
bemorni xolatiga qarab traxeotomiya qilish imkoniyati bor davolash 
muassasasiga yuborish kerak. Lekin tibbiyot amaliyotida shu narsani yodda 
saqlab qolish zarurligi uqtirb o‘tilgan –xar bir vrach egallagan tibbiy 
mutaxassisligidan qat’tiy nazar, intubatsiya va traxeotomiya qilishni bilishi 
shart deyilgan.
Bazan sharoit taqozosi bilan (transportda , ko‘chada, jamoat joylarida) 
traxeotomiya qilib nafas o‘tishni tiklashni iloji bo‘lmaganda, konikotomiya deb 
yuritladigan muolija qilinadi, ya’niy konik boylamni kesib nafas tiklanadi, 
bemor axvoli yaxshilangandan so‘ng,bemor tegishli tibbiyot muassasiga 
jo‘natilgandan so‘ng bu joyda, odatdagi to‘lik traxeotomiya qilinadi.
Konikotomiyada- uzuksimon tog‘ayni yuqori qismi bilan qalqonsimon 
tog‘aynnng pastki chekkasini tutashtiruvchi konik boylam shoshilinch 
xolatlarda nafasni tiklash uchun kesiladi. Konikotomiya qilinganda uzuksimon, 
qolqonsimon tog‘ay yoki tovush osti bo‘shlig‘ini shikastlanishidan extiyot 
bo‘lish kerak bo‘ladi. Ko‘pincha konikotomiyadan so‘ng shu joylarda 
granulyatsiyalar, perixondritning avj olishi va chandiqli to‘qima o‘sishi xisobiga 
tovush osti bo‘shlig‘ining torayishi kuzatiladi. Shuning uchun bu muolija bemor 
xayotini saqlab qolishning boshqa iloji qolmaganda qilinadi.
Konikotomiyani bajarish uchun bemor boshi orqaga tashlangan xolda 
yotqiziladi. Shunda konik boylamning joylashgan o‘rni aniq bilinadi,bundan 
tashqari, bu joyni aniqlashda barmoq bilan qalqonsimon tog‘ayning oldingi 
chekkasi bo‘ylab pastga tushib boriladi, shunda barmog‘nnng uchi kichik 
chuqurchaga,konik boylam soxasi tushadi. Joyni aniqlab olgach vaqtni boy 
bermasdan anesteziya qilmay, skalpelni sanchib, terini va boylamni gorizontal 
kesib ovoz boylami osti bo‘shlig‘iga kiriladi. Bu muolijani bajarishda shu 
soxaning orqa bo‘limlarini shikastlashdan extiyot bo‘lish kerak. Kesilgan joyga
kiritilgan naycha juda xam yo‘g‘on bo‘lmasligi lozim, aks xolda bu naycha 
atrofidagi to‘qimalarni bosib qo‘yib, ularni yallig‘lanishiga olib keladi.



Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish