Parazitar infeksiyalar.
Leyshmanioz
— odam va xayvonlarda uchraydigan kasallik. Koʻproq tropik
va subtropik iqlimli mintakalarda qayd etiladi. Leyshmaniyalar qoʻzgʻatadi
va iskabtoparlar orqali yuqadi.
Infeksiya manbai kemiruvchilar hisoblanadi.
Teri leyshmaniozi (qarang Yomon jarohat)
va ichki aʼzolar visseral
leyshmaniozi farq qilinadi. Visseral leyshmanioz "kalaazar" deb ham
yuritiladi. Kasallikning bu turi bilan koʻproq bolalar kasallanadi (birinchi
boʻlib kasallik qoʻzgʻatuvchisini topgan ingliz vrachi U.Leyshman nomidan
olingan). U surunkali kechadi, ichki aʼzolar jiddiy zararlanadi; dam-badam
isitma xuruj qilishi, jigar va taloqning nihoyatda kattalashuvi, anemiya va
juda oriklab ketish kasallikka xos alomatl
ardir. Koʻpincha, oʻlim hollari
kuzatiladi. Davolash uchun tarkibida surma bor preparatlar (solyusurmin,
stibanol, neostibodan va boshqalar) qoʻllaniladi. Oldini olish iskabtopar va
kemiruvchilarni qirishdan iborat. Shaxsiy himoya vositasi
— repellentlardan
foydalaniladi.
Teri leyshmaniozi
– endemik,
parazitar, yuqumli transmissiv
kasallik bo‘lib, uning vujudga kelishi
uchun albatta, infeksiya
rezervuaridan (bemor odam yoki
hayvon) moskit (infeksiya
tashuvchi) qon bilan birga kasallik
qo‘zg‘atuvchisini (Leishmania
tropica) yutib olishi kerak va
keyinchalik bu infeksiya tashuvchi
sog‘ odamni chaqib, unga yuqtirishi
mumkin.
Klinikasi.
Moskitning qon so‘rib, terini jarohatlagan joyida keyinchalik
inkubatsion davr o‘tib
kasallikka mos toshmalar, ya’ni leyshmaniomalar paydo
bo
‘ladi. Odatda, moskit bir chaqqanda, sakrab-sakrab terining bir necha
joyidan qon so‘radi va har chaqqan joyida leyshmanioma yuzaga kelib,
bemor
terisida bittadan bir necha yuztagacha leyshmanioma ko‘zga tashlanadi.
Leyshmaniomalar soniga qarab epidemiologik holatga u yoki bu darajada
baho berish mumkin.
Leyshmaniozning qishloq turi qisqa 2-3 haftalik inkubatsion davrdan keyin,
terida birinchi kuni o‘tkir yallig‘lanish belgilari bilan kechadigan furunkulsimon
tugun yoki shahar leyshmaniozidagidek do‘mboqchalar bilan boshlanishi
mumkin. Bu leyshmaniomaning markazidan 1-
2 hafta o‘tgach nekroz hosil
bo‘lib, bu
yerda notekis, chuqur chegarali yara vujudga keladi. Yaraning shakli
noto‘g‘ri oval bo‘lib, notekis tubi sar¬g‘ish-kulrang nekrotik parda bilan
qoplang
an bo‘ladi. Paypaslaganda yara tagida va yaqin atrofida xamirsimon
bo‘sh infiltrat aniqlanadi. Ayrim holatlarda, qo‘shimcha jarohat oqibatida bemor
og‘riqning zo‘rayganidan shikoyat qilishi mumkin. Leyshmaniomadan bir
necha santimetr uzoqlikda, mayda tugun
chalar (“bugorki obsemeneniya”)
paydo bo‘lib, yara kattayadi va keyinchalik bir-biriga qo‘shilib ketishi mumkin.
Leysh¬maniozning ikki turiga ham og‘riqsiz regionar limfa tomirlarning
yallig‘lanishi xarakterlidir va ularning ustki qismi notekisligi bilan tasbehni
eslatib turadi (“tasbeh simptomi”).
Leyshmaniozning qishloq turida yaralar tezda (2-3 oy) 4-6 sm. va
undan
kattaroq bo‘lib, atrofida ko‘tarilib turgan valiksimon infiltrat (halqa) bilan ajralib
turadi. Keyinchalik yara nekrozlardan tozalanib, ustida
baliqning qizil
tuxumlarini eslatadigan granulyatsiyalar rivojlanadi va yuqoriga o‘sib ketadi.
Bemorda “baliqning qizil ikrasi” simptomiga xos ko‘rinish rivojlangani – yaralar
tezda yaxshi bo‘lib ketishining belgisi sifatida baholanadi.
Yara o‘rnida paydo bo‘lgan chandiq, ko‘p yillardan keyin ham bemorning
leyshmanioz bilan kasallanganini ko‘rsatib turadi. Terining bu qismi chandiq
shtamp qo‘yilgandek aniq
chegarali, usti tekis va yaltiroq, chegara qirrasi
notekis festonsimon, atrofida vaqtinchalik gipe
rpigmentatsiya ham bo‘lishi
mumkin. Shunday qilib, o‘tkir nekrozlanadigan qishloq leyshmaniozida birinchi
toshmalar vujudga
kelgandan boshlab, to yaralar bitgunicha 2-3 oydan 5-6 oy
o‘tishi mumkin. Shahar leysh¬maniozida bu davr o‘rtacha bir yilga teng bo‘lib,
oldindan ko‘p xalqlar bu kasallikni “yil yarasi” deb atab kelishgan.
Immunitet paydo bo‘lishi.
Shahar xili bilan kasallangan bemor ikkinchi turiga
yo‘liqishi ehtimoldan holi emas. Qishloq xili bilan kasallangan bemor odatda,
boshqa turiga chalinmaydi.