Suyaklarning rijovlanishining buzulishi.
Suyak sinishi
- shikastlanish
oqibatida
suyak butunligining
buzilishi. Suyak sinishi travmatik
va
patologik turlarga boʻlinadi.
Travmatik Suyak sinishi sogʻlom
suyakka toʻsatdan kuchli mexanik
kuch taʼsir etishi natijasida roʻy
beradi. Patologik Suyak sinishi
esa biror kasallik (mas,
suyak
sili
,
suyak
oʻsmasi
,
osteomiyelit
,
osteoporoz
va h.k.) oqibatida moʻrt boʻlib
qolgan suyakka kucheiz tashqi taʼsir tufayli yuz beradi.
Suyak
sinishi yopiq
yoki ochiq boʻladi. Yopiq sinishda singan joy
sohasidagi
teri
zararlanmaydi, ochiq sinishda esa teri yirtilib,
suyak boʻlaklari teridan tashqariga chiqib qoladi.
Ochiq Suyak
sinishi yopigʻiga nisbatan xavfliroq hisoblanadi, chunki teridagi
yirtilgan
yara
orqali
infeksiya
singan
sohaga kirib qolishi
va
yiringlashga
sabab boʻlishi mumkin. Ochiq S.s, asosan,
harbiy
qurollar
taʼsiri va
yoʻltransport halokati
tufayli sodir boʻladi.
Singan suyaklar soniga koʻra Suyak sinishilari monotravma (bitta
Suyak sinishi) va politravma (bir nechta Suyak sinishi)larga
ajratiladi. Suyakning nechta boʻlakka boʻlinishiga qarab oddiy
(suyak ikki boʻlakka boʻlinsa) va murakkab (suyak bir
necha
boʻlakka boʻlinsa) Suyak sinishi qayd etiladi. Suyak boʻlaklarining
shakliga koʻra Suyak sinishilari koʻndalang, uzunasiga, qiya,
vintsimon, Tsimon, Vsimon, maydalangan boʻladi. Singan suyak
boʻlaklari joyidan siljimasligi yoki muskullar
qisqarishi natijasida
siljib ketishi mumkin. Suyak sinishining faqat bolalarga xos
boʻlgan "novdasimon sinish" va epifizeoliz turlari mavjud.
Suyak boʻlaklari atrofdagi qon tomirlari va nerv tolalarini
jarohatlashi mumkin. Bir nechta mayda suyaklar
yoki bitta yirik
suyak (mas, son suyagi, chanoq suyagi) singanda ichki va tashqi
qon oqishi tufayli travmatik shok vujudga keladi.
Suyak sinishining
tashqi koʻrinishdan absolyut (suyak kaltalashuvi, qiyshayishi,
sinish sohasida kirtillash) va nisb
iy (shish, ogʻriq,
funksiyaning
buzilishi) belgilari koʻzga tashlanadi.
Osteonekroz
Osteonekroz suyaklarga vaqtincha yoki doimiy qon yo'qotilishi oqibatida
rivojlanadi. Suyakning qon bilan ta'minlanmaganligi suyakning bir qismini
o'limga olib keladi. Suyak o'lib ketayotganda qulashi mumkin va agar suyak
suyak qo'shma joyga yaqin bo'lsa, qo'shma sirt yiqilishi mumkin.
Osteonekroz har qanday suyakni ta'sir qilishi mumkin, lekin ko'pincha
femur, yuqori qo'li suyagi, tizzalari, elkalariga va oyoq-qo'llariga ta'sir qiladi.
Jag'ning osteonekrozlari kamdan-kam deb hisoblanadi va bisfosfonatdan
foydalanish bilan bog'liq. Osteonekroz bilan bitta suyak bir vaqtning o'zida
yoki turli vaqtlarda ta'sir qilishi mumkin.
Osteonekrozga shuningdek avaskular nekroz, aseptik nekroz yoki
suyakning ishemik nekrozi deb ham ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: