Qorin bo’shlig’I kasalliklaridan. Peritonit



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana10.07.2022
Hajmi1,01 Mb.
#771154
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Patologik Anatomiya

 
 
 


Parazitar infeksiyalar.
 
Leyshmanioz
— odam va xayvonlarda uchraydigan kasallik. Koʻproq tropik 
va subtropik iqlimli mintakalarda qayd etiladi. Leyshmaniyalar qoʻzgʻatadi 
va iskabtoparlar orqali yuqadi. 
Infeksiya manbai kemiruvchilar hisoblanadi. 
Teri leyshmaniozi (qarang Yomon jarohat) 
va ichki aʼzolar visseral 
leyshmaniozi farq qilinadi. Visseral leyshmanioz "kalaazar" deb ham 
yuritiladi. Kasallikning bu turi bilan koʻproq bolalar kasallanadi (birinchi 
boʻlib kasallik qoʻzgʻatuvchisini topgan ingliz vrachi U.Leyshman nomidan 
olingan). U surunkali kechadi, ichki aʼzolar jiddiy zararlanadi; dam-badam 
isitma xuruj qilishi, jigar va taloqning nihoyatda kattalashuvi, anemiya va 
juda oriklab ketish kasallikka xos alomatl
ardir. Koʻpincha, oʻlim hollari 
kuzatiladi. Davolash uchun tarkibida surma bor preparatlar (solyusurmin, 
stibanol, neostibodan va boshqalar) qoʻllaniladi. Oldini olish iskabtopar va 
kemiruvchilarni qirishdan iborat. Shaxsiy himoya vositasi 
— repellentlardan 
foydalaniladi. 
Teri leyshmaniozi 
– endemik, 
parazitar, yuqumli transmissiv 
kasallik bo‘lib, uning vujudga kelishi 
uchun albatta, infeksiya 
rezervuaridan (bemor odam yoki 
hayvon) moskit (infeksiya 
tashuvchi) qon bilan birga kasallik 
qo‘zg‘atuvchisini (Leishmania 
tropica) yutib olishi kerak va 
keyinchalik bu infeksiya tashuvchi 
sog‘ odamni chaqib, unga yuqtirishi 
mumkin. 
 
Klinikasi.
Moskitning qon so‘rib, terini jarohatlagan joyida keyinchalik 
inkubatsion davr o‘tib kasallikka mos toshmalar, ya’ni leyshmaniomalar paydo 
bo
‘ladi. Odatda, moskit bir chaqqanda, sakrab-sakrab terining bir necha 
joyidan qon so‘radi va har chaqqan joyida leyshmanioma yuzaga kelib, bemor 
terisida bittadan bir necha yuztagacha leyshmanioma ko‘zga tashlanadi. 
Leyshmaniomalar soniga qarab epidemiologik holatga u yoki bu darajada 
baho berish mumkin. 
Leyshmaniozning qishloq turi qisqa 2-3 haftalik inkubatsion davrdan keyin, 
terida birinchi kuni o‘tkir yallig‘lanish belgilari bilan kechadigan furunkulsimon 
tugun yoki shahar leyshmaniozidagidek do‘mboqchalar bilan boshlanishi 
mumkin. Bu leyshmaniomaning markazidan 1-
2 hafta o‘tgach nekroz hosil 
bo‘lib, bu yerda notekis, chuqur chegarali yara vujudga keladi. Yaraning shakli 
noto‘g‘ri oval bo‘lib, notekis tubi sar¬g‘ish-kulrang nekrotik parda bilan 
qoplang
an bo‘ladi. Paypaslaganda yara tagida va yaqin atrofida xamirsimon 
bo‘sh infiltrat aniqlanadi. Ayrim holatlarda, qo‘shimcha jarohat oqibatida bemor 
og‘riqning zo‘rayganidan shikoyat qilishi mumkin. Leyshmaniomadan bir 
necha santimetr uzoqlikda, mayda tugun
chalar (“bugorki obsemeneniya”) 


paydo bo‘lib, yara kattayadi va keyinchalik bir-biriga qo‘shilib ketishi mumkin. 
Leysh¬maniozning ikki turiga ham og‘riqsiz regionar limfa tomirlarning 
yallig‘lanishi xarakterlidir va ularning ustki qismi notekisligi bilan tasbehni 
eslatib turadi (“tasbeh simptomi”). 
Leyshmaniozning qishloq turida yaralar tezda (2-3 oy) 4-6 sm. va undan 
kattaroq bo‘lib, atrofida ko‘tarilib turgan valiksimon infiltrat (halqa) bilan ajralib 
turadi. Keyinchalik yara nekrozlardan tozalanib, ustida baliqning qizil 
tuxumlarini eslatadigan granulyatsiyalar rivojlanadi va yuqoriga o‘sib ketadi. 
Bemorda “baliqning qizil ikrasi” simptomiga xos ko‘rinish rivojlangani – yaralar 
tezda yaxshi bo‘lib ketishining belgisi sifatida baholanadi. 
Yara o‘rnida paydo bo‘lgan chandiq, ko‘p yillardan keyin ham bemorning 
leyshmanioz bilan kasallanganini ko‘rsatib turadi. Terining bu qismi chandiq 
shtamp qo‘yilgandek aniq chegarali, usti tekis va yaltiroq, chegara qirrasi 
notekis festonsimon, atrofida vaqtinchalik gipe
rpigmentatsiya ham bo‘lishi 
mumkin. Shunday qilib, o‘tkir nekrozlanadigan qishloq leyshmaniozida birinchi 
toshmalar vujudga kelgandan boshlab, to yaralar bitgunicha 2-3 oydan 5-6 oy 
o‘tishi mumkin. Shahar leysh¬maniozida bu davr o‘rtacha bir yilga teng bo‘lib, 
oldindan ko‘p xalqlar bu kasallikni “yil yarasi” deb atab kelishgan. 
Immunitet paydo bo‘lishi. 
Shahar xili bilan kasallangan bemor ikkinchi turiga 
yo‘liqishi ehtimoldan holi emas. Qishloq xili bilan kasallangan bemor odatda, 
boshqa turiga chalinmaydi. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish