qurilmalarni identifikatsion MAC – manzili asosida tarmoqning bir segmentida birlashtiradi.
Standart switch bir necha ajratilgan tarmoqlarni birlashtira olmaydi.
Tarmoq ichida
marshrutlashtirish, masalan, bir necha kompyuterlarda internetdan foydalanishni tashkil etish
uchun, lokal tarmoqni global tarmoqga ulash uchun, marshrutizator (router) zarur bo`ladi.
Demak, OSI tarmoq iyerarxiyasida switchlar xab va routerlar o`rtasidagi oraliq zveno
hisoblanar ekan.
Xab (konsentrator)
–
fizik darajada
ishlaydi. Kiruvchi ma’lumotlarni barcha
foydalanuvchi interfeyslarga nusxalab transyatsiyalaydi.
Switch (kommutator) – kanal darajada ishlaydi. Ma’lumotlarni oluvchining manzili
bo`yicha taqsimlaydi.
Router (marshrutizator) – tarmoq darajada ishlaydi. Turli tarmoq segmentlari o`rtasida
aloqani tashkil etadi.
Switchning ishlash prinsipi quyidagicha tuzilgan. Qurilma xotirasida MAC – manzillar va
switch portlari aloqasini ifodalovchi virtual jadval saqlanadi.
Switch ulangach birlamchi o`qishga tushadi va bo`sh bo`lgan MAC – jadvalni to`ldiradi.
Bu
rejimning afzalligi, istalgan portdan kelgan ma’lumotlar unga ulangan barcha tugun
qurilmalari to`plamiga etkaziladi.
Kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlar dasturlar yordamida kichik bloklarga bo‘linadi va
bir kompyuterdan ikkinchisiga uzatiladi. Bunday bloklar paketlar deb ataladi. Ma’lumotlar
odatda fayllarda saqlanadi. Tarmoqda fayllarni bloklarga bo‘lmasdan ikkinchi foydalanuvchiga
uzatish kanalni (aloqa liniyalari) band qilishga olib keladi. Bundan tashqari katta xajmdagi
bloklarni yuborish ko‘p vaqt talab qiladi.
Axborot (ma’lumotlar fayli)
Paket 0 - 4 kb
sarlavha ma’lumot treyler
Paket – kompyuter tarmoqlaridagi axborotning asosiy o‘lchov birligi xisoblanadi.
Ma’lumotlarni paketlarga bo‘lish o‘z navbatida uzatish tezligini oshiradi va tarmoqning boshqa
foydalanuvchilariga tarmoqda axborot almashish imkonini beradi. Ma’lumotlar blokini
paketlarga bo‘lishda tarmoq operatsion tizimi paketdagi ma’lumotga qo‘shimcha axborot ya’ni
sarlavxa va treyler qo‘shib yuboradi.
Sarlavha – yuboruvchi adresi, paket qaysi blokning qaysi qismiga tegishliligi xaqidagi
axborotlarni saqlaydi.
Treyler – yuborilayotgan paketning xatosiz etib borishini tekshiruvchi axborotni o‘z
ichida saqlaydi. Agar xatolik bo‘lsa treyler paketni qayta yuborilishini talab qiladi.
Ma’lumotlar paketlarini tahlil qilish yo`li bilan jo`natuvchi qurilmaning MAC – manzili
aniqlanadi, keyin bu manzil borishi kerak bo`lgan portga qo`shiladi.
Shu tahlit tarmoqdagi
elementlar qaysi portga ulangani aniqlanadi va jadvalga yozib qo`yiladi. Jadvalga asosan aniq
portlarga ma’lumotlarni jo`natishlar amalga oshiriladi, hublardagi kabi barcha qurilmalarga
jo`natilishlar bo`lmaydi. Agar jo`natilgan ma’lumot aniq manzilga ega bo`lmasa, ya’ni jadvalda
bunday qurilma bo`lmasa, paketlar dublikatlari yaratiladi va butun interfeysga tarqatiladi.
Shu bilan parallel holda noaniq bo`lgan jo`natuvchi manzili ham jadvalga yoziladi.
Switch doimiy ravishda o`zining interfeysi va tashqi kompyuterlar orasidagi aloqalar natijasida
jadvalini to`ldirib boradi, buning natijasida trafiklarni lokallashtirish ro`y beradi.
Oddiy tarmoq kommutatorlari boshqarilmaydi. Bunday switchlar bevosita sozlanishi
mumkin, lekin boshqarishning tarmoq protokollarini qo`llamaydi. Boshqarilmaydigan va
boshqariladigan switchlar orasidagi farq, tarmoq menejmenti protokoli SNMPni qo`llash orqali
boshqariladigan switch tarmoq bo`yicha mahsus dasturlar yordamida masofadan o`zini
konfiguratsilashi va ishini boshqarishi mumkin.
Switchining
modem orqali ulanish sxemasi
Boshqariladigan switchlar nazorat kuchli talab etiladigan, murakkab topologiyali
tarmoqlarda ko`proq o`rnatiladi. Bunday qurilmalarning bajaradigan asosiy vazifalari: tarmoq
trafigi monitoringini olib boorish, portlar konfiguratsiyasini boshqarish, virtual tarmoqlarni
tashkil etish, kanallar guruhini birlashtirish.
Boshqariladigan switchlar kanal va shunindek tarmoq
darajalarda keng miqyosda
funksiyalarni bajarishni ta’minlaydi. Bunday qurilma boshqaruviga kirish mahsus web interfeys
yoki buyruqlar qatori yoki harxil SNMP, Telnet protokollari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Switchlar ma’lumotlarni uzatish ichonarliligi va vaqtishartliligi orasidagi farq bo`yicha har xil
kommutatsiyalash usullaridan foydalanadi:
1. Store and Forward –xatoliklarni tekshirish maqsadida ma’lumotlar kadridagi barcha
axborotni to’liq o`qishi va paketni tanlangan portga uzatishi.
2. Cut–through – oluvchining manzili saqlangan ma’lumotlar kadri sarlavhasini
o’qigandan so`ng darhol kommutatsiyalash jarayoni ro`y berishi. Ma’lumotlarning
vaqt bo`yicha ushlanishi qisqaradi, lekin, xatoliklarni topish mumkin bo`lmay qoladi,
ishonarlilik pasayadi.
3. Fragment–tree – paketlar qayta fil`trlangach uzatiladi
Bunday tipdagi switchlar uy sharoitida kam ishlatiladi. Kata va murakkab strukturali
tuzilishlarda,
internet provayder, korporativ lokal tarmoqlarida, kommutatsiyalash uchun
mo`ljallangan.
HD – 301 rusumli HDMI switch qurilmasi bitta HDMI foydalanuvchining uchta HDMI
manbaga ulanish va tezkor tanlash imkonini yaratadi. Uning komplektida masofadan boshqarish
pulti ham joylashtirilgan. Shuningdek bu qurilma uzun HDMI kabelning oxirilarida HDTV
signallarni tiklash uchun ulanishi mumkin. Korpusi plastik materialdan.
HD – 301 asosiy xarakteristikalari: bitta HDMI 1.3 qurilma kirishiga uchta hdmi 1.3
qurilma ulanadi, HDCP 1.2 protokollarini qo‘llaydi, rang chuqurligi 30 bit, 36 bit rangni
qo‘llaydi,
DTS-HD/Dolbe-true
HD/LPCM7.1/DTS/Dolby-AC-3/DSD
formatlari
bilan
moslashtiriladi, Blue-Ray 24/50/60fs/HD-DVD/xvYCC larni qo`llaydi, 15 metr uzunlikdagi
AWG26 HDMI 1.3
kabeli orqali kirish, 25 metr uzunlikdagi AWG26 HDMI 1.3 kabeli orqali
chiqish ulanish imkoniyati, signal sifatida yo`qotishlar bo`lmaydi, ulanish sekundlarda amalga
oshiriladi, 5 volt manba, ishlash kafolati 12 oy.
Switch Ethernet – interfeys orqali tarmoqda bir necha kompyuterlarni birlashtirish uchun
mo`ljallangan bo`ladi. U nisbatan “aqlli” qurilma, so`rovlarga asosan mijozlararo ma’lumotlar
paketlarini taqsimlaydi.
Switch mijoz kompyuter tarmoq kartasining to`g`ri sozlanishini talab qiladi. IP – manzil
va tarmoqosti maskasi bir – biriga mos kelishi kerak (tarmoqosti maskasi IP – manzilning bir
qismini tarmoq manzili, qolganini esa mijoz manzili kabi ko`rsatadi). Kanal darajada
ma’lumotlar almashinishini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: