Tarmoq platasi
Tarmoq platasi(tarmoq platasi, Ethernet-adapter, NIC(
network interface controller
)) –
kompyuterni tarmoqdagi
boshqa qurilmalar bilan aloqa qilishi uchun mo’ljallangan
kompyuterning periferik qurilmasidir.
Tarmoq platasi –
bilan biz tarmoqni tashkil etishimiz mumkin bo`ladi. Chunki tarmoq
platasining vazifasi asosiy plata bilan tashqi qurilma (kab
е
l, HUB yoki Switch) o`rtasidagi
vositachi. Ya'ni kelayotgan signalni qabul qilib asosiy plataga o`tkazish yoki aksincha asosiy
platadan chiqayotgan signalni tashqariga uzatish uchun xizmat qiladi.
Tarmoq platasi
drayverini aksariyat op
е
ratsion sist
е
malarning o`zi avtomatik ravishda
o`rnatadi. Tarmoq platasi uch xil ko’rinishda bo’ladi:
1.
Ichki tarmoq platasi. Kompyuterning ISA, PCI portlariga ulanadigan plata.
2.
Tashqi tarmoq qurilmasi. Bu tarmoq qurilmasi alohida bir qurilma bo’lib, USB,
PCMCIA yoki LPT portlari orqali kompyuterga ulanadi. Bu turdagi tarmoq qurilmasidan asosan
notebook foydalanuvchilari foydalanishadi.
3.
Birlashtirilgan tarmoq platasi. Kompyuterning ona platasiga birlashtirilgan bo’ladi.
Zamonaviy kompyuterlar tarmoq qurilmasining shu turi orqali boshqa kompyuterlar bilan aloqa
o’rnatadi.
Tarmoq platalari bir vaqtning o’zida ma’lumotlarni qabul qilib jo’natishi mumkin,
10,
100, 1000
Mbit/sek (Mbitlarda o’lchanadi) tezliklarda ishlay oladi.
Ilk tarmoq platalari diskret mantiqiy mikrosxema asosida yig’ilgan bo’lib, bufer xotirasi 1
kadrga ega edi. Ishonchliligi juda past bo’lgan. Ma’lumotlar oqimi ko’p va ketma-ket
uzatilganda bufer xotira ulgurib bera olmay, ma’lumotlar yo’qotilishi sodir bo’ladi. Bu esa
tarmoq platasini qayta qayta so’rov jo’natishiga sabab bo’lib, ishlash tezligining keskin
kamayishiga olib keladi. Shu bilan birga ilk tarmoq platalarining har biri uchun aloxida drayver
kerak bo’lgan.
Ikkinchi avlod tarmoq platasi bufer xotirasi ko’p kadrga asoslangan bo’lib, kompyuterdan
yuklangan kadr tarmoqqa uzatilguncha ikkinchi kadr ham qabul qilinadi. Bu avlod tarmoq
platalarida integrallashgan mikrosxemalar qo’llanila boshladi. Bu esa ishonchlilikning
oshganligini anglatadi. Shu bilan birga drayverlar 3Com, Microsoft, Novell firmalari tomonidan
standartlashtirilishiga erishildi.
ISA shinali AUI raz’yomli tarmoq platasi
ISA shina: 4 ta 16 bitli va 1 ta 8 bitli raz’yom
Uchinchi avlod tarmoq platalari operativ xotiradan olgan ma’lumotlarni bufer xotirada
konveyer sxemasi asosida qayta ishlaydi. Bu esa ish jarayoni tezligining 25-55% ga oshishini
ta’minlaydi. Bu avlod platalari maxsus integral sxemalar asosida yig’ilgan bo’lib, ishchanligi va
ishonchliligini oshishiga, narxini esa kamayishiga olib keldi.
To’rtinchi avlod tarmoq platalari – hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan platalardir. Bu
avlod tarmoq platalari kompyuterni tarmoq orqali masofadan boshqarish, tarmoqdan operastion
tizimni yuklash va boshqa imkoniyatlarga ega.
PCI raz’yomli tarmoq platasi
PCI shina
Hozirgi tarmoq platalari
Do'stlaringiz bilan baham: |