Reja:
FTTX texnologiyasi
FTTx optik ulanish texnologiyalari
FTTx-dan foydalanish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Tezlik – internet tarmog‘ida eng muhim jihat. Internet qancha tez bo‘lsa, ishlarimiz shuncha tez bitadi. Yaqin-yaqingacha ommaviy tarzda foydalanilgan Dial-up (dayl ap) modemi yordamida telefon tarmog‘i orqali internetga ulanish o‘z vaqtida bir qator qulayliklarga ega bo‘lgan. Shaxsiy kompyuter egalari mazkur Dial-up (dayl ap) modemi orqali uy telefonlarini global tarmoqqa ulaganlar. Uning qulayligi ham shunda bo‘lgan, ya’ni telefon tarmog‘i kirib borgan, olis hududlarda ham internetdan foydalanish imkoniyati bo‘lgan va nisbatan arzon bo‘lgan. Ammo ushbu modem yordamida ulanish telefonni band qilib qo‘ygan, aloqa uzilishi kuzatilgan va internet tezligi soniyasiga 4 kb(kilobayt)ni tashkil qilgan.
2000 yillardan boshlab internet tarmog‘iga ulanishning keyingi qulay texnologiyasi ADSL ingliz tilidan mutanosib abonent liniyasi ma’nosini beradi. Ya’ni uy telefonini ADSL modem orqali internet tarmog‘iga ulash telefonimizni band qilmaydi, ham internet, ham telefondan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkoniyati tug‘iladi. Bu texnologiya yordamida soniyasiga 6 mbit. gacha ma’lumot olish imkoniyati tug‘ildi. Dial-up ga nisbatan qimmatroq bo‘lsa ham, odamlar sifatli internetni ma’qul ko‘rishdi. ADSL modemi soniyasiga 8 mbit (megabit) gacha ma’lumotlar qabul qila olgan.
Ammo tezkor zamonning fuqarolarini bu tezlik qanoatlantirmas edi. Internetga ulanishning yangi texnologiyasi – FTTX (fiber to the x – x manzilga qadar optik aloqa tarmog‘i) yaratildi.
FTTX texnologiyasi yoki optik aloqa tarmog‘i orqali soniyasiga 100 yoki undan ortiq megabit ma’lumotni olish imkoni mavjud. Bugun ko‘p qavatli uylarda o‘rnatilayotgan, uyga kirish yo‘lida o‘rnatilgan keng polosali telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi portlarga ko‘pchiligimiz e’tibor bermagan bo‘lishimiz mumkin. Ammo unutmang, ular yordamida siz tezkor axborot uzatish, internet telekanallarni tomosha qilish, masofaviy ta’lim olish, uzoqdagi qadrdonlar bilan yoningizdagidek suhbatlashish imkoniga ega bo‘lasiz.
Yaqin-aqingacha telekommunikatsiya tarmog‘ida misli kabellardan aloqa liniyalari yaratilar, bu telekommunikatsiya tarmog‘ining asosiy infratuzilmasini tashkil etar edi. 80-yillar oxiridan boshlab raqamli uzatish qurilmalari joriy etilishi natijasida tarmoqda FTTX – ingliz tilidan fiber to the x, ya’ni muayyan joygacha optik tolali aloqa tarmqolari keng joriy etila boshlandi. Agar optik aloqa tarmog‘i binogacha kirib borgan bo‘lsa, bu – FTTB (building), agar xonadongacha kirib borgan bo‘lsa, bu – FTTH (home) texnologiyasi deyiladi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda deyarli barcha magistral, zonaichi va stansiyalararo aloqada optik tolali aloqa liniyalari qo‘llanilmoqda. Optik aloqa tarmoqlarini joriy qilish rejasiga ko‘ra, hozircha shahar hududidagi ko‘p qavatli binolarda mazkur texnologiya joriy qilinmoqda. Keyinchalik hovli, mahalla hududlarida ham optik aloqa tarmoqlarini yotqizish rejalashtirilgan.
Tarkibida metall va shisha komponenti mavjud optik tolali aloqa liniyalarining asosiy ustunligi — kengpolosali, yuqori tezlikdagi trafik (ma’lumot) uzatish imkoniyati, tashqi elektromagnit ta’sirlarga kam ta’sirchanligi, yuqori sifatida, ya’ni uzoq vaqt xizmat qilishida.
Misol uchun, mis aloqa kabeli bir soniyada 2.5 megabit ma’lumot uzatsa, optik tolali aloqa bir soniyada bir terrabit yoki bir million megabit ma’lumotni uzatadi. Ya’ni samaradorlik 500 ming marotabaga oshadi. Optik tolali aloqa liniyalari ma’lumotni yorug‘lik tezligida yetkazadi. Ya’ni, suratdagi bir bog‘lam mis kabel qila oladigan ishni undan bir necha marta kam bo‘lgan optik tarmoqlar bajara oladi.
FTTX (ef ti ti iks) texnologiyasi, ya’ni keng polosali telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish axborot almashinishda tezkorlikka erishishning oxirgi yutuqlari sirasiga kiradi. Endi nafaqat internetdan foydalanish, balki internet kanallarni ko‘rish, videotelefoniya xizmatidan foydalanish mumkin. Unga qanlay ulanish mumkinligi haqida esa quyida ma’lumot beramiz.
Kompyuter yoki mobil aloqa vositalaringizni ushbu texnologiya asosida ishlaydigan internetga ulash maqsadida bo‘lsangiz, siz yashayotgan ko‘p qavatli xonadonga optik aloqa liniyalarini olib kelgan internet provayderini aniqlang va ulanish shartlari, internet ta’riflari, tezligi va hududiy qamrovi bilan tanishib chiqing.
Ko‘p qavatli xonadonlar kirish yo‘lagigacha yotqizilgan optik aloqa liniyasidan kompyuter yoki mobil uskunagacha qo‘shimcha aloqa liniyasi tortiladi. Shu orqali siz keng polosali internet xizmatlaridan bemalol foydalanishingiz mumkin. Yana bir ahamiyatli jihati, bu tezlik bilan xonadoningizdagi boshqa mobi aloqa vositalarini, misol uchun, planshet, smartfon, netbuk yoki noutbuklar yordamida internetdan foydalanish mumkin. Buning uchun Wi-Fi uskunasini o‘rnatsangiz kifoya.
Bizning sharhlarimizda biz allaqachon Internetga kirish uchun o'nlab va yuzlab tariflarni ko'rib chiqishga muvaffaq bo'ldik. Biz Rossiyaning deyarli barcha viloyatlari va yirik shaharlarini quchoqladik. Biz kirish texnologiyalari haqida suhbatlashdik, ammo bu mavzuni 100% oshkor qilmadik. Ushbu sharhda biz FTTx haqida gapirish orqali vaziyatni to'g'irlaymiz. Texnologiya FTTx Rostelekom - Bu optik tolali aloqa orqali yuqori tezlikdagi Internet aloqasi. Keling, u qanday ishlashini va abonentlarga qanday imkoniyatlarni va'da qilayotganini ko'rib chiqaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |