“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR”
MAVZUSIDAGI 23-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
“UzACADEMIA” scientific-methodical journal
69
www.academiascience.uz
MATEMATIKA DARSLARIDA MANTIQIY FIKRLASHGA O`RGATISHDA
TAFAKKUR OPERATSIYALARIDAN FOYDALANISH JARAYONLARI
Jo`rayeva Dilafruz Po`latovna
NamDU Matematik-analiz kafedrasi o`qituvchisi
Jabborov Jo'rabek Ismoilovich,
Kodirova Shoiraxon Asatullayevna
Namangan viloyati Uchqo'rg'on tuman 12- maktab o'qituvchilari
O`quvchi dars mashg`ulotlarini o`zlashtirish jarayonida aqliy operasiyalarning
analiz, sintez,
taqqoslash, abstraksiyalash va umumlashtirish, tasniflash va tizimga
solish asosiy turlaridan o`rni kelganda foydalanadi. O`quv mashg`ulotlarini
o`quvchilar xotirasida uzoq vaqt davomida saqlanib qolishida aqliy operatsiyalarning
hizmati katta.
O`smirlik yoshida fikrlash faoliyatida muhim siljishlar yuz beradi.
Kichik
maktab yoshida erishilgan tafakkur taraqqiyotining darajasi o`smirga fan asoslarini
muvaffaqiyatli va sistemali o`rganish imkonini beradi. O`rganiladigan fanlarning
mazmuni va o`quv kurslari tuzilishining mantiqi bilimlarni o`zlashtirishning
yangi
xarakterini, mustaqil tafakkurga tayanishni talab etadi, abstraktsiyalash va
umumlashtirish, taqqoslash,
mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish, isbotlash
qobiliyati zarur bo`ladi. Biroq,
shuni nazarda tutish kerakki, hamma o`smirlar ham
isbotlovchi tafakkurga osongina o`tavermaydilar.
Umumlashtirilgan va muhokamali tafakkurni taraqqiy ettirish uchun
matematikani o`qitish juda muhimdir. Algebrani sistemali tarzda o`rgana boshlash
umumlashmani umumlashtirish bilan bog`lik bo`lgan yuqoriroq darajasiga o`tishga
yoki ikki baravar abstraktsiyaga o`tishga rag`batlantiradi (arifmetika
predmetidan
soni abstraktsiyalashdir). Geometriyani o`rganish fikrlash, isbot qila bilish, mantiqan
qat‘iy asoslash ko`nikmalarini o`stiradi. Ona tili darslarida esa mashqlar bajarishda
oddiy bir gap berilgan bo`lsin uni gap bo`laklari, so`z turkumlari bo`yicha tahlil
qilishda ham analiz, sintez va boshqa tafakkur operatsiyalidan foydalaniladi. Boshqa
dars mashg`ulotlarida ham osondan murakkabga qarab o`zlashtirish
jarayonlarida
foydalaniladi.
Taqqoslash - ob'yektlar va hodisalarni ular orasidagi o'xshashlik va farqlarni
topish uchun taqqoslash.
Tahlil - bu o'rganilayotgan ob'yekt aqliy (yoki amaliy jihatdan) tarkibiy
elementlarga (
xususiyatlar, xususiyatlar, munosabatlar) bo'linishidan iborat bo'lgan
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR”
MAVZUSIDAGI 23-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
Do'stlaringiz bilan baham: