Milliy g ‘ oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi


Vatanni haqiqiy vatanparvar farzandlar dunyoga tanitadi



Download 4,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/70
Sana10.07.2022
Hajmi4,3 Mb.
#770086
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70
Bog'liq
Vatan tuyg\'usi. 6-sinf (2015, X.Sultonov, M.Qarshiboyev)

 Vatanni haqiqiy vatanparvar farzandlar dunyoga tanitadi.
Vatan tuprog‘i shunday jonkuyar insonlar tufayli ulug‘ va
muqaddas bo‘ladi.
O‘ylab ko‘ring, Oy va boshqa sayyoralarda ham tuproq bor. Lekin
odam yashamagani, hozircha hech kim vatan deb bilmagani uchun u
yerlarni aziz va muqaddas deb aytolmaymiz.
Vatanparvarlik Vatan tuyg‘usini anglashdan boshlanadi.
Bu tuyg‘u insonni Vatan manfaatlari yo‘lida jasorat va qah-
ramonlik ko‘rsatib yashashga undaydi.
!


84
Dunyoda Vatanning ozodligi, ravnaq topishini o‘z hayotining
ma’no-mazmuni deb bilgan insonlar ko‘p bo‘lgan. Aynan ana shunday
insonlar tufayli Vatan tuyg‘usi, vatanparvarlik fazilati odamzot hayotida
eng buyuk qadriyatlardan biri bo‘lib kelmoqda.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining birinchi Prezidenti Jorj Vashington
XVIII asrda Shimoliy Amerikadagi ozodlik harakatlariga boshchilik
qiladi.
O‘sha paytda Amerika Yevropadagi yirik davlatlarga nisbatan ancha
qoloq edi. Bu yerda muntazam armiya shakllanmagan edi. Shunday
bir sharoitda har tomonlama yaxshi qurollangan Angliya armiyasiga
qarshi kurash olib borish oson emasdi. Lekin Vatan ozodligi va
mustaqilligini muqaddas deb bilgan Jorj Vashington murakkab vazifani
amalga oshirishga qat’iy bel bog‘laydi – ozodlik harakatiga rahbarlik
qiladi. Dushman son jihatdan, harbiy ta’minotiga ko‘ra bir necha
barobar ustun bo‘lishiga qaramasdan, Jorj Vashington boshchiligidagi
vatanparvar kuchlar oxir-oqibat g‘alaba qozonadi. 1782-yili Angliya
AQShning mustaqilligini tan oladi.
Vatanparvarlik borasida bizning buyuk bobolarimiz ham har
tomonlama ibratga munosib meros qoldirganlar.
Masalan, jasur ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ul bos-
qinchilariga qarshi o‘n ikki yil davomida uzluksiz kurash olib boradi.
Yov yurtimizga bostirib kirgan paytda Jaloliddin yigirma yoshli nav-
qiron yigit edi. Uning otasi Alouddin Muhammad Xorazmshoh uzoqni
o‘ylamasdan ish tutgani uchun mamlakatning harbiy qudrati susayib,
kuchlar bo‘linib ketadi, buning natijasida uning qo‘shini mag‘lubiyatga
uchraydi. Shohning o‘zi Kaspiy dengizidagi orollardan biriga borib
jon saqlashga majbur bo‘ladi.
Shafqatsiz janglarda ishtirok etolmasligini his qilgan Xorazmshoh
to‘ng‘ich o‘g‘li Jaloliddinni valiahd, ya’ni taxt vorisi qilib tayinlaydi.
Mard va bahodir Jaloliddin o‘z ukalari va 70 nafar otliq askari bilan
yov qurshovida turgan Xorazmning qadimiy poytaxti – ko‘hna Gur-
ganjga kirib keladi. Uni ko‘rib, xalqning ruhi ko‘tariladi. Jaloliddin
Gurganj va Xuroson o‘rtasidagi sahroda o‘zining 70 nafar askari bilan
dushmanning 700 kishilik qo‘shiniga duch keladi va ularni tor-mor


85
keltirib, hozirgi Afg‘oniston hududi-
dagi G‘azni shahri tomon chekinadi.
Chingizxon uning ortidan 45 ming
kishilik qo‘shin yuboradi. Jalolid-
dinning safiga ham vatanparvar
yigitlar kelib qo‘shiladi. Parvon degan
joyda ikki o‘rtada qaqshatqich jang
bo‘ladi. Jaloliddin qo‘shini o‘zidan
bir necha barobar ko‘p bo‘lgan,
yaxshi qurollangan dushman ustidan
g‘alaba qozonadi.
Shundan so‘ng Chingizxon bu
yengilmas sarkarda bilan shaxsan o‘zi
kurash olib bormoqchi bo‘ladi. Sind,
ya’ni «Hind daryosi bo‘yidagi jang»
degan nom bilan tarixda qolgan bu
to‘qnashuv 1221-yil 24-noyabrda
bo‘ladi. Chingizxon son-sanoqsiz
askari bilan qora quyundek yopirilib
kelar edi. Lekin yosh sarkarda o‘zini
yo‘qotmasdan, mardona jangga oti-
ladi. Dushman uning o‘ng va so‘l
qanotidagi kuchlarni yorib o‘tadi.
Jaloliddin bor-yo‘g‘i 70 nafar saralangan askari bilan o‘rtada qolib
ketadi. U sher kabi goh o‘ngga, goh so‘lga tashlanib, yov lashkarini
yer bilan yakson qiladi. Mo‘g‘illar esa uning atrofini o‘rab olgan holqa
tobora siqib kelaveradi.
Aytishlaricha, o‘sha paytda mard va shijoatli Movarounnahr far-
zandining ruhini sindirish uchun Chingizxon uning 7–8 yasharlik
o‘g‘lini tutib olib qatl ettiradi. Jaloliddin dushman qo‘liga asir tushmaslik
uchun so‘nggi soniyalarda oilasining oldiga kelib, o‘z farzandlari bilan
xayrlashadi. Keyin yana yovga tashlanib, ularni chekinishga majbur
qiladi va qirg‘oqqa borib, pishqirib oqayotgan daryoga ot soladi va
undan shamoldek yelib o‘tib ketadi. O‘sha zahotiyoq qirg‘oqqa yetib

Download 4,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish