q
o‘llab-quvvatlanadi (Konfutsiylik va boshqa ta’limotlarda ham bu g‘oya katta o‘rinni tutadi).
«Avesto»ning yozilishi jihatidan keyingi davrga mansub fikrlarda, masalan,
chorvadorlar hamkori Yim t
o‘g‘risidagi afsonada «oltin asr»dagi mol-qo‘ylarning mo‘l-ko‘lligi
haqida s
o‘z yuritiladi. Yimning xizmati ulug‘lanib, kuchli sovuq, qor va suv to‘fonidan
hayvonlar va odamlarni qutqarish uchun
«varu» (qo‘rg‘on) qurdirib, unga suv o‘tkazadi,
mayda va yirik mollar, odamlar, it, qush, barcha
o‘simliklar urug‘i va yonib porlab turgan
olovni keltiradi. Odamlar uchun turar joy, hayvonlar uchun molxonalar qurilgani aytiladi.
«Avesto»ning 3-bobi (fargard) «Vandidot» bo‘lib, nisbatan keyingi davr voqealarini
aks ettiradi, unda asosan dehqonchilik va dehqon mehnati ulu
g‘lanadi (avvalgi boblarda
chorva yetakchi edi). Endilikda k
o‘proq ekin ekiladigan, don, o‘t, mevali ekinlar
o‘stiriladigan, suvsiz joylarni sug‘oradigan, suvi ortiqcha yerlar quritiladigan (sug‘orish bilan
birga zax qochirish) joylar maqtaladi, hatto yerlarga k
o‘p go‘ng solinishi, buning uchun esa
k
o‘proq kichik va katta qoramollar boqish tavsiya etiladi. Bunda juda katta tabiiy mantiq
borligi aniq k
o‘rinib turibdi.
Kitobning bu bobida dehqonchilik va ayniqsa don ekish,
g‘allakorlik ulug‘lanadi.
Aholini qunt bilan don yetishtirishga undaladi, hatto
g‘allakorlar ý’tiqodni olg‘a suruvchilar
deb talqin etiladi
. «Dehqonchiliksiz mo‘l-ko‘lchilik yo‘q», degan aqida ilgari suriladi
(
fiziokratizm ta
’limotiga o‘xshash
). «Kimda-kim zaminni chap va o‘ng qo‘l bilan, o‘ng qo‘l va
chap q
o‘l bilan shudgor qilsa, zamin unga farovonlik baxsh etadi. U go‘zal va pokiza qizga
o‘xshaydi. Bu qiz er xonadoniga kirib borib, o‘z to‘shagidan halol yostiqdoshiga farzandlar
tu
g‘ib beradi. Zamin ham mo‘l-ko‘l mevalarini in’om etadi», deyilgan, bunda yerni tobora
madaniylashtirish va undan k
o‘proq naf olishi haqida gap boradi.
X
o‘jalikning barcha tarmoqlari orasida g‘allakorlikka eng yuksak baho beriladi.
Zoroastrizm qashshoqlikni y
o‘qotish yoki unga yo‘liqmaslik uchun ziroatchilikini
rivojlantirish, yangi yerlarni ochish b
o‘yicha faol siyosat olib borish kerakligini uqtiradi.
Ammo inson yerni tashlasa, unga qaramay q
o‘ysa, unday odam o‘zgalar eshigi oldida
turgan doimiy gadoyga aylanadi, deyilgan bu kitobda.
Asketizm t
o‘g‘ridan-to‘g‘ri qoralanadi, chunki bu odat yomonlik bilan kurashda
insonning kuch-qudratini susaytiradi. Ovqatni kam iste
’mol qilgan odam na din, na xo‘jalik
ishlari, na farzand k
o‘paytirish faoliyati bilan kerakli darajada shug‘ullana olmaydi; insonlar
sonini k
o‘paytirish ham muhim vazifa deb belgilangan, chunki farzandlar oila boyligini
k
o‘paytiradi, Yaxshilik g‘alabasiga ko‘maklashadilar. Bu g‘oyalarning ahamiyati hozirgi
kunda ham juda muhimdir.
Bu din hozirgi Markaziy Osiyo, ayniqsa Qadimgi Eronda keng tarqaldi, davlat diniga
aylandi. M.a. VI-V asrlarda Dariy I podsholigi yillarida Eronda, keyinchalik boshqa
davlatlarda tarqaldi. Islom dinigacha b
o‘lgan davrda respublikamiz aholisining asosiy qismi
bu dinga e
’tiqod qilgan, uning ayrim qoldiqlari hali ham qayd etilib turadi (kelin-kuyovlarni
olov atrofida aylantirish, vafot etganlarga chiroq yoqish va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: