16- mavzu. Qadimgi dunyo iqtisodiy g‘oyalari Qadimgi sharqdagi iqtisodiy g‘oyalar. Qadimgi Hindistondagi iqtisodiy



Download 390,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana10.07.2022
Hajmi390,34 Kb.
#769469
1   2   3   4
Bog'liq
16-мавзу

 
2.Qadimgi Hindistondagi iqtisodiy 
g‘oyalar 
Qadimgi Misrdan farqli ravishda Mesopotamiyada xususiy mulkchilik va tovar-pul 
munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakterlidir. Inson shaxsi ozodligining kafolati 
y
o‘q bo‘lgan o‘sha sharoitda qarzdor qulchilik xo‘jalik rivojiga olib kelar edi. Bunday 
jarayonlar soliq t
o‘lovchilar va harbiylardan ajralib qolishi mumkin bo‘lgan davlatning 
kuchsizlanishiga olib kelgan.
Saqlanib qolgan yodgorliklarda, yozma qonunlarda iqtisodiy 
g‘oyalar ham mavjud, 
unda mustaqil ishlab chiqaruvchilarning huquqlarini himoya qilish, tartibga solish b
o‘yicha 
muhim fikrlar berilgan. Eramizdan avvalgi XVIII asrda Bobil (Vavilon) da (m.a.1792-1750 


yy.) podsholik qilgan Xammurapi (ba
’zi manbalarda Xammurabi) qonun to‘plamlari (jami 
282 ta) diqqatga sazovor (m.a.1760 y.).
Xammurapi
qonun t
o‘plamlari 
Bu t
o‘plam 1901-1902 yy. Suza shahri qoldiqlarini arxeologik qazish paytida 
topilgan. Toshga 
o‘yib yozilgan muhim va qadimiy, tarixiy huææatni tahlil qilish shuni 
k
o‘rsatadiki, mavjud davlat sinfiy va sotsial jihatdan ancha mukammal ajralgan. Biz uchun 
ayniqsa mulkchilik va unga egalik shakllari muhimdir. Qonunda 
«kuchlilar zaifroqlarni 
cheklamasligi kerak
» degan qoida bor. Masalan, qarzdorligi uchun podsho jangchilari va 
boshqa aholining yerlarini sotish yoki tortib olish man
’ etilgan. Sudxo‘rlik faoliyati 
cheklangan, uning miqdori pulda 20, mahsulotda 33 foizdan ortiq b
o‘lmasligi kerak.
Asosiy maqsad ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq x
o‘jaligini rivojlantirishni 
q
o‘llab-quvvatlash bo‘lgan, ya’ni mehnatsiz daromad topishga qarshi kurashilgan. Qarzni 
qarz hisobiga uch yildan ortiq ushlab turish mumkin b
o‘lmagan. Umuman, xususiy 
mulkchilik, shu jumladan yerga ham tan olingan. Birovning xususiy mulkiga k
o‘z olaytirgan, 
unga zarar yetkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan. Bu qonunlar t
o‘plami davlatning 
mamlakatni iqtisodiy boshqarish sohasidagi dastlabki tajribasini k
o‘rsatadi. Oqibatda shu 
davrda mamlakat ham siyosiy jipslashdi, ham iqtisodiy ravnaq topdi.
Qadimgi Hindistonning 
«Manu qonunlari»da (m.a. IV-III asrlar) ijtimoiy mehnat 
taqsimotining, hukmronlik va b
o‘ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi.
Hindistondagi iqtisodiy 
g‘oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik «Artxashastra» 
(m.a. IV-III asrlar orali
g‘ida)dir (tom ma’nosi bo‘yicha ifoda, amaliy hayot to‘g‘risidagi fan, bu 
asar m.a. III-II asrlarda t
o‘ldirilgan).
Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u Chandragupta I podsholigi davrida 
podsho maslahatchisi Kautile Bishnugupta tomonidan yozilgan degan fikr bor). Unda 
qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib q
o‘yilgan. Qulchilik eng past tabaqalarga xos 
narsa deb sanaladi. Bu asarda 
«buyumning qiymati» muammosi ko‘tarilgan, qiymat miqdori 
«ish kunlari» bilan belgilangan, rag‘batlantirish esa mehnat natijalariga mos ravishda 
belgilanishi kerak, deyilgan.
Bu asarda davlatni boshqarish b
o‘yicha takliflar berilgan bo‘lib, bir qancha iqtisodiy 
g‘oyalar ham ilgari surilgan. Masalan, unda mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy 
qiymati 
o‘rtasidagi farq aytilgan. Tovarga bo‘lgan ehtiyoj ortganda, uning bahosi qiymatdan 
oshib ketishi mumkin, deyilgan. Savdo bilan shu
g‘ullanuvchilarga alohida urg‘u berilgan 
b
o‘lib, foyda masalasi ko‘tarilgan, foydaning miqdori tovar bahosiga (boshqa xarajatlar 
qatorida) q
o‘shilib, mahalliy mahsulot uchun 5, chetdan kelgan tovarlar uchun 10 foiz 
(import 
o‘sha davrda ham afzal) qilib belgilangan.
Davlatning iqtisodiy ishlarga aralashuvi q
o‘llab-quvvatlangan. Qishloq xo‘jaligiga 
alohida e
’tibor berilgan, bo‘sh yerlar xalqqa bo‘lib berilishi va soliq to‘lash zarurligi, 
su
g‘orish inshootlari qurishga e’tibor haqida so‘z yuritiladi. Umuman, davlat mamlakatning 
ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishi kerak, degan 
g‘oya markaziy o‘rinni egallaydi. 
(Hozirgi davrdagi J.M.Keyns va institutsionalizm tarafdorlari fikri bilan mos.)
Moliya sohasida daromad soli
g‘iga katta e’tibor berilgan. Davlat ba’zi ishlarni 
rivojlantirishi uchun moddiy va ma
’naviy yordam berishi kerak, deyilgan. Mahsulotga baho 
belgilash, davlatning boyishini ta
’minlash (foydani oshirib, sarf-xarajatni kamaytirish), 
hisob-kitobni tartibga solish, har xil 
o‘g‘irliklarga qarshi kurashish kerakligi belgilangan. Shu 
tamoyillarni amalga oshirish tufayli jamiyatdagi norozilik, tengsizlik y
o‘qoladi, deyilgan.

Download 390,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish