2.1-jadval
MateriaBar nomi
Sindirish
ko‘rsatkichlari,
/ r
Yorug‘likning turli
materiallardagi tezligi,
km/sek
Vakuum
1,0
300 000
Havo
1,0003(1)
300 000
Suv
1,33
225 000
Kvars
1,46
205 000
Shisha
1,5
200 000
Olmos
2,5
120 000
Tashqi p la slik qoplam a
2.2. Optik tola turlari va ularning tavsiflari.
Bir modali va ko‘p modali optik tolalar. Pog‘onali,
gradiyentli va maxsus sindirish ko‘rsatkichIi optik tolalar
T o‘lqin uzunligiga nisbatan o ‘zak diametriga bog‘liq ravishda
optik tolalar bir modali va ko‘p modaliga bo‘linadi. Bir modali
optik tolalarda ko‘pincha o ‘zak diametri 7 — 10 mkm (2.3-a rasm),
ko ‘p modali optik tolalarda esa 50 — 62,5 mkm (2.3-b rasm) bo‘ladi.
Ikkala turda qobiq diametri 125 mkm ni tashkil etadi. Amaliyotda
ko‘p modali va bir modali optik tola diametrlarining boshqa qiy-
matlari ham mavjud. Bir modali optik toladan faqat bir m oda
46
www.ziyouz.com kutubxonasi
(yorug‘lik tashuvchi) uzatiladi. K o‘p modali optik toladan esa
apertura burchagi doirasida tolaga turli burchaklar ostida kiritiladigan
bir necha yuzlab ruxsat etilgan m odalarni b ir vaqtda uzatish
mumkin. Barcha ruxsat etilgan modalar turli tarqalish yo‘nalishi
va vaqtiga ega.
K o‘p modali optik tolalar sindirish ko‘rsatkichi ko‘rinishi bo‘yi-
cha pog‘onali (2.4-a rasm ) va gradiyent (2.4-b rasm) [14] tolalarga
bo'linadi.
Pog‘onali sindirish ko‘rsatkichli ko‘p modali optik tolalar ikki
muhit chegarasida sindirish ko‘rsatkichlarining keskin (pog‘ona
ko‘rinishida) o ‘zgarishi
(n^
dan
n2
ga) bilan xarakterlanadi. Pog‘onali
sindirish ko‘rsatkichli optik tolalar o ‘tkazish polosasini chegaralaydi,
lekin gradiyent sindirish ko‘rsatkichli optik tolalarga nisbatan arzon
hisoblanadi.
G radiyent sindirish ko ‘rsatkichli ko‘p m odali optik tolalar
pog‘onali sindirish ko‘rsatkichli tolalarga qaraganda ravon sindirish
ko‘rsatkichi va modalararo dispersiyaning kamayishi bo'yicha yuqori
texnik ko‘rsatkichlarga ega. Chunki gradiyent sindirish ko ‘rsatkichli
optik tolada modalarning tarqalish tezligi (dispersiyasi) bir-biridan
juda ham katta farq qilmaydi. Dispersiya impulslarning kengayib
ketishi va uzatilayotgan signallarning buzilishiga olib keladi. Shuning
uchun hozirda gradiyent sindirish ko‘rsatkichli ko‘p m odali optik
tolalar keng tarqalgan.
Gradiyent sindirish ko‘rsatkichli ko‘p modali optik tolalarning
eng asosiy kamchiligi ularning qimmatliligi va ishlab chiqarishning
murakkabligidir.
K o‘p modali optik tolalarda m odalararo dispersiya o ‘tkazish
polosasi va aloqa masofasini chegaralaydi. Shuning uchun ko‘p
modali optik tolalar, asosan, lokal tarm oqlarda va nisbatan past
tezlikli raqamli TOAT signallarini uzatishda ishlatiladi.
Bir m odali optik to lalard an m agistral aloqa tarm o q larid a
foydalaniladi. C hunki b ir m odali optik to lalard a m odalararo
dispersiya yuzaga kelmaydi, shuning uchun signallar ko ‘p modali
rejimga qaraganda kam buzilish bilan uzatiladi. Y a’ni, bir modali
optik tolalardan foydalanish o ‘tkazish qobiliyatini oshiradi, lekin
uzatuvchi qismda birm uncha qim m at b o ‘lgan lazer diodlardan
foydalanish talab etiladi.
47
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |