130
IV BOB. MATEMATIK STATISTIKA
ELEMENTLARI
Ushbu bobda matematik statistikaning obyekti, predmeti, vazifa-
lari, matematik statistikaning asosiy masalalari, bosh to‘plam, tanlanma
to‘plam va uni hosil qilish usullari, variatsion qator, gistogramma va
poligon, empirik taqsimot funksiyasi kabi ba’zi ma’lumotlar bayon
etiladi.
1-§. Matematik statistikaning asosiy masalalari
1.1. Bosh to‘plam, tanlanma to‘plam va uning hosil qilish
usullari. “Statistika” so„zi lotincha so„zdan olingan bo„lib, holat, vaziyat
degan ma‟noni anglatadi va u tabiat hamda jamiyatda sodir bo„layotgan
ommaviy hodisalarni o„rganadi. Matematik statistikaning asosiy vazifasi
statistik ma‟lumotlarni to„plash, ularni tahlil qilish, baholash usullarini
ishlab chiqish va ular asosida tegishli xulosalar chiqarishdan iborat.
Hodisalarni matematik statistika usullari bilan o„rganish, baholash fan
va texnika uchun dolzarb bo„lgan juda ko„p masalalarni oydin-
lashtirishga muhim omil bo„lib xizmat qiladi.
Ayrim xususiyatlariga ko„ra tekshirish lozim bo„lgan bir jinsli
obyektlarni bir guruhini olaylik. Masalan, biror kasallikka qarshi
preparatni samaradorligi aniqlanyapti. Bunda nazorat uchun obyektlarni
hammasini yoppasiga tekshirish mahsulotni isrof bo„lishiga, ko„p vaqtni
va sarf-xarajatlarni sarflashga olib keladi. Yana bir misol sifatida
aholining biror so„rovnomaga munosabatini aniqlash va zarur
ma‟lumotlarni yig„ish masalasini olaylik. Optimallikni hisobga olib,
bunday hollarda kerakli ma‟lumotlarni olish uchun tanlanma so„rovlar
o„tkaziladi. Tekshirishning bunday usuli
tanlanma usul deyiladi.
Statistik tahlil qilish uchun tasodifiy tanlab olingan to„plamga
tanlanma
to‘plam deyiladi. Tekshirilayotgan alomati bo„yicha o„rganilayotgan
barcha obyektlar to„plami
bosh to‘plam deyiladi. Bosh to„plam yoki
tanlanma to„plamdagi barcha obyektlar soni uning
hajmi deyiladi.
Odatda, bosh to„plamning hajmi
, tanlanma to„plamning hajmi harfi
bilan belgilanadi. Masalan, agar 1000 ta mahsulotni sifatini tekshirish
uchun 10 ta mahsulot tanlab olinsa, bosh to„plamning hajmi
,
132
Bosh to„plamdagi obyektlar o„zaro kesishmaydigan seriyalarga
ajratilgan bo„lib, tanlanma bir necha seriyadan iborat bo„lsa, bunday
tanlanma
seriyali tanlanma deyiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan
misolda 2 ta litsey tanlab olinib, ularning o„quvchilari tekshirilsa, bunda
seriyali tanlanmaga ega bo„lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: