45
kitoblarda muqaddas sahifalar qayta-qayta takrorlashni, to‘g‘ri tasvir
etishni, hamma vaqt sharhi qiyin so‘zlarni hijjalab o‘qishni taqozo etadi.
CHunki ana shu holdagina odamzotning ezgu niyatlari, oliy ma’naviy-ruhiy
iltijolari parvardigorga etib boradi”.
Asarda din va fan masalasini Bahrom SHayx ota juda chiroyli bir
alpozda sharhlab beradi. Uning fikricha, aslida din fandan kuchliroq, undan
qadimiyroq ham. Gap shundaki, fan koinotda kechadigan jarayonlar va ularni
boshqarish qonunlarini kashf etgan. Bu katta yutuq, albatta, fan koinot
kelajagini ham oldindan bashorat qiladi va aynan shunday bo‘lishi kerak,
degan xulosa yasaydi. Dunyoning ishlarini Xudoi taola o‘zgartirishi yo
teskari tomon yo‘naltirishi mumkin degan fikrni eshitiboq materialist
olimlarning fig‘oni ko‘kka o‘rlaydi. CHunki, bunday vaziyat ana shu «shak»
keltirib bo‘lmaydigan qonunlarga zid kelar va shu tariqa koinotni ilmiy
tushunishning asoslarini inkor etadi.
Bunday fikrlar bilan tanisha borgan sari ruhingiz yorishib, qalbingizda,
butun borlig‘ingizda ajib bir his tuya boshlaysiz. Va Xudo, iymon, e’tikod
tushunchalarining naqadar muqaddasligini teranroq anglay boshlaysiz. Tabiat
qonunlari Xudoning mavjudligi va uning Koinot ishlariga aralashishi
mumkinligini inkor etadi,- degan xulosa aslida hozirgi olimlardan chiqqan.
Ammo moziyning buyuk faylasuf va allomalaridan koinot manzarasida
Xudoning o‘rni qaerda deb so‘ralsa, ular bu savolga o‘z shaxsiy
dunyoqarashlaridan kelib chiqib, turlicha javob qaytarganlar. Masalan,
Laplasga uning kosmogoniyasida, o‘zining aytishicha, Xudo kerak emas edi.
Kant esa uning o‘rni bor ekanligini tan olgan... Fyodorovda Xudo - Koinot
yaratuvchisi, xullas, dunyo silsilasida kimki Xudoni kalban ko‘ra olsa, o‘sha
zot uchun u mavjud.
Asad bir o‘rinda shunday deydi: «Din ham, fan ham aslida bir maqsad
sari, ya’ni dunyoni va o‘z-o‘zini bilish uchun intiladi. Xudojuy Eynshteyn
46
ham «Fan dinsiz ko‘r, din fansiz cho‘loq», - degan ulug‘ fikrga men endi
tushunib etkandayman»...
12
Aslida ham shunday, sharqda bu narsa azaldan haqiqat bo‘lgan.
Iloxiyot va fan o‘zaro uyg‘unlikda ish ko‘rgan. Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino
kabi buyuk bobolarimiz o‘zlarining har bir o‘lmas asarini Parvardigorga
hamdu sano o‘qish bilan boshlagan. Bu ularga olamning jahonshumul
qonuniyatlarini kashf qilishda qo‘l kelgan.
«Parvardigorning erdagi ongli hayotga ilk aralashuvi, uning Odam
Atoni tuproqdan, Momo Havoni qobirg‘odan yaratganidan boshlanadi...
Hozirgi fan tuproqda inson a’zolarida mavjud jami moddalar borligini,
odamzotning har bir to‘qimasidan esa mutlaqo o‘zga bir insonni bunyod
etish mumkinligini nazariy va amaliy isbotlab berdi».
13
Ko‘ryapmizki, bu erda fan va din o‘zaro zid emas, balki bir-birini
to‘ldiryapti. Bunda din - asotir, afsona, rivoyat yordamida ish tutsa, fan-aniq
ilmiy usullarni qo‘llayapti.
Hamma davrlarda, ayniqsa, so‘nggi davrlarda fan darg‘alarining bir
qismi bo‘lgan: ya’ni nimaga aqli etmasa, qaysi masalani echishga qo‘li
kaltalik qilsa, o‘shani dialektik moddiyunchilikka zid deb, inkor qilavergan.
Bu borada Gerbert Spenser ismli fransuz allomasi juda o‘rinli qilib:
«Bashariyat uchun fandagi rivojlanishga tusiq buluvchi eng havfli omil-har
qanday yangilikni avval qoralab, keyin tadqiq etishdir»,
14
-deb yozgan edi.
Biz fan paydo bo‘lgunga qadar deb hisoblaydigan ko‘hna dunyoda ham
o‘ziga yarasha ilmiy bilimlar mavjud edi. SHuning uchun ham odamlar ilmga
tayanib payg‘ambarimiz ko‘rsatgan turli mo‘‘jiza va karomatlarga dastlab
ishonmagan.
12
Шайхов Ҳ. Туташ оламлар, Тошкент, 1996, 152-бет
13
Шайхов Ҳ. Туташ оламлар, Тошкент, 1996, 152-бет
14
Шайхов Ҳ. Туташ оламлар, Тошкент, 1996, 155-бет
47
«Ilmi ilohiy, ilmi kalom, ilmi g‘ayb, tasavvuf, okkultizm, antroposofiya,
oxirzamonshunoslik singari mo‘‘tabar diniy ta’limotlarni o‘ziga qamrab
olgan ilog‘iyat ilmi shu qadar ulkan va sermiqyos sohaki, ularni to‘kis tadqiq
etish uchun butun bashariyatning ham umri etmaydi. Deylik, hamma
asrlarda duo va duoibad shunday qudratli kuchga ega bo‘lganki, uning
yordamida istasa, odam o‘ldirilgan. Bularni hozir kim o‘rganiyapti?» -deydi
yozuvchi bir qahramon tilidan.
15
Umuman, «Tutash olamlar» keng ko‘lamdagi rang-barang mavzular
atrofida qiziqarli bahs yuritadi va o‘quvchi qalbining eng nozik torlarini
chertib, uni mushohadaga chorlaydi. Dinning yuksak rolini e’tirof etish bilan
birga, diniy dunyoqarash tafakkurning, insonning o‘zini o‘rab turgan
dunyoga, o‘zi kabi odamlarga munosabatining yagona usuli bo‘lmaganligini
ham ta’kidlaydi.
Umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish va avloddan
avlodga etkazishda diniy va dunyoviy ilmlarning rolini alohida e’tirof etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: