43
o‘zining kuchli ta’sirini o‘tkazar edi. Ehtimol, bugungi yoshlarimiz bilmas,
lekin nisbatan yoshi ulug‘roq odamlar u paytlardagi har turli siyosiy axborot
va o‘qishlar, mashg‘ulotlar, leksiya va ma’ruzalarni yaxshi eslaydi. Matbuot,
radio-televidenie, adabiyot va san’atning ham bor e’tibori shu masalaga -
odamlar ongida bo‘shliq paydo bo‘lmasligiga qaratilgan edi. Boshqacha
aytganda, bu tizimning yagona maqsadi – shu rejimga kerak bo‘lgan
mafkurani kishilar ongiga zo‘rlik bilan singdirishdan iborat edi».
11
Aslida esa, Islom-Ovrupa, Lotin Amerikasi, Avstraliya va boshqa
qit’alar tafakkurini kunba-kun o‘ziga jalb etayotgan va mistik fikr, nozik
falsafa va nafis she’riyat taraqqiy etishiga omil yaratgan buyuk madaniyat
negiziga qurilgan ruhiy-ma’rifiy ta’limot edi. Kommunistlarning islomdagi
har qanday ma’rifatli bo‘lgan odam ongi uchun tushunarli bo‘lgan va nafaqat
ma’naviy omillar, balki mavhum fikrlash tarzi va xayrli niyat rag‘bati
ko‘zgusidagi yuksak madaniyatni ko‘rmasliklari mumkin emas edi. Ayni shu
narsa ularga tinchlik bermas, ayrish mumkinki, jazavaga solardi. CHunki
kommunistlar kuch, zo‘ravonlik va qurol vostasida saqlab kelayotgan,
cheklanmagan imtiyozlarga ega hokimiyatga kimdir da’vogarlik qilishi
mumkin bo‘lsa, bu avvalo Islom va uning fozil ulamo va hukamolari edi.
Million-million odamlarning ongini «zaharlab» kommunistik diktaturaga
qaqshatqich zarba bera olishga qodir eng xavfli kuch ham ana shular edi. Illo,
kommunizm homiylariga tarixiy yilnomalardan yaxshi ma’lumki, o‘tmishda
Islom Muhammad payg‘ambar atalmish bir oddiy «cho‘pon» shaxsida buyuk
sivilizatsiya o‘chog‘i bo‘lmish butun arab dunyosini bir bor zabt etgan va
bashariyatni
«jaholat
botqog‘iga
botiruvchi»
bu
tarixning
yana
takrorlanmisligiga hech qanday kafolat yo‘q edi.
11
Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт — пировард мақсадимиз.
www.ziyouz.com
кутубхонаси 24-15 бетлар
44
Vaholanki, kommunistlar hamma vaqt bir narsani e’tiborlaridan soqit
qilib kelishgan. Islom ta’limotida haqiqiy musulmon har qanday
hokimiyatdan tashqaridagi shaxs. U faqat Parvardigorning quli, o‘z hayotini
xudo «ishiga» bag‘ishlagan insondir. Uning uchun hozirgi vaqt va kelajak
vaqti, kechasi va kunduzgi vaqt bir xil qimmatga ega. Musulmon odamning
jami g‘animlari har qancha yuzsizlik bilan uning makoniga bostirib kirishi,
e’tikodi timsollarini yakson qilishi, musulmon ayollarining yuzlaridagi hayo
pirdalarini yulqib tashlashlari mumkin - bular bari uning azaliy dunyoqarashi
va nuqtai nazariga hech qanday putur etkaza olmaydi. U boshqa o‘lchovdagi
vaqtda yashaydi va uning vaqtiga, oyoq osti bo‘lgan an’anaviy tarix
yo‘nalishiga kirishning ikki yo‘li bor: -bu yo ruhan islomni qabul qilish, yo
uning qadriyatlari va madaniyatini chin dildan tan olishdir. O‘zgacha bo‘lishi
mumkin emas. Bu tushunchalar haqida munozaraga kirishmagan holda
e’tiborni yana asar qahramoniga qaratmoqchimiz.
Mana shularning barini dildan his qilgan Asad oliy bir maqsadga qo‘l
uradi. Bu olamdagi jami dahriylarga Koinot oliy tafakkuri ya’ni Ollohi taolo
chindanam mavjudligini ta’limoti asosida isbotlab berishga jazm etadi. Ilmiy
ishida islom olamining katta bilimdoni, ajdod-avlodi, aziz avliyo-
anbiyolaridan sanalmish o‘z dadasi Bahrom SHayx ota katta yordam beradi.
Bir-biridan dilbar, biri biridan shirin uch opa-singil esa jannatiy
buvalari bilan to‘g‘rirog‘i, buvalarning ruhlari bilan uchrashib so‘zlashib,
yo‘l-yo‘riq olib turishadi. SHayx Tohir buva, shayx Xoja buva, Tilla shayx
buvalari tez-tez ularni yo‘qlab koinot sir asrorlaridan voqif kilishardi.
SHunday tashriflaridan birida sinovlardan, qiyinchiliklardan cho‘chimaslikni,
qismatdan nolimaslikni ta’kidlashar ekan, shayx Xoja Asror bobo shunday
deydi: “-Ona qizim, bu olam shunday murakkab, jumboqqa yo‘g‘irilgan
Do'stlaringiz bilan baham: