Har ishki qilmish odamiyzod,
Tafakkur birla bilmish odamiyzod.
Zero, inson aql-zakovati, bilimi oldida har qanday tilsim, sehr-jodu ojizdir.
«Sa’ban sayyor» ishqiy sarguzasht dostondir. U o‘z kompozitsiyasi
bilan «Xamsa»ning boshqa dostonlaridan tubdan farq qiladi. Bu doston
«hikoya ichida hikoya» usulida yaratilgan. Doston Bahrom va Diloram
haqidagi qoliplovchi hikoya va shu hikoyaning kompozitsion silsilasiga
bog‘langan etti mustaqil hikoyadan iborat. Dostondagi etti sayyoh tilidan
aytilgan Navoiy hikoyalari tamomila yangi hikoyalar bo‘lib, ular xalq og‘zaki
ijodi asosida yaratilgan. Ular sevgi va vafo, do‘stlik va sadoqat, himmat va
sahovat, mardlik va qahramonlik, donishmandlik va ijodkorlik kabi
xislatlarga bag‘ishlangan. Ularda real hayot lavhalaridan tortib fantastik
manzaralarga qadar, oddiy turmush voqealaridan tortib kishini esankiratuvchi
hayotiy sarguzashtlar ham bor.
Dostondagi uchinchi hikoyada fantastika ustivorlik qiladi. Sa’d
hikoyasi syujeti va kompozitsiyasi bilan ham obrazlari va g‘oyaviy motivlari
bilan ham boshqa hikoyatlardan farq qiladi.
Sa’d og‘ir shartlarni, dahshatli to‘siqlarni engib, sinovdan o‘tib,
sevgilisining visoliga erishgan jasoratli botir yigitdir. U hayotning va inson
toleinning ashadiy dushmoni bo‘lgan ko‘chlarni mavh etadi, tilsimlarni
ochadi, danishmandning mushkul savollariga aql va farosat bilan javob
beradi. SHu bilan birga, u SHahrisabz shohining begunoh kishilar qonini
to‘kilishga chek qo‘yadi. Qahramonlik va jur’at dahshat va razolatni, tadbir
va tafakkur hiyla va jaholatni engadi.
16
Hikoyadagi dev Qatron va jodugar Zol yomonlikning majoziy
obrazidir, mo‘ysafid (Palyakus hakim) esa, fikr-qarashlaridagi ayrim
elementlarga qaramay, aql va tafakkurning tajassumidir.
«Sab’ai sayyor» dostonining yakunidagi Bahromning butun arkoni
davlati bilan er qa’riga tortib ketishi tasvirida fantastik ifoda yotsa ham biroq,
unda hayotiy ma’no mohiyat bor. Zero Navoiy aytmoqchiki, inson tabiatga
ozor etkazsa, tabiat undan uch oladi.
«Saddi Iskandariy» dostoni jahon adabiyotida birinchi ijtimoiy va ilmiy
fantastik asar desak yangilishmaymiz. Bu dostonda fantastika yordamchi
element sifatida ishtirok etsa ham, biroq asarning g‘oyaviy mavzu tuzilishida
g‘oyat katta rol o‘ynaydi.
Navoiy Iskandar obrazini ideal shoh timsoli sifatida yaratar ekan, uning
harbiy yurishlarini tasvirlashni bosh maqsad qilmaydi. Balki Iskandarii olam
yaratilishining sir asarlarini bilishga intiluvchi, markazlashgan ideal davlat
tuzush yo‘lida turli-tuman ijtimoiy va ilmiy muammolarni echishga intiluvchi
hukmron sifatida tasviirlaydi.
«Saddi Iskandariy» dostoni ilmiy-fantastik xarakteridagi epizodlar
bilan to‘lib-toshgan. Xususan, Iskandarning suv osti olamini bilishga,
o‘rganishga bo‘lgan intilishi buning yorqin dalilidir. Sukrot boshchiligidagi
suv osti olamiga sayohatda Iskandar daryolarning uzunligini o‘lchashni
hamda suv osti olami to‘g‘risida qaydlar yozib borishni buyuradi. Iskandar
suv osti olamini ko‘rish uchun oynadan yasalgan shar shaklidagi maxsus
asbobni yasashga Suqrotni jalb etadi. U tayyor bo‘lgandan keyin 100 kun suv
osti olamini tomosha qiladi. Navoiy zamonasida bunday episod tasvirini faqat
xayolot oxami tasviri bilan berish mumkin edi.
SHuningdek, dostonda Navoiy xayoloti bilan yaratilgan «suzuvchi
orol» epizodi ham bor. Iskandar eng zo‘r kema yasovchilarni yig‘ib, 3 mingta
kema yasashni va shu bilan «suzuvchi» shahar barno qilishni buyuradi.
17
To‘g‘ri, bizning zamonomiz odamlarini bunday hodisa bilan hayratga solib
bo‘lmaydi. Biroq, Navoiyning asarlaridagi fantiztik epizodlar, voqealar,
uydirmalar o‘zining real zaminiga ega edi.
«Sa’ddi Iskandariy» keskin konflikt kurash va to‘qnashuvlar asosiga
qurilgan dostondir. Dostonning deyarli har bir bobi o‘ziga xos konfliktga ega.
Biroq, dostonning deyarli barcha konfliktlarini jamlovchi umumiy konflikti
ham bor. Bu adolat bilan zulm, yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi
kurashdir. Qirvon o‘lkasida ya’muj va ma’jutlarga qarshi kurash-konfliktning
cho‘qqisidir.
Bu
konflikt
-
turli
o‘lka
farzandlarining
Iskandar
boshchiligidagi sa’d - devor qurishi bilan echiladi, insoniyat zulmat va
dahshat hamlasidan abadiy najot topadi.
Navoiy «Sa’ddi Iskandariy»da real hayot lavhalarini, tabiat
manzaralarini qanchalik mohirlik bilan tasvirlasi, fantastik manzaralarni,
afsonaviy mahluqlarni, g‘aroyib voqealarni ham shunchalik san’atkorlik bilan
chizadi. Mag‘rib va Qirvon tasviri, u erdagi voqealar, dengiz safari va
ajoyibotlari shular jumlasidandir. «Sa’diy Iskandariy»da realistik tasvir bilan
badiiy fantaziya ko‘pincha bir-biri bilan uzviy bog‘lanib boradi, shoir
romantik, fantastik tasvirdan realistik xulosa chiqaradi. Masalan, ya’muj va
ma’jmunlarga qarshi kurash romantik tasvir bilan berilgan, lekin shoir bundai
realistik xulosa chiqarib, agar kishilar ahil-ittifoq bo‘lsa, zulm va zulmat
yo‘llarini o‘tib bo‘lmas g‘ov bilan to‘sishi mumkin degan fikrga keladi. YOki
dengiz tasvirini olaylik. Bu tasvir qanchalik fantastik bo‘lmasin, uning
mohiyatida insonning aql-zakovati tabiat sirlarini kashf qilishga qodirdir,
degan real maqsad va ishonch bor.
Ma’lumki, xalq og‘zaki ijodi, Navoiy asarlari keyiingi davr o‘zbek
adabiyotining takomilga kelishida katta zamin o‘ynadi. To‘g‘rirog‘i, uning
ta’mal toshlarini qo‘ydi.
18
Jadid adabiyoti va milliy uyg‘onish davri adabiyotida fantastika o‘ziga
xos bir tarzda rivojlandiki, uning asosini yozuvchilar asflaridagi «narigi»
dunyo-jin va ajinalar ifodasida berish va shu yo‘sinda jamiyatdagi samiy
holat-hodisalarga munosabat bildirish yotdi. Aniqrog‘i, adiblar shu uslub
bilan jamiyatga o‘zlarining mulosabatlarini bildirdilar.
Xususan, bu hodisa Abdulla Qodiriyning 1921 yilda yaratgan «Jinlar
bazmi» hikoyasi diqqatga sazovardir. A.Qodiriyning bu hikoyasi milliy
uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib, fantastik obrazlar,
epizodlar tasvirlangan asardir. Asarning bosh qahramoni O‘sar aka doim
jinlar bilan uchrashganligini gapirib yuradi. Bir kuni u boqqa borib noklarni
qirqadi. Kechqurin ishini tugatib uyiga qaytadi. Qorong‘i tushgan. YOnida
birga ishlagan qo‘shnilari shaharga qaytish uchun ertaroq ketishgan. O‘sar
akaning yo‘li esa kimsasiz dala va butazorlar orqali o‘tardi. «Qorang‘u va
dahshatli» dala orqali ketar ekan, hikoya qahramoni uzoqda yorug‘likni
ko‘radi. Uning qulog‘iga ko‘pgina yig‘ilgan odamlarning tovushi, kulgusi,
nog‘ara, dutor, g‘ijjak va tanbur tovushlari chalinadi. Kimsasiz daladagi bu
hodisa qahramonni tajjubga soladi. U erga yaqinlashganida O‘sar aka bazm
qilayotgan yuzlab yoshlarni va qariyalarni ko‘radi. SHunda bazm
qurayotganlarning ichidan bittasi chiqib, O‘sar akani davrga taklif etadi. Hol
ahvol so‘raydi. Bu holat qahramonni yanada qattiq ajablantiradi. Kimdir
dasturxon yozishni taklif qiladi. Boshqasi esa unga e’tiroz bildiradi va dastlab
o‘ynab-kulib olishni taklif etadi. SHunda notanish musaqa yangraydi. O‘sar
aka o‘zi bilmagan holda musiqa - kuyga mast bo‘lib raqsga tusha boshlaydi.
Bir vaqt oyog‘i qattiq bir narsaga tegib yiqilib tushadi. Ertalab uyg‘onsa
ariqda yotgan bo‘ladi.
Asarning keyingi voqealari real hayotga ko‘chadi. O‘sar akaning o‘g‘li
otasining boshidan o‘tgan voqeani o‘qituvchisiga aytib beradi hamda nima
uchun bunday voqealar bo‘lishni so‘raydi. O‘qituvchi unga bu qo‘rquv va
19
uning oqibatidagi tasavvur ekanligini aytadi. O‘sar akaning o‘g‘li gumonga
tushadi. «Qirquv bo‘lsa, nima uchun u real bo‘lgandek sodir bo‘ladi».
O‘qituvchi kelasi juma kuni bu haqda sinf o‘quvchilari orasida suhbat
o‘tkazmoqchi ekanligini aytadi. Asar shu bilan tugaydi.
Hikoyada ramziy ma’no bor. Qodiriy uni asar syujeti va echimining
tagida beradi. YA’ni buyuk adib sifatida Qodiriy o‘sha davrdagi jamiyatga
munosabatini bildirgan, guyo qurilayotgan jamiyat faqat sarobdan iborat
ekanligiga ishorat qiladi. 20-yillar adabiyotida bunday tasvir va holatni 1923
yil yaratilgan Fitratning «Qiyomat» hikoyasida ham ko‘rishmiz mumkin.
Asar qahramon Ro‘ziqul bo‘lib, u boy eshigida og‘ir mehnatdan ezilgan,
xo‘rlangan. SHu boisdan u bu dunyoda ko‘rmagan farog‘otni narigi dunyoda
ko‘rsatishni orzu etadi. Qish kunlarining birida Ro‘ziqul boy uyining tomini
qordan tozalayotib yiqilib tushadi va oyog‘ini sindiradi. U endi ishga
yaramay qoladi. Ishga yaramaydigan odam boyga ham kerakmas. U ko‘chaga
haydaladi.
SHunday qilib, ko‘chada qolgan Ro‘ziqul ko‘knorchilarga qo‘shiladi va
«Pochamir» laqabini oladi. Ro‘ziqul ko‘knori kayfiyaga berilib, «narigi»
dunyoga tushib qoladi. Endi Fitrat fantastik tasvirga o‘tadi, biroq kezi
kelganda real hayot bilan qahramon psixologik holatini tasvirlab tipik hayotiy
kartinalar yaratadi.
Ko‘rinadiki, 20-yillar o‘zbek adabiyotida fantastika «narigi» dunyo,
inson ruhiyati, diniy mistik holat va hodisalar fonida tasvirlanadi. Buni yana
biz G‘ayratiyning 1938 yil yaratgan «Dovdirash», Fitratning «SHaytonning
tangriga isyoni» asarlarida tush ko‘rish voqealari bilan bog‘lik fantastik
tasvirlarni, M.SHermuhammedovning «Befarzand Ochildiboy», Fitratning
«Zayid va Zaynab» singari asarlarida ko‘ramiz.
To‘g‘risini aytish kerakki, 20-yillardan 60-yillargacha bo‘lgan
adabiyotimizda haqiqiy ma’nodagi ilmiy fantastik asarlar yaratilmadi. Biroq,
20
ularda tasvirlangan fantastik epizodlar, voqealar, fantastik elementlar ilmiy
fantastik adabiyotining shakllanishiga zamin hozirladi.
Xulosa qilib aytganda, birinchi o‘zbek ilmiy fantastik asari
yaratilgunga qadar shakllanish jarayonini boshdan kechirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |