Abdullaeva I uzbek adabiyotida fantastika janri



Download 238,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana29.12.2021
Hajmi238,62 Kb.
#76937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ozbek adabiyotida fantastika janri

 

 

 


 



MUNDARIJA: 



 

 

 

KIRISH...................................................................................... 

 





BOB 

O‘ZBEK 

FANTASTIKASINING 

SHAKLLANISH 

ILDIZLARI VA YO‘LLARI................................................... 

 

 

10 

II 

BOB 

O‘ZBEK FANTASTIKASI YANGI BOSQICHDA.............. 

 

21 

 

 

XULOSA.................................................................................... 

 

48 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.................................. 

 

51 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 


 



KIRISH 



Mavzuning dolzarbligi. O‘zbek adabiyoti hamisha jamiyat hayotining 

muhim  muammolarini  badiiy  yoritib  kelgan.  Bu,  ayniqsa,  mustaqillikka 

erishganimizdan keyin yanada to‘laroq namoyon bo‘lmoqda. Sababi, bugungi 

kundagi 


adabiyotimizga 

nazar 


tashlaydigan 

bo‘lsak, 

unda 

yangi 


yo‘nalishlarni  va  oqimlarni,  uslublarni  va  janrlar  xilma-xilligini,  rang-

barangligining guvohi bo‘lamiz. Bu esa o‘z navbatidagi mamlakatimizda olib 

borilayotgan  demokratik  jarayonlar,  eng  asosiysi,  badiiy  ijodga  ta’lluqli 

bo‘lgan ijod erkinligi bilan bog‘liqdir. 

XX  asrda,  ayniqsa,  ikkinchi  jahon  urushidan  keyin  fan  va  texnika 

jamiyat rivojlanishida beqiyos darajada ulkan rol o‘ynay boshladi. Bu esa o‘z 

navbatida  ilmiy  fantastikaning  tez  sur’atlar  bilan  o‘sishiga  olib  keldi.  Atom 

va  yadro  jarayonlarini  boshqarish,  elektronika,  kibernetika,  genetika, 

ufologiya  singari  fanlarining  rivojlanishi,  koinotni  inson  tomonidan 

o‘zlashtirish  kabi  tarixiy  voqealar  ilmiy  fantastikaning  to‘g‘ri  yo‘ldan 

borayotganlidan  dalolat  beradi.  Zero,  undagi  ilmiy  farozlar  fan-texnika 

taraqqiyotining  asosiy  yo‘nalishlarini  to‘g‘ri  belgilab  bermoqda  edi.  SHuni 

ham aytish kerakki, ilmiy fantastika bugungi kunda fan-texnika muammolari 

doirasidan chiqib, ijtimoiy-falsafiy masalalarni ham kamrab olmoqda. 

Bugungi  kunda  xalqimizning  madaniyati  va  ma’naviy  salohiyati  o‘sib 

bormoqda.  Biz  o‘zligimizni  anglab,  milliy  va  ma’naviy-madaniy 

qadriyatlarimizni  tiklab  olib  jahon  ham  jamiyatida  o‘zimizning  munosib 

o‘rnimizni  tonishga  intilayapmiz.  Zero,  “..  xalqning  ma’naviyati  va 



madaniyati uning haqiqiy tarixi va o‘ziga xosligi qayta tiklanayotganligi,-deb 

yozadi  hurmatli  prezidentimiz  I.A.Karimov,-  jamiyatimizni  yangilash  va 



taraqqiy  ettirish  yo‘lidan  muvoffaqiyatli  ravishda  olg‘a  siljitishda  ham 


 



qiluvchi, ta’bir joiz bo‘lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir”.



1

 Xalq ma’naviy 

olamining boyishida esa badiiy adabiyotning o‘rni va roli beqiyosdir. 

Badiiy  adabiyotning  tur  va  janrlari  xilma-xil  va  rang-barang 

bo‘lganidek, ularda ko‘tariladigan hayotiy muammolar ham serjilodir. Bu esa 

har  bir  adabiy  tur  va  janrlarning  o‘ziga  xosligi,  tasvir  ko‘lami  hamda 

mazmuni,  syujeti  va  kompozitsiyasidan  kelib  chiqadi.  O‘zbek  adabiyotida 

shunday bir qiziq hodisalardan biri-ilmiy fantastikaning tug‘ilishidir. 

“Fantastika”  tushunchasining  o‘zi  juda  keng  va  murakkab,  shu  bilan 

birga nisbiy xarakterga ega. Bu tushunchaning kengligi turning xilma-xilligi 

bilan  bog‘liq.  Fantastika  to‘g‘risida  gapirganda,  biz  ilmiy,  serguzasht  va 

noilmiy  fantastikani  tushunamiz.  Zotan,  badiiy  osardagi  fantastik 

elementlarning  o‘rni  yozuvi  dunyoqarashi,  janr,  g‘oyaviy  estetik  omillar, 

shuningdek,  yozuvchi  niyatining  amalga  oshiruv  usullari  va  xarakteri  orqali 

aniqlanadi. 

Umuman, ilm-fanda fantastikani ikki asosiy guruhga tasnif etish qabul 

qilingan.  Bu  ajratish  fantastikaning  qay  yo‘sinda,  qay  usulda  yaratilganiga 

qarab tasnif etiladi. Albatta, bu tasnifni o‘zi nisbiydir.  

Bularning  birinchisi,  fan  va  texnika  yordamida  inson  yoki  tabiat 

tomonidan yaratiladigan g‘aroyib hodisa va narsalar. Ikkinchisi, g‘aroyibotlar 

g‘oyri-tabiiy kuchlar tamonidan yaratiladi. 

Albatta, 

fantastika 

qanday 


shaklda 

namoyon 


bo‘lmasin 

va 


shakllanmasin,  u  birinchi  navbatda  real  haqiqatni  anglash,  olamning, 

borliqning  paydo  bo‘lish  sir-asrorlarini  tushintirishga  intilish  shakli  sifatida 

paydo bo‘lgan. U o‘zining butun tarixiy rivojlanish jarayonida hayotni badiiy 

aks ettirishning o‘ziga xos usuli sifatida shakllandi va inson ongining o‘sishi 

                                                           

1

.Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳатларни чуқурлаштириш йўлида. Тошкент, Ўзбекистон, 1995, 



139-140-бетлар 

 



 

bilan  bog‘liqda  juda  murakkab  hamda  davomiylikdagi  rivojlanish  yo‘lini 



bosib o‘tdi. 

Albatta,  fantastik  adabiyotining  shakillanish  sargashlarida  ilmiy-

texnikaviy taraqqiyot, xususon, Jyul Vern asarlarining paydo bo‘lishi muhim 

rol  o‘ynadi.  Zero,  Jyul  Vern  asarlarida  hali  hayotda,  turmushda  bo‘lmagan, 

keyinchalik  amalga  oshgan  ko‘plab  kashfiyotlar,  ixtirolar  tasvirlar  berildi. 

Zero,  birgina  uning  «Kapitan  Nemo»  asarida  suv  osti  kemasi,  suv  osti 

skafandrlarining  tasvirlanishi  keyinchalik  texnik  ixtirolarning  yaratilishiga 

olib  kelgan.  Demak,  badiiy  fantastika  hali  inson  qo‘li,  aqli  etmagan  koinot 

deb  atalish  buyuk  ummoning,  cheksiz  gallaktikalarining  ehtimoldan  uzoq 

yoki yaqin bo‘lgan sir-sinoatlarini, asrorlarni tasvirlash qudratiga ega. 

Bugungi  kunda  ilmiy-fantastik  janr  nafakat  rivojlangan  Evropa  va 

amerika adabiyotlari uchun xos bo‘lmasdan, balki oldinlari bunday mustaqil 

janrga  ega  bo‘lmagan  o‘zbek,  qaroqalpoq,  qozoq,  qirg‘iz  adabiyotlarida 

shakllanib  rivojlanib  bormoqda.  Bu  adabiyotlarda  ilmiy  fantastik  janrning 

shakllanishi  fan-texnika  inqilobi  asrning  samarasi,  shu  bilan  birga,  jahon 

ilmiy fantastikasining ta’siri ostida ham rivojlanmoqda. 

Bugungi 

kunda 


o‘zbek 

adabiyotida 

T.Malik, 

X.SHayxov, 

M.Mahmudov,  B.Xoshimxo‘jaev,  M.Xidir singari  fantast  yozuvchilar  qalam 

tebratib ijod qilmoqdalar. Tilga olingan yozuvchilar birinchi fantastlari bo‘lsa 

ham,  o‘zbek  fantastikasi  bo‘shliqdan  paydo  bo‘lgan  emas.  Zero,  o‘zbek 

adabiyotida  fantastika  elementlari  eng  o‘tmish  zamonlardan,  xususan, 

folklordan mavjud bo‘lib, qadimiy va boy tarixga egadir. 

Xullas,  bu  janrning  badiiy  imkoniyatlarini  aniqlash,  tahlil  etish, 

yozuvchining  mahorat  sirlarini  ochib  berish  adabiyotshunosligimizdagi  eng 

dolzarb masalalardan biridir. 




Download 238,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish