Aleksandr Sergeyevich
Pushkin
(
1799
-
1837
)
H ar bir xalqning d o n ish m an d lig i va qalb n azo k atini
o ‘zida m u jassam lantirgan shoiri b o 'la d i. Rossiyada inson
m a ’naviy o la m in in g m usavviri, sh u bhasiz, P ushkindir. U
nurga intilib, doim ozodlik u ch u n kurashuvchi shoir, buyuk
optim ist b o ‘lib yetishdi. Rus xalqining yana bir buyuk shoiri
A leksand r Blok: „ P u sh k in n in g nom i n aq ad a r ja ra n g d o r“
deb t a ’riflagan edi.
A. S. Pushkin xalq og'zaki ijodini bolalikdan berilib
o'rgandi. Buloqdek qaynab-toshgan xalq og'zaki ijodi shoirning
ilhom iga ilhom q o'sh di. Kelajakda m ashh ur shoir b o 'lib ,
jahonga tanilishida boy m anba b o ‘lib xizmat qildi. U, ayniqsa,
o ‘zining ertak-dostonlari bilan yosh kitobxonlarning hurm at-
olqishiga sazovor b o ‘lib kelmoqda.
A. S. Pushkin o 'zining „P op va uning xizmatkori Baida
haqida erta k “ (1831), „Baliqchi ham baliq haqida ertak “
(1833), , , 0 ‘lik malika va yetti bahodir haqida ertak “ (1833),
„O ltin xo'roz haqida ertak“ (1834) kabi ertak-dostonlari bilan
jah on bolalar adabiyoti xazinasini yanada boyitdi.
Y uq o rid a biz t a ’kidlab o 'tg a n asarlarn in g ham m asi boy
va ran g -b aran g xalq og'zak i ijodi ta 's irid a yuzaga kelgan. Bu
a sa rla r zam irid a faktik m a te ria lla r yotganligini k o 'ra m iz .
M asalan, sh o ir „A joyib b o la la r“ xalq ertagi asosida „S h o h
S altan haqida e rta k “ , „Q u rum soq k am p ir“ ertagi va rus xalq
folklorining to 'p lo v c h ila rid a n biri V. Dal hikoya qilib bergan
sujet asosida „B aliq chi ham baliq h aq id a e rta k ", „Sehrli
k o 'zg u " ertagi asosida ,,0 'lik m alika va yetti b ah o d ir h aq id a
e rta k “ , uzoq yillar xalqni ayovsiz ishlatib, unga ralim -
sh afqat n im a ek anligini bilm ay o 'tg a n va u n in g h a tto pok
xizm atlarini o ’zida m ujassam lantirgan „ S h ab arsh a b a tra k “
asosida „ P o p va uning xizm atkori Baida h aq id a e r ta k 41
yotganligini k o 'ram iz. Bu erta k larn in g ham m asi sh o irn in g
ijodiy laboratoriyasida ishlanib, sayqallanib, y a n ad a o ‘qi-
mishli, ta'sirli qilib yaratilgan.
A. S. Pushkin oddiy. mehnatkash xalqni yaxshi ko'radi,
uni iloji boricha hi moya qilishga, yon bosishga harakat qiladi.
Shuning uchun ham uning ertak-dostonlarida xalqqa b o ig a n
cheksiz hurmat tuyg'usi barq urib turadi.
D adon shohni oling („Oltin xo'roz haqida ertak“ ). U g‘irt
ahm oq. N a xalqni sevadi va na farzandlariga m ehribon otalik
qila oladi. Dadon o ‘taketgan darajada maishatparast va kaltabin.
U b u tu n podsholigidan, xalqidan, farzandlaridan o'zga yurtli
makkora ayolni ustun q o ‘yadi. Buni xalq, xudo kechirmaydi.
Natijada shoh xalq qahr-g'azabiga d u c h o r boMadi. Oltin
x o'ro z tepkisidan halok b o ‘lgan shohga birovning rahmi
kelmaydi, aksincha, shohning o'lim i ularga shodlik va ozodlik
baxsh etadi.
Pop („P o p va uning xizmatkori Baida haqida ertak“ )
obrazini shoir juda mahorat bilan ko'rsatib berdi. Tekinxo‘r,
o c h k o ‘z, o 'zgalar hisobiga u m r kechiradigan bir pastkash
kimsa ekanligini keskin ochib tashlaydi. Unga qarama-qarshi
qilib oddiy va halol, mehnatkash va bahodir yigit Baida
obrazini ijod cho'qqisiga ko'taradi.
Ikki qahram onning bozordagi o ‘zaro suhbatidanoq kitob-
xon kim qanday odam ekanligini darhol sezadi:
„B o'lsin oshpaz. otboqar ham duradgor.
A yt-chi. bunday arzon m alay qayda b o r?“
Baida debdi: „Yaxshi m alay bo 'layin,
Bergan obi-yovg“oningga ko'nayin.
Xizm atim ga haq to'laysan shu xilda:
Peshanangga uch chertam an bir yilda“ .
Pop bo"lsa-chi ancha o'ylab qolipti.
Peshanasin qashib qo'li tolipli.
P op o'ylarm ish: bir gap b o ’lar — to 'la r haq,
C hertkilardan chertkilar ham qilar farq.
Baida qo'ygan shartiga ko'nib, debdi pop:
,,Bu shart scnga va m enga ham m a'qu l xo'p:
Endi m ening hovlim da kun ko'raver,
G 'a y rat bilan xizmat qilib yuraver".
Ha, hayotda har bir narsaning, jum ladan, tekinxo'rlik,
ochko'zlikning ham poyoni, oxiri bor. Kaltabin pop chertkini
yeb halok b o ‘ladi.
„Baliqchi ham baliq haqida ertak“ dostonida shoir pok
muhabbat mangu bo'lishini orzu qiladi. Boylik, mansab deb
o'tgan kunni unutmaslikni istaydi. Bundan tashqari, kimki
halol peshana teri to'kib boylik orttirmasa, birovlar hisobiga
boyiydigan b o ‘lsa, u hech qach o n yuqmasligini, birovniki
birovnikiligicha qolib ketishini kampir qismati bilan chog'ish-
tirib hikoya qiladi. Yer yuzi, butun olam hukmroni bo'lib
oigan k am p ir cholni mensimaganligi u ch u n , o c h k o 'z va
badbaxtligi uchun yana eski h am m o m . eski tos bilan qolib
ketaveradi:
Qaytdi kam pir yoniga axir.
K o‘rsa, tag 'in o 'sh a y erto'la,
B o'sag'ada o 'tira r kam pir.
Qarshisida teshik tog'ora.
Rostgo'y, haqiqatni yoqlovchi shoir , , 0 ‘lik malika va yetti
bahodir haqida ertak“ , „Shoh Saltan haqida ertak“ asarlarida
haqiqat bir kun emas, bir kun o 'z o 'm in i topadi, h am m a
baxtli bo'ladi, degan fikmi ilgari suradi.
A. S. P u sh k in n in g xalq o g 'zaki ijodiga asoslanib yozgan
„R u slan va L y u d m ila" asari h am b o la lar qalbiga a n c h a
yaqin tu rad ig an d o s to n la rd a n biri hisoblanadi. Rus e rta k -
lari, q o 's h iq la ri, afsonalari bu g 'a ro y ib asarga favqulodda
g o 'z a l m a z m u n bergan. Y uksak in s o n p arv arlik n i o 'z id a
m ujassam lash tirgan yorqin iste’d o d egasigina s h u n d ay asar
yarata olardi.
M ashhur rus romantik shoiri Jukovskiy ..Ruslan va Lyud
mila" dostoni nashr etilgach. Pushkinga „G 'olib o'quvchimga
mag'lub murabbiydan“ deb yozilgan portretini sovg'a qiladi. Bu
buyuk sh o ir dahosiga, qaysiki u stozd an g'o lib kelib va
z a m o n d a n ilgarilab ketgan k u ra s h c h a n ln so n ga berilgan
xolisona baho edi.
M ana shuning uchun Pushkinga ais xalqining mangu,
otashin shoiri bo'lib qolm oq baxti nasib etdi.
BALIQCHI HAM BALIQ HAQIDA ERTAK
O 'tgan chog'da dengiz bo'yida
Chol va kampir um r surgandi.
Y erto'lada — eski uyida
O 'ttiz uch yil birga turgandi.
Chol t o ‘r solib ovlarkan baliq,
Kampir esa yigirar urchuq.
Chol dengizga to ‘r soldi bir gal,
Baqa yaproq ilindi yolg‘iz.
T o 'r solganda chol ikkinchi gal,
Ilindi-ku dengiz o'lani.
T o 'r solganda chol uchinchi gal,
Chiqib keldi bir chavoq baliq,
J o 'n baliqmas, naq oltin baliq.
Oltin baliq xuddi odamday,
Tilga kirib, yolvorib qoldi:
„Q o'yib yubor dengizga, bobo,
Katta to'lov to'layman senga.
Ko'ngling ne tilasa, bergayman“ .
Hayron bo'ldi chol, qo'rqib ketdi,
Rosa o'ttiz uch yil ovladi baliq.
A m m o baliq so'zlaganin u
Eshitmagan edi umrida.
Chol baliqni qo'yib yubordi,
Shunday dedi unga mehribon:
„Oltin baliq, tangri yor bo'lsin,
Kerak emas menga to'loving,
Mayli tushgil zangor dengizga,
Erkin-erkin o 'yn ab yuraver!“
Chol qaytdi-da kampir yoniga,
Aytdi shundoq qiziq mo'jiza:
„Tutib oldim bugun bir baliq,
J o 'n baliqmas, naq oltin baliq.
Baliq tilga kirib so'zladi,
K o 'p yalindi qo'yib yubor, deb.
O 'z uyiga — yashil dengizga.
Katta to'lov to'layin, dedi.
Ne istasang berayin, dedi.
Men olgani botinolmadim,
Qo'yvordim zangor dengizga".
Cholni qarg'ay boshladi kampir:
,,Ey tentak chol, go'l, devona chol!
Ololmabsan baliqdan to'lov!
Hech bo'lmasa bitta tog‘ora —
S o‘rab olmaysanmi undan sen,
Tog'oram iz teshik-ku axir!“
Chol jo'nadi zangor dengizga.
Mavj um ioqda dengiz qarasa,
Ham chaqirdi baliqni suvdan.
Baliq chiqib so‘radi undan:
„Nirna kerak senga. chol bobo?“
T a'zim bilan javob berdi chol:
„Podsho baliq. holiniga achin,
Xo'p urishdi kampirim meni.
Tinchlik bermas, qariding demas,
Kerak emish yangi tog'ora.
Tog'oram iz teshilgan, axir".
Oltin baliq aytadi javob:
„Qayg'urmagil. tangri vor bo'lsin,
Borgil, yangi tog'orang bo'lur!"
Chol qaytsaki kampir yoniga.
Tog'oralik bo'libdi kampir.
Lekin urishdi kampir battarroq:
,,Ey tentak chol. g o ‘l, devona chol!
Kir tog'ora so'rab oldingmi?
Kir tog'ora mol bo'larmidi?
Jo 'n a, tentak, baliqqa borgin.
T a ’zim qil-u uy so'rab olgin".
Chol jo 'n ad i zangor dengizga,
(Zangor dengiz loyqalangandi.)
Chaqirdi u baliqni suvdan,
Baliq chiqib so'radi undan:
„N im a kerak senga, chol bobo?“
T a ’zim qilib, shunday dedi chol:
„Podsho baliq, holimga achin,
Meni kampir qarg'adi battar,
Tinchlik bermas, qariding demas.
Jag'i tinmas, uy s o 'ra r n u q ul“ .
Oltin baliq aytadi javob:
„Q ayg'urmagil, tangri yor bo'lsin".
Borgil, uy ham b o ‘ladi nasib!“
Yerto’lasi tom on qaytsa chol:
Yerto“ladan iz ham qolmabdi.
Mo'rilari g'ishtdan, oqlangan,
Em an yog'ochidan yasalgan —
Darvozali bir uy turibdi,
Uy yonida m ehm onxona bor.
Derazaning yonida esa,
O'tiribdi kam pir taltayib.
Q arg'am oqda cholni battarroq:
,,Ey tentak chol, g o ‘1, devona chol!
Kelib-kelib uy so‘rabsan-da!
J o 'n a darrov baliq yoniga,
Ta'zim qilgil unga sen tag'in,
Qora dehqon bo'lm aym an ortiq.
Men begoyim boMish istayman!"
Chol jo 'n adi zangor dengizga,
(Dengiz notinch, to'lqin urmoqda.)
Chaqirdi u baliqni suvdan.
Baliq chiqib so'radi undan:
„N im a kerak senga, chol bobo?"
T a'zim qilib. chol shunday dedi:
„Podsho baliq, holimga achin,
Kampirni jin urdi battarroq.
Tinchlik bermas, qariding demas,
Qora dehqon bo'lmasmish ortiq,
U begoyim bo'lish istarmish!“
Oltin baliq aytadi javob:
,,Qayg‘urmagil, tangri yor bo'lsin".
Chol qaytdi-ku kam pir yoniga,
N im a ko'rar? Baland bir saroy,
Peshayvonda turar kampiri.
Suvsar po'stin uning egnida,
Boshida ham alvon dakana.
Q a to r-q ato r inju bo'ynida,
Qo'llarida oltin uzuklar,
Oyog'ida qirmizi etik.
Atrofida oqsoch xotinlar,
Qoq o'rtad a kampir turardi,
Sochlaridan sudrab urardi.
Kampiriga so‘z qotdi chol:
„Salom, aslzoda begoyim,
Ko‘ngling endi to ‘ldi, shekilli?..“
Kampir unga o ‘shqirdi battar,
Otxonada ishlashga soldi.
O 'td i hafta ketidan hafta,
Kampir tag‘in mindi qahriga,
Baliq tom on yo'lladi cholni:
„Tez bor, t a ’zim qilgil baliqqa!
Ortiq men begoyim boMmayman,
Podsho xotin boMish xohlaym an“ .
Q o'rqib ketdi chol, shunday dedi:
„Eshakmiya yedingmi, kampir?
Yurish-turish nim a, bilmaysan.
Podsholik masxara boMdimi?'1
Kampir battar mindi qahriga,
Chol yuziga tarsaki urdi:
„Qora dehqon, qanday botinding,
Kim qo'yibdi senga so'z aytmoq.
Menga — menday begoyimga-ya?
Yaxshilikcha jo 'n a b qol, deyman,
Jo'natgaym an bog'lab, borm asang“ .
Chol dengizga qarab yo'l soldi.
(Zangor dengiz qora rang oldi.)
Chaqirdi u baliqni suvdan,
Baliq chiqib so'radi undan:
„N im a kerak senga, chol bobo?"
T a ’zim qilib, so‘z aytdi chol:
„Podsho baliq, holimga achin,
Kampir tag1 in boshladi g ‘avg‘o
Bo'lmas emish ortiq begoyim,
BoMar emish erkin malika!“
Oltin baliq beradi javob:
„Qayg'urmagil, tangri yor b o ‘lsin,
Mayli, kam pir boMar m alika“ .
Chol qaytdi tez kampir yoniga,
Qarasaki, shohona qasr.
Qasr to'rida ko'rinar kampir —
0 ‘tirardi malika b o ‘lib,
Xizmatida beklar, amirlar,
Asl sharob quyib bermoqda
Ham malika quymoq yemoqda.
Atrofida talay yasovul,
Yelkalarda oyboltalari,
0 ‘rab turar juda bahaybat.
Buni ko‘rib qo'rqib ketdi chol
Va so‘z aytar yetti bukilib:
„Savlatli malika, salomalaykum!
Shoyad endi toMgandir ko'ngling?“
Qayrilib ham boqmadi kampir.
Tez haydang deb buyurdi, xolos.
Sakrab turdi beklar, amirlar,
Cholni sudrab, haydab soldilar.
Yasovullar eshik yonida
Sal bo'lmasa chopa yozdilar.
Mazax qilib qoldi olomon:
„Qilig'ingdan topding, nodon chol!
Bundan keyin bo'lg'usi saboq:
O 'z ko'rpangga qarab cho z oyoq!“
O 'tdi hafta ketidan hafta,
Kampir battar mindi qahriga.
Erin izlar, ch o p ar yuborib,
Cholni topib keldilar axir.
Kampir shunday dedi choliga:
„ Jo 'n a tag'in baliq yoniga,
T a'zim qilib, o'tingil darrov.
Bo'lmagayman ortiq malika
Dengiz shohi bo'lish istayman.
Dengiz-okeanda yashayman,
Xizmatimda tursin baliq ham,
Baliq bo'lsin menga xizmatkor".
Botinolmas so‘z aytishga chol,
BoMa olmas kampir so'zini.
Tag'in bordi zangor dengizga,
Qora quyun ko'rar dengizda.
ToMqinlar
0
‘shqirar g'azabkor.
Ham to'lg anar, ham uvlar tinmay.
Chaqirdi u baliqni suvdan,
Baliq chiqib so'radi undan:
„N im a kerak senga, chol bobo?“
Ta'zim qilib, shunday dedi chol:
„Podsho baliq, holimga achin,
Jonga tegdi la’nati kampir,
Ortiq bo'lm as emish malika,
Dengiz shohi bo'lish istarmish
Va dengizda yashash istarmish.
Sen ham borarmishsan xizmatga,
Bo'larmishsan unga xizmatkor“ .
Bitta so‘z ham demadi baliq,
Suvga urib dumini faqat
G 'oyib boMdi dengiz tagiga.
Javob kutib turdi sho'rlik chol,
Uzoq qolib dengiz bo'yida...
Qaytdi kampir yoniga axir,
Ko'rsa, tag'in o'sha yerto'la.
Bo'sag'ada o'tirar kampir,
Qarshisida teshik tog'ora.
Do'stlaringiz bilan baham: |