Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги


UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMINI AXBOROTLASHTIRISHGAN JAMIYATDAGI



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/321
Sana10.07.2022
Hajmi7,61 Mb.
#768599
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   321
Bog'liq
591c3149ad5ef

UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMINI AXBOROTLASHTIRISHGAN JAMIYATDAGI 
O’RNI 
 
U.Y.Axundjanov (TATU Farg’ona filiali, assistent) 
X.I. Jabborov (TATU Farg’ona filiali, talaba) 
 
Fan-texnika rivojlanishi hozirgi kundagi ta’lim tizimini — uni tashkil etish printsiplari, 
mazmuni, ta’lim-tarbiya jarayonining shakl va usullarini yangi ta’lim texnologiyalari talablari 
darajasida tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda. Bunday muammolardan biri ta’limni 
kompyuterlashtirish. 
Ta’limni kompyuterlashtirish «inson-mashina» tizimini jamiyat hayotining barcha 
sohalariga jadal olib kirish shakllaridan biri hisoblanadi. Bunday tizimlar nazariyasiga ko’ra inson 
faoliyati yetakchi komponent hisoblanib, mashina uni samarali amalga oshirish vositasi sifatida 
namoyon bo’ladi. Inson faoliyatining ko’pgina ko’rinish va shakllari mavjud bo’lib, ularning 
genetik jihatdan boshlang’ich asosini mehnat faoliyati tashkil etadi. Uning tarixiy rivojlanishi 
natijasida boshqa faoliyat turlari, masalan, o’yin, o’quv, ilmiy izlanish kabilar kelib 
chiqqan. O’quvchilarning o’quv faoliyatini kompyuter yordamida tashkil qilish bu faoliyatning 
samarali natija berishiga imkon yaratadi. Shuningdek, ta’limni kompyuterlashtirish uzluksiz ta’lim 
tizimini, qolaversa, jamiyatni axborotlashtirishning negizini tashkil etadi. 
Jamiyatni axborotlashtirishdagi eng muhim yo’nalishlardan biri uzluksiz ta’lim tizimini 
axborotlashtirish. Uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirish jamiyatni axborotlashtirish jarayoni 
muvaffaqiyatli amalga oshishining muhim shartidir. Bu jarayon o’ziga ta’limni samarali amalga 
oshirish maqsadida yangi axborot texnologiyalarini qo’llashni, uning uslub va vositalaridan 
foydalanishni, ta’lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarini jadallashtirishni, uning sifat va 
samaradorligini oshirishni, yoshlarni axborotlashgan jamiyat sharoitida yashashga tayyorlash 
masalalarini qamrab oladi. 
Ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish zarurati o’quvchilarni jamiyatning har tomonlama 
yetuk fuqarolar qilib tarbiyalash vazifasidan kelib chiqadi. Jamiyatda inson faoliyatining barcha 
sohalari kompyuterlashtirilayotgan hozirgi sharoitda yosh avlodni kompyuter bilan erkin moluqot 
qilishga o’rgatish ham muhim hisoblanadi. Yoshlarning kompyuterdan keng foydalana olishi 
jamiyatda fan-texnika taraqqiyotining jadallashishi va shu asosda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga 
erishish uchun xizmat qiladi. 
Ta’limni kompyuterlashtirish insonning aql-zakovati rivojlanishiga ulkan hissa qo’shadi. 
Negaki, kompyuter yordamida o’qitish jarayonida inson fikrlashining uslublari qatoridan 
induktsiya va deduktsiya, umumlashtirish va konkretlashtirish, tahlil va sintez, tasniflash va 
tizimlashtirish, abstraklashtirish va o’xshatish kabilar tabiiy ravishda o’rin oladi. Bular esa 
mantiqiy xulosalar chiqarish, fikrlarni ifodalash, asoslash va isbotlashga, shu asosda mantiqiy 
fikrlashning o’sishiga xizmat qiladi. 
Ta’lim o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining o’zaro kirishuvi asosida shakllanadigan tashkiliy 
jarayon. Uning markazida o’qitish va o’qish faoliyatining bir-biriga ta’siri yotadi. O’qitish va 
o’qish faoliyatini atroflicha tahlil qilish yo’li bilan ta’lim jarayonining mohiyatini tushunish 
mumkin. Kompyuterli ta’limda ham o’qitish va o’qish faoliyatini ajratish, ularni to’g’ri tashkil 
qilish, faoliyatni amalga oshirish jarayonida kompyuter imkoniyatlaridan keng foydalanish muhim 
ahamiyat kasb etadi.


332 
Yoshlarga bilim berib, ularni ijtimoiy tajriba va ma’naviy boyliklar bilan qurollantirayotgan 
o’qituvchilarning barchasi o’qitish faoliyati bilan mashg’ul. Kompyuterli ta’limda bunday faoliyat 
kompyuter zimmasiga yuklanadi. 
Kompyuterli ta’limni tashkil etish – o’quvchi bilan o’quv materiali o’rtasidagi bog’lanishni 
kompyuter vositasida yo’lga qo’yish. O’quvchi bilan o’quv materiali o’rtasidagi bog’lanishni 
tashkil etish uchun ta’lim loyihalanadi. O’quvchilarning o’quv ishlarini tashkil etish, ular 
faoliyatini rag’batlantirish tegishli vositalar asosida modellashtiriladi.
Bilimlar ombori o’quv predmetining faqat tuzilishini emas, balki tavsiya qilinganlarni 
tushuncha asosida, ularning o’ziga xos xususiyatlari va ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni aks 
ettiradi. 
O’quvchining modeli turli savollarga ta’lim oluvchining ta’sirlanish vaziyatlari, uning o’ziga 
xos tavsifi va bu tizimda o’qitish tarxini qamrab oladi. 
O’qituvchining modeli o’rgatuvchining harakati bilan qo’yilgan muammoni hal qilishga oid 
ekspertning harakatlarini taqqoslashni amalga oshiradi va ta’limdagi izchillik mohiyatini 
belgilaydi. 
Kompyuterlarni o’quv jarayonida qo’llash quyidagilarga imkon beradi:

o’quvchilarda bilish ehtiyojini shakllantiradi;

o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi;

o’quvchilarda fanni o’rganishga qiziqishni oshiradi;

kompyuter bilan ishlashni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni oshiradi;

kompyuterlardan foydalanish bilan bog’liq dunyoni ilmiy bilishning hozirgi zamon 
metodlari bilan tanishtiradi;

ta’limda o’quvchining individuallik darajasini oshiradi;

o’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi;

materiallar mazmunining xilma-xilligini ta’minlaydi;

ta’limda foydalaniladigan o’quv materiallari doirasini kengaytiradi;

ta’limda ko’rgazmalilikni kuchaytiradi;

o’quvchilarning o’z-o’zini nazorat qilishi, ya’ni baholash jarayonining omillarini 
kengaytiradi va h.k.
Ta’limni kompyuterlashtirishning ilmiy-uslubiy jihatlarini tadqiq qilishda shuni nazarda 
tutish kerakki, kompyuterning o’zi «o’qituvchi» bo’la olmaydi, negaki o’quv jarayonini 
muvofiqlashtirib turadigan boshqarish apparati u emas. U ham inson tomonidan hal qilinadigan 
o’quv topshiriqlari tarkibiga kiradi. Bunda kompyuter o’qituvchi va o’quvchining, kompyuter va 
o’quvchining, kompyuter va o’qituvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil qilish vositasi sifatida 
namoyon bo’ladi. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish