Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги


IQTISODNING RIVOJLANISHIDA AXBOROT- KOMMUNIKATSIYA



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/321
Sana10.07.2022
Hajmi7,61 Mb.
#768599
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   321
Bog'liq
591c3149ad5ef

IQTISODNING RIVOJLANISHIDA AXBOROT- KOMMUNIKATSIYA 
TEXNOLOGIYALARINING ROLI 
 
G.A. Akramova (TATU, assistеnt)
Q.Q. Aliqulov (TATU, talaba)
 
Jamiyatda iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi unga mos ravishda doimo 
ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni ham olib keldi. XXI asraxborot va telekommunikatsiya asri deb 
yuritilgan vaqtda, Respublikamizda bu sohaning rivojlanishiga katta e’tibor berilmoqda. 
O’zbekistonda axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Respublika iqtisodiyoti 
taraqqiyotida va jahon axboroti makonida vatanimiz o’zining munosib o’rniga ega bo’lishi uchun 
omil yaratadi. Shuning uchun ham bu sohani bosh vazifasi Respublikada axborotlashtirilgan 
jamiyat shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Axborotlashgan jamiyat bu 
shunday jamiyatki, unda jamiyat a’zolari internet orqali muloqatda bo’ladilar, tovar oldi-sotdisi 
bilan shug’ullanadilar va o’zlariga kerak bo’lgan ma’lumotlar topishlari mumkin. 
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari iqtisodiyot sohasida ishni faol tashkil etishda 
ham, soha tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar tarmog’ini kengaytirish va sifatini oshirishda 
ham, faol joriy etilmoqda va qo’llanilmoqda. Bozor iqtisodiyoti ko’pchilik faoliyat sohalarining 
taraqqiyoti asosan rivojlanishi, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi, mamlakatimizning chet 
el investorlari uchun qiziqish tug’dirish ko’p o’rinda axborot infratuzilmasining taraqqiyot 
darajasiga bog’liq. Iqtisodning real sektorida axborot texnologiyalarini joriy qilish bo’yicha 34 ta 
xo’jalik boshqaruvi organi va yirik ishlab chiqarish birlashmalarida umumiy qiymati 72.6 mlrd 
so’mga teng 96 ta axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etishga doir loyiha ham 
bajarildi. Bu yil esa umumiy qiymati 679.7 mlrd so’mga teng 27 ta loyihani yakuniga yetkazish 
rejalashtirilgan. 
Iqtisodiyotning zamonaviy rivojlanishida O’zbekistonning barcha sohalarida yuqori 
natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to’laqonli sherikli ko’rinishni egallay borishi, inson 
faoliyatining barcha jabhalarida axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning 
ko’lamlari qanday rivojlanayotganligiga hamda bu texnologiyalari jtimoiy mehnat 
samaradorligining oshishida qanday rol bilan belgilanadi. 
XXI asr bo’sag’asida global axborot jamiyatiga o’tish jarayoni juda tezlashdi. Zamonaviy 
telekommunikatsiya kanallari orqali tezkorlik bilan axborot almashish imkoniyati davlatlar, 
korhonalar va kishilar o’rtasidagi aloqalarni kengaytirdi, masofaning roli pasayib, axborot faoliyat 


320 
ko’rsatishi va rivojlanishining yangi bosqichi boshlandi. Axborotlashtishdan asosiy maqsad, 
jamiyat taraqqiyotining axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirish, aholining turmush farovonligini 
oshirish, kompyuter va axborot texnologiyalari, hamda telekommunikatsiyalari hamda 
telekokommunikatsiya vositalarini joriy qilish asosida, ishlab chiqarish samaradorligidan iborat. 
Mamlakatimizda bugungi kunda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida 
insonlar hayotining barcha yo’nalishlarida chuqur o’zgarishlar ro’y bermoqda. Axborot- 
kommunikatsiya texnologiyalari inson hayotining barcha jabhalarini, ya’ni ish faoliyatini ham, 
muloqatini ham, maishiy va madaniy sohalarini ham qamrab olmoqda. Ular har bir odamga hayot 
kechirishda rejasini rivojlantirish darajasini rivojlantirish va yaxshilash uchun katta imkoniyatlarni 
ochib bermoqda hamda insonni yolg’izlikdan chiqarib, jahon axborot jamiyatiga qo’shilishiga 
imkoniyat yaratmoqda. Ko’p mamlakatlar axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tezlik bilan 
tadbiq qilish va takomillashtirishning ulkan afzalliklarini anglab yetdi. Shu bilan birga jahonda 
axborot kommunikatsiya texnologiyalari bozorining rivojlanishi bugungi kunda emas balki, bu 
bozorning kelgusida ham kengashi uchun talay imkoniyatlar yaratdi. Respublikamizda barcha 
sohalarida axborot texnologiyalarini joriy qilish va undan foydalanish bilan bog’liq muammolarni 
hal qilish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyalarini qo’llash va uning 
samaradorligini baholash yo’llarini rivojlantirish muhim omilga aylanmoqda. 
Axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasining rivojlanishi jarayonlariga uning aloqa 
vositalari bilan ta’minlanganligi va yangi texnologiyalar bilan jihozlanganligi katta ta’sir 
ko’rsatadi. Bugungi kunda Respublikamizda axborotlashtirish va telekommunikatsiya vositalari 
sanoati rivojlangan mamlakatlar darajasidagi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish 
imkoniyati yo’qdir. Shu sababli eksplutatsiya qiluvchi korxonalar asosan chet el texnologiyalari 
va texnikasini afzal ko’radilar. Axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasidagi o’zgarishlarni 
tahlil qilish natijalari shuni ko’rsatadiki, iqtisodiy o’sish davrida soha tarmoqlari tez va samarali 
kengaytirish, xalqaro savdo hajmini ko’paytirish, investitsiyalar jalb qilish va milliy ishlab 
chiqaruvchilarning samaradorligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalarni 
amalga oshirishdan iboratdir. 
Iqtisodiyotning zamonaviy rivojlanish bosqichlarida, moddiy ishlab chiqarish va boshqa 
soha faoliyatlari xizmatga muhtojdir. Informatsiya xizmat ta’sirida iqtisodiy rivojlanish va ishlab 
chiqarish ekstensiv o’sishdan intentiv o’sishga o’tmoqda. Axborot – kommunikatsiya 
texnologiyalarining tez taraqqiy etayotgani, hamda “axborot magistrallari” o’tkazish 
imkoniyatlarining ortib borayotgani evaziga, yil sayin tobora ko’proq hajmdagi axborot 
korxonalar, tashkilotlar va alohida shaxslar o’rtasida tezroq, samaraliroq va moliyaviy jihatdan 
tejamliroq tarqalish imkoniyatiga ega bo’lmoqda. 
Respublikamizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga oid qator chora 
tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan, jahonning 180 dan ortiq mamlakatlari bilan to’g’ridan-
to’g’ri aloqa kanallari yaratiladi, mamlakatning raqamli magistral tarmog’I tushiriladi. Milliy 
iqtisodiyotni modernisatsiya qilish munosabati bilan mobil aloqa xizmatlari ko’rsatish sifatini 
oshirish, mavjud iqtisodiy imkoniyatlardan oqilona foydalanish, asosiy vositalardan 
foydalanishning samaradorlik darajasini oshirish, mehnat unumdorligini har taraflama o’stirish,
kelgusida respublika aholisini zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan mobil aloqa 
xizmatlariga bo’lgan talablarini yanada chuqur o’rganish, xalq faravonligini yanada yuksaltirishni 
ko’zlab iqtisodiy tejamkorlikni kuchaytirish sohasidagi vazifalarni ommaviy hal qilish lozim. 
O’zbekiston rivojlanish yuzasidan belgilangan maqsadlarga erishish uchun axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini singdirishning ahamiyatini chuqur his qilgan holda, mazkur 
sohada ko’plab islohotlarni amalga oshirmoqda. Aloqa va axborotlashtirish sohasida 
respublikaning qonunchilik bazasi bilan belgilanuvchi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari 
ichida quyidagilarni alohida aytib o’tish joiz: 

Davlat axborot-telekommunikatsiya zahiralarini shakllantirish va huquqiy himoyalash; 

Davlat va huquq axborot tarmoqlarini rivojlantirish; 

Iqtisodiyotning xo’jalik sectorlari ilmiy-texnik faoliyatining axborot ta’minoti; 


321 

Global axborot tarmoqlarining ishlashi, turli tarmoqlar va ular tomonidan ko’rsatilayotgan 
xizmatlar kirishning muvofiqligini ta’minlash; 

Nodir va qimmat tadqiqot qurilmalariga uzoqdan turib ko’rinishini tashkil qilish, yosh 
mutaxassislarni masofadan turib o’qitish imkoniyatini ta’minlash; 
Ilmiy-texnik sohasidagi davlatimizning axborot kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
borasidagi asosiy vazifasi, axborot zahiralarining to’ldirib borilishini ta’minlashdan, shuningdek 
zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari asosida ko’pgina sohalarning axborot 
zaxiralariga erkin kira olish imkonini ta’minlay oladigan axborot tizimini muttasil rivojlantirib 
borishdan iborat. 
O’zbekistonda fan va texnika sohasidagi davlat axborot jamg’armalari va tizimlarini tuzishga 
davlat tomonidan katta imkoniyatlar yaratilgan bo’lib, ushbu jamg’arma va tizimlar zimmasiga 
quyidagi vazifalar yuklatilgan: 

Ilmiy- texnik axborotni to’plash, qayd etish, unga analitik ishlov berish, uni saqlash va 
foydalanuvchilarga yetkazib berish; 

Ilmiy mahsulotlarni chop etish, ilmiy-texnik nashrlarni chet ellardan sotib olishga yordam 
ko’rsatish; 

Davlat axborot jamg’armalarini hujjatlashtirish ilmiy-texnik bilimlar – ilmiy maqolalar, 
darsliklar, axborot materiallari, ilmiy hisobotlar, konferensiyalar materiallari, sanoat kataloglari, 
patent-litsenziya hujjatlari va shu kabi materiallarni to’plab borish lozim. 
Milliy ilm-fan va ta’lim potensialini saqlab qolish va rivojlantirishga oid muhim chora-
tadbirlardan biri bu zamonaviy axborot kommunikatsiya tizimlari asosida yetakchi ilmiy 
markazlar va oliy o’quv yurtlarining taqsimlangan axborot zaxiralariga integrallashgan kirish 
tizimini yaratishdan iborat. 
Axborot texnologiyalarini joriy qilish va kelgusida rivojlantirish jarayoni korxona va 
muassalarda mablag’larini tejash, ish vaqtidan oqilona foydalanish va boshqaruv jarayonlari 
samaradorligini oshirish imkonini beradi. Mamlakatda iqtisodiyotni har tomonlama 
modernizatsiyalash sharoitida rahbar va mutaxassislarning asosiy e’tiborini ushbu muammoga 
qaratish lozim.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish