Siyosiy erkinlik,
Monteske fikricha, qonun bilan ruxsat berilgan, yoki u bilan
ta’qiqlanmagan istalgan harakatni amalga oshira olish huquqidir. Agar fuqaro qonun
bilan ta’qiqlangan harakatlarni ham qila olganda, unda erkinlik mavjud bo’lmasdi,
chunki xuddi shunday qilmishni boshqalar ham unga nisbatan qilishi mumkin.
Monteyske hokimiyatni amalga oshirish usuli haqida:
Demokratik davlatda
har qanday erkin shaxs o’zini o’zi boshqarish huquqiga ega bo’lishi lozim, buni
ta’minlashning birdan bir yo’li qonunchilik hokimiyatini amalga oshirilishida
xalqning ishtirok etishidir. Qonun chiqarish jarayonida xalqning bevosita
qatnashishini yirik davlatlarda iloji yo’k, kichik davlatlarda esa ortiqcha tashvish va
sargordonlik bilan bog’liq bo’lgani bois, xalq qonunchilik hokimiyatini o’zining
vakillari orqali amalga oshiradi. Vakillar xalq nomidan qonun chiqarishda ishtirok
etadilar va o’z faoliyatlarida ularni saylab qo’ygan aholining, umuman xalqning
manfaatlarini ko’zlab harakat qilishadi. Albatta, vakillar o’z saylovchilaridan
qonunchilik faoliyatining umumiy yo’nalish, instruksiyalarini olishlari etarli, har
bir alohida ish bo’yicha xususiy ko’rsatmalar olishlari shart emas. Yo’qsa, Monteske
yozishicha, deputatlarning so’zlari xalqning aks sadosi bo’lsada, bu uzundan uzoq
yo’lakchalar orqali harakatlanishga majbur bo’ladi, har bir deputatga qolganlari
ustidan ustunlik berishi va zarur hollarda xalqning kuchi qandaydir injiqlik tufayli
amalga oshmay qolishi mumkin.
Monteyske
ta’limotining mohiyati har bir xalq
qonunlarining «ruhi»
bir
qancha konkret shart-sharoitlar bilan belgilanganligi, bu shart-sharoitlarning
har biri o’ zi ga x os ah a mi y at k as b etis hi ni an gl as hg a qaratilganligidadir.
Monteyske fikricha, qonun chiqaruvchi birinchi navbatda iqlim bilan
hisoblashishi zarur. Issiq iqlim xalqni noziklashtiradi va erinchoq qiladi.
SHuning uchun bu erda jazo bilan qo’rqitish odamlarni ishlashga majbur
qiladi. Davlat depotizm shaklida bo’ladi.
Iqlimdan tashqari Monteyske yerning hosildorligi, tog’lar va orollar,
tekisliklar, iqtisodiy ahvol, dinning roli haqida ham fikrlar bayon qiladi.
Mo’tadil iqlim qonunlar ruhiga ijobiy ta’sir qiladi, deb hisoblaydi. Monteyske
fikricha, geografik muhit jamiyat rivojining boshlang’ich davrida xal qiluvchi
rol o’ynaydi, chunki bu davrda tabiat va iqlimning ta’sirini cheklashga qodir
qonun chiqaruvchi odamning o’zi bo’lmagan qonun «ruxini», uning mazmunini
belgilovchi muhim omil davlatning boshqarish shakli, jamiyatdagi siyosiy
tuzimdir. Bu omil geografik omil ta’sirini cheklab qo’yishi ham mumkin, deb
hisoblaydi Monteyske.
Mana shuning uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |