Toshkent «noshir» 2017



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/100
Sana10.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#767807
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100
Bog'liq
kimmatli kogozlar

Depozitariylar
Qimmatli qog‘ozlarni saqlash, ularga bo‘lgan huquqlarni
hisobga olish va tasdiqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi
yuridik shaxs depozitariydir. O‘zbekiston Respublikasi hudu-
didagi depozitariylar tizimi Qimmatli qog‘ozlar markaziy
depozitariysini va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozita-
riysida vakillik hisobvaraqlarini ochgan depozitariylarni o‘z
ichiga oladi. Depozitariylar tizimida qimmatli qog‘ozlar
harakati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlana-
digan depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq amalga
oshiriladi.
Faqat naqd (qog‘oz blanklar ko‘rinishidagi) qimmatli
qog‘ozlarni chiqarish va ularning muomalada bo‘lishi jamiyat
uchun ancha qimmatga tushadi, chunki ularni tayyorlash
uchun juda ko‘p hajmdagi bo‘yoqlar, qog‘ozlar va hokazolar
sarflanadi. Bundan tashqari, qimmatli qog‘ozlarning qog‘oz
blanklarini saqlash ko‘pincha texnik xususiyatdagi muayyan
qiyinchiliklar bilan bog‘liq (saqlash uchun maxsus xonalar,
seyflarning mavjud bo‘lishi zarurati). Nihoyat, naqd qimmatli
qog‘ozlar muomalada bo‘lishida qator muammolarni keltirib
chiqaradi – o‘tkazma yozuvlarni taqdim etish, transfe-
ragentlik xizmatlari, o‘rab-bog‘lash va tashish, har bir
blankning haqiqiyligini tekshirish va h.k. Yuqorida sanab
o‘tilgan holatlar shunga olib keldiki, XX asr 70-yillarining
o‘rtalarida naqdsiz qimmatli qog‘ozlar paydo bo‘la boshladi.
Ularni hisobga olish va saqlash, xuddi pul mablag‘larini
banklardagi hisobraqamlarda saqlash singari, buning uchun
maxsus mo‘ljallangan muassasalar – depozitariylardagi
«depo» hisobraqamlarida yozuvlar ko‘rinishida amalga oshi-
rilardi. Qimmatli qog‘ozlarni naqdsiz shaklda chiqarish,
saqlash va muomalada bo‘lishi an’anaviy naqd shakldagi
usulga qaraganda o‘zining ancha ustunliklarini ko‘rsatdi,
chunki u har bir emitent va har qaysi jamiyat uchun katta
miqdordagi mablag‘larni tejash imkonini berdi, bundan
tashqari, emitentlar sarmoyadorlar hamda vositachilar uchun
bir qator qulayliklarni ta’minladi. Bugungi kunda naqdsiz
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish butun dunyoda qimmatli
qog‘ozlar bozorini rivojlantirishning asosiy tamoyili bo‘lib
hisoblanadi. Depozitariylardagi naqdsiz hisobga olish qim-
matli qog‘ozlarning moddiy joylashtirilishi zaruratini istisno
etuvchi ro‘yxatlarning kompyuterlashgan tizimi orqali bitim
bo‘yicha hisob-kitoblarni bajarish jarayonini anglatadi.
Qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishni
depozitariylar amalga oshiradi, qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollar bundan mustasno. Depozitariylar o‘z depo-
nentlarining hisobvaraqlarida ularning Qimmatli qog‘ozlar
markaziy depozitariysidagi vakillik hisobvaraqlarida jamlab
hisobga olib boriladigan hujjatsiz qimmatli qog‘ozlarga bo‘l-
gan huquqlari hisobini yuritadi, shuningdek hujjatli qimmatli
qog‘ozlarni saqlaydi va ularga bo‘lgan huquqlarni hisobga
oladi.
Hujjatsiz qimmatli qog‘ozga bo‘lgan huquqlar oluvchiga
uning depo hisobvarag‘iga tegishli kirim yozuvi belgilangan
tartibda kiritilgan paytdan e’tiboran o‘tadi va qonun huj-
jatlarida belgilangan tartibda depozitariy tomonidan beri-
ladigan depo hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan tasdiqlanadi.


112
113
Egasining nomi yozilgan hujjatli qimmatli qog‘ozga bo‘l-
gan mulk huquqi oluvchiga qimmatli qog‘oz blankasiga
belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritilgan paytdan e’tiboran
o‘tadi.
Taqdim etuvchiga tegishli hujjatli qimmatli qog‘ozga bo‘l-
gan mulk huquqi oluvchiga qimmatli qog‘oz blankasi berilgan
paytda, qimmatli qog‘oz blankasini saqlash va unga bo‘lgan
huquqlarni hisobga olish depozitariyda amalga oshirilgan
holda esa oluvchining depo hisobvarag‘i bo‘yicha kirim yozuvi
amalga oshirilgan paytda o‘tadi. Qimmatli qog‘oz bilan tas-
diqlanadigan huquqlar ushbu qimmatli qog‘ozga bo‘lgan
huquqlar o‘tgan paytdan e’tiboran oluvchiga o‘tadi.
Bank tizimi singari, O‘zbekiston Respublikasining depo-
zitar tizimi ham ikki pog‘onalidir. Markaziy depozitariy
mamlakatning bosh depozitariysi hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi davlat unitar
korxonasi shaklida tashkil etiladi hamda faoliyatini xizmatlar
ko‘rsatishdan olingan daromadlar va boshqa tushumlar hiso-
bidan amalga oshiradi.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi xizmatlari
uchun tariflarning miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda qimmatli qog‘ozlar
bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi to-
monidan tasdiqlanadi.
U O‘zbekiston depozitariylarida qimmatli qog‘ozlarni
saqlash, huquqlarni hisobga olish va harakatining yagona
tizimini ta’minlaydi (birinchi pog‘ona). Qolgan depozita-
riylar — nodavlat korxonalar bo‘lib, ularning muassislari
sifatida yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, horijiy
yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin. Bu
depozitariylar Markaziy depozitariyga bo‘ysunadi va u bilan
vakillik aloqalarini o‘rnatishga majbur (ikkinchi pog‘ona).
Depozitariylar o‘z deponentlarining hisobraqamlarida, ular-
ning markaziy depozitariylardagi vakillik hisobraqamlarida
umumiy hisobga olinadigan naqdsiz qimmatli qog‘ozlarga
nisbatan huquqlarning hisobini yuritadi. O‘zining asosiy
faoliyatidan tashqari, depozitariylar qimmatli qog‘ozlarning
nominal egasi vazifasini bajarishadi (ya’ni depozitariy qim-
matli qog‘ozlar egasining topshirig‘i asosida qimmatli qog‘oz-
lar egalarining reestrida ularning nominal egasi sifatida ro‘y-
xatga olinishi mumkin).

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish