114
XIII-bob. TURISMDA SUG‘URTALASH
13.1. Turistik sug‘urta
va uning turlari
13.2. Turizmda sug‘urta tushunchasi
13.3. Turistlar va turistik tashkilotlarni sug‘urtalashning chet el tajribalari
13.4. Turistlarning sug‘urta kompaniyalari bilan qiziqish sabablari
13.1. Turistik sug‘urta va uning turlari
O‘zbekiston Respublikasi "Turizm to‘g‘risida"gi qonunining 20-moddasi
"Turistlarni sug‘urta qilish", - deb nomlanib, unda: Turistlarni sug‘urta
qilish
majburiydir va u turistik faoliyat sub’yektlari tomonidan sug‘urta faoliyati olib
borish huquqiga ega bo‘lgan tegishli sug‘urta tashkilotlari bilan tuziladigan
bitimlar
asosida amalga oshiriladi, deyiladi. Biror joyga yoki mamlakatga
qatnovchi turist mahalliy aholiga qaraganda ko‘proq noqulay omillarga duch
keladi. Shuning uchun avvalom bor turistning sog‘lig‘i sug‘urtalanadi.
Keyin esa
mol-mulki sug‘urtalanadi. Turistning bir kunlik turistik sug‘urtasi o‘rtacha bir
yarim dollarga to‘gri keladi. Endi dunyodagi turistlar soni yarim milliard bo‘lib,
sayohat 5-7 kun davom etsa, turizmning sug‘urtalash sohasida aylanayotgan
mablag‘i hajmini baholash qiyin emas.Turizm rivojlangan
mamlakatlarda maxsus
tezkor xizmat guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, turistga biror kor xol bo‘lsa u telefon
orqali o‘zining shaxsiy nomerini aytadi va unga zarur bo‘lgan yordam ko‘rsatiladi.
Turizm statistikasiga qaraganda, sug‘urta to‘lash holati har bir 100 ta turistning
bittasiga to‘gri keladi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, turistlar bilan ro‘y
bergan har qanday holatlar sug‘urta kompaniyasi
tomonidan tan olinmaydi va
unga sug‘urta puli berilmaydi.
Hozirgi vaqtda turizm sohasida sug‘urta tizimi 10 dan ortiq sug‘urta
xizmatini taklif etadi. Shulardan eng muhimlariga to‘xtalib otamiz:
24
24
O’zbekiston Respublikasi «Turizm to’g’risida»gi qonuni. Xalq so’zi. 1999 yil 20 avgust.
115
1. Shaxsiy sug‘urta. Insonning hayoti, sihat-salomatligi,
mehnat qobiliyati ana
shu sug‘urta munosabatlarining ob’yekti hisoblanadi. Bunga quyidagilar kiradi:
- hayotni sug‘urta qilish;
- baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish;
- tibbiy xarajatlar va kasallik yuzasidan sug‘urta qilish.
2. Mol-mulkni sug‘urta qilish. Turli xil moddiy boyliklar sug‘urta munosabatlari
ob’yektiga kiradi. Masalan:
- dengiz sug‘urtasi, shu jumladan yuklarni, kemalarni va hokazolarni sug‘urta
qilish;
- yong‘indan va boshqa xavf-xatardan (tabiiy ofatdan) sug‘urta qilish;
- buzib kirish yo‘li bilan o‘g‘irlik qilishdan, boshqa
yovuz niyat bilan yoki
g‘ayri qonuniy yo‘l bilan uchinchi shaxs tomonidan amalga oshirilgan
harakatlardan sug‘urta qilish;
- avtomobil transporti vositalarini sug‘urta qilish;
- texnikaviy xavf-xatardan (qurilish-montaj ishlaridagi va hokazo xavf-xatardan)
sug‘urta qilish;
- oyna sinishidan sug‘urta qilish hamda sug‘urtaning bu boradagi boshqa maxsus
turlari;
- ijara ishlarini sug‘urta qilish hamda sug‘urtaning bu boradagi boshqa turlari.
3. Mas’uliyatni sug‘urta qilish. Yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash bo‘yicha
zimmaga olingan mas’uliyat bu sug‘urta munosabatlarining ob’ yekti hisoblanadi.
Bunga quyidagilar kiradi:
- ish bilan ta’minlovchilarning mas’uliyatini sug‘urta qilish;
- umumfuqaro mas‘uliyatini sug‘urta qilish;
- avtomobil xo‘jaligi sohasida ishlovchi fuqarolar mas’uliyatini sug‘urta qilish;
- ishonch va kafillik mas’uliyatini sug‘urta qilish.
Shuni
ham aytish kerakki, faqat tijorat ishlarining o‘zida 200 dan ortiq
sug‘urta turlari mavjuddir.