107
XII-bob. TURISTIK FAOLIYATNI LITSENZIYALASH
12.1. Turizmda litsenziya olish uchun taqdim qilinadigan
hujjatlar va ularning
mazmuni
12.2. Turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi turistik korxonalarga litsenziya
berish tartiblari
12.3. Germaniya va Angliya mamlakatlarida litsenziya berish tartiblari
12.4. Turfirmalarning litsenziyaga amal qilish shartlari
12.1. Turizmda litsenziya olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar va
ularning mazmuni
Turistik firmaning turizm sohasidagi faoliyatining
zaruriy sharti - unda
litsenziya (ruxsatnoma)ning mavjudligidir. Turizm faoliyatini litsenziyalash
turizmni tartibga solishning muhim bo‘g‘inidir. O‘zbekistonda turizmni
litsenziyalash bir necha yillar mobaynida amalga oshirilib kelinmoqda. Bu
sohadagi ishni tashkil etishda ham muayyan tajriba to‘plangan.
1994-yilda
O‘zbekiston
Respublikasida
turizm
birinchi
marotaba
litsenziyalanadigan faoliyat turlariga kiritilgan edi. Shu jumladan,
Vazirlar
Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-sonli qarori bilan litsenziyalanishi
lozim bo‘lgan ba’zi bir faoliyat turlari joriy etildi (shu jumladan, turizm sohasida
ham) va litsenziyalarni berilishini rasmiylashtirishga
doir umumiy nizom ham
tasdiqlandi. Litsenziyalash usullarini sinovdan o‘tkazib borish, qonunchilik
bazasini o‘zgarishi va tahlil qilish va hal etishni talab qiladigan muammolarni
vujudga kelishi bilan 1998-yili “O‘zbekiston Respublikasida turizm faoliyati bilan
shug‘ullanish uchun ro‘yxatdan o‘tish va litsenziya berish qoidasi” yangi tahriri
kuchga kiritildi
21
. Ushbu qoida mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qa’tiy
21
Vazirlar Mahkamasining
“O‘zbеkiston Rеspublikasida turizm faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ro‘yxatdan
o‘tish va litsеnziya bеrish qoidasi”. Xalq so’zi. 1998 y.
108
nazar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan
va turizm sohasiga amaldagi
qonunchilikka muvofiq faoliyat yuritayotgan korxona, birlashma va tashkilotlarni
ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga litsenziya berish tartibini belgilab beradi. Yangi
bosqichdan turizm sohasida faoliyat ko‘rsatadigan
ishtirokchilarga talab
kuchaytirildi. Shuningdek litsenziyalarning bekor qilinishini (chaqirib olinishini)
ko‘zda tutuvchi holatlar belgilandi. Turizm faoliyati bilan shug‘ullanish uchun
litsenziya
“O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi komissiya qarori asosida beriladi.
Turizm faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
Litsenziya berilganligi uchun respublikadagi eng kam ish haqqining 25 barobari
miqdorida litsenziya yig‘imi to‘lanadi. Litsenziya yig‘imi to‘lovidan kelib
tushadigan mablag‘lar “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi
huzuridagi turizmni
rivojlantirish markazlashtirilgan fondiga yo‘naltiriladi.
Ko‘pchilik mamlakatlarda, turagent va turoperator faoliyatini tartibga solish
darajasida farqlar mavjud. Jumladan, rivojlangan
mamlakatlarning turizm
amaliyotida turoperatorlik va turagentlik faoliyatni litsenziyalashda litsenziya
yig‘imi miqdori, tavakkalchiliklarni sug‘urtalash tizimi, ushbu sohada muayyan
ma’lumotga ega bo‘lishga doir talablarda farqlanish mavjud. Ushbu faoliyat
turlarining belgilangan farqlari, maqsad va vazifalari, mijoz bilan o‘zaro hamkorlik
qilish tartibidan kelib chiqqan holda ushbu korxonalarni
litsenziyalashga ham
turlicha uslubiy yondashuv amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida turizm
sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil topishi va rivojlanishining dastlabki
bosqichida ko‘pchilik kishilar bir vaqtning o‘zida turoperator va turagent
faoliyatini farqlay olmasdan ushbu faoliyat bilan shug‘ullana
boshlashi albatta
maqsadga muvofiq emas edi. Hozirgi bosqichda ushbu faoliyat sohasidagi
tadqiqotlar va amaliyotdan kelib chiqqan holda Butun Jahon Turistik
Tashkilotining “Turizm sohasidagi faoliyat turlarini xalqaro tasniflash
andozalari”ga muvofiq holda ushbu sohadagi faoliyat turlarini alohida ko‘rsatgan
holda umumiy litsenziyalash tizimini joriy etish zarurligi maqsadga muvofiqdir.