Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
40
tinchimas sharpalarning narigi dunyodagi omonat hayotini faqat boyqushgina ko‘ra va eshita olardi... 
Boyqush uzoq yillar davomida ularga o‘rganib qolgan, ular bo‘lmasa zerikib qolar, o‘zini biror narsa 
yetishmayotganday his qilar edi. Lekin boyqush ularning boradigan boshqa joyi yo‘q ekanini, ertami, 
kechmi qadam ranjida qilishlarini bilar edi. Mana, yaqinda maydonda katta parad va namoyish bo‘lishi 
kerak, shularning ketidan kechasi hayajonga tushib, ko‘rgan-bilganlaridan ko‘zlarini mast 
odamlarnikiday baqraytirib sharpalar albatta kelishadi. Barabanlarning gumbirlagan ovozi, harbiy saf 
muzikasi, soldatlarning maydon uzra yurakka qadaladigan qadam tashlashlari ularni o‘ta hayajonga 
soladi. Harbiy texnikaning shovqin-suroni-chi! Namoyishlar, namoyishlar shunday hayajonga soladiki — 
odamlar daryoday oqadi, bor ovozi bilan qichqirishadi, maqbara ustida turganlarning rasmlarini, 
shiorlarni ko‘tarishib shodu xurram o‘tishadi. Va olomon “ura-aa” deb qichqirib, urug‘ qo‘yish uchun 
suzayotgan baliqlarday kallasi kallasiga tekkunday bir tomonga oqadi.
Lekin sharpalarning kunduz kuni, yorug‘da paydo bo‘lishi joiz emas, bo‘lmasa ular vaqtning kechish 
jarayoni bilan hisoblashmasdan, fanodan oniy hayotga qaytib kelgan, ishga kirishib ketgan, hayajonga 
tushgan odamlar daryosi tepasidagi yuksak maqbaraning ustki minbarida turgan bo‘lur edi. Shundan 
so‘ng bularning hammasi birdan stop-kadrdagiday to‘xtagan, harakatsiz serrayib qolgan, ovozsiz 
sahnada tarixning tushuniksiz lazzatli zavq-shavqi ila abadiylikka, mangulikka qotib qolgan bo‘lur edi. 
Kreml ustidan guvillab uchib o‘tayotgan samolyotlar ham, harakatsiz to‘xtab qolgan, hurkak kabutarlar 
ham osmonda turib qolgan va porloq ko‘zlar ham, baqiroq ovozlar va hatto harakatga kelgan pok fikrlar 
ham miya qatlarida turib qolgan bo‘lur edi... Quyosh ham bir joyda abadiylikka qotib qolgan bo‘lur edi...
Begim kunlari, xususan havo aynigan kezlarda, surunkali yomg‘ir paytlarida, yer bag‘irlab izg‘irin 
turgan onlarda — maqbara yonidagi soqchilar oyoqlariga piyma etik, kalish, boshlariga quloqchin, 
qo‘llariga qo‘lqop kiyib olgan va og‘izlaridan chiqqan hovur kiyim yoqalariga, yelkalaridagi 
miltiqavtomatlarning og‘izlariga oppoq qirov bo‘lib qotib qoladigan fursatlarda, xumkalla-pakana 
arvohlar, balki havo ayniganidan bo‘lsa kerak, vaysaqi bo‘lib bir-biri bilan chiqisha olmay qolishadi
ko‘proq burchak-burchaklarga tiqilib, oyga ko‘z qirini solar ekanlar, bir-biriga gap qaytarishadi, ana 
shunday mahallarda boyqushning qulog‘iga asabiylashgan ovozlar tez-tez eshitilar edi: “Tushuntirib 
bo‘lmaydigan narsalarni menga ishontirishga urinma! O’limga davo yo‘q, davo bo‘lishi mumkin ham 
emas, o‘lim haqdir. Men o‘lgan ekanman, abadiy yashab qolmoqchi emasman, soxta hayotning menga 
keragi yo‘q! Bu qachongacha davom etadi?! Oxiri bormi o‘zi, tinchim ham yo‘q, hammasi jonimga tegdi! 
Ilgarilari o‘ylamagan ekanman, endi bo‘lsa nega tug‘ildim, meni onam nima uchungina tug‘di ekan 
degan fikr kallamdan chiqmaydi. Men tug‘ilishni xohlamagan edimku! Endi bo‘lsa maqbaraga qamalib 
qolganman. Bularning hammasi sening ishing! Bu sening iblisona, makkorona g‘oyang! Bunga hech 
qachon rozi bo‘lmayman, hech qachon, esingda bo‘lsin”. Bunga sherigi o‘zining butunlay o‘chib qolgan 
trubkasini osoyishta tortar ekan xirillagan ovozi bilan javob berar edi: “Quloq sol, men senga ko‘p marta 
tushuntirganman. Bu partiyaning xohishi edi. Men senga aytganman: sen partiyaga butun borlig‘ing 
bilan, ko‘rgazmali qurol shaklida kerak eding, tushunyapsanmi, jahon inqilobi uchun sinfiy qasam 
ichishlar uchun kerak eding, sen partiyaga o‘lganingga qaramasdan va o‘lganingdan keyin ham kerak 
eding. Sen inqilob fir’avnisan, seni asrashadi, avaylashadi, senga tosh tobutingda ta’zim qilishadi!” — 
“Men bo‘lsam buni mutlaqo xohlamayman! Men qat’iy norozilik bildiraman! hech kimning, mutlaqo hech 
kimning o‘lim bilan hisoblashmaslikka haqi yo‘q. Bu — bema’nilik”.
Boyqush ularning tepasidan uchib o‘tar ekan, hang-mang qolar edi – ular turfa olam haqida 
g‘azabnok janjallashar ediki, bunaqasini dunyoning biron go‘shasida eshitmaysan...
Lekin bugun ular, yarim kechada paydo bo‘ladigan janjalkash sharpalar yo‘q edi... Maydon xoli edi...
Boyqush Kreml qal’asining kungirador devori ustidan shuv etib uchib o‘tgach, o‘zining ulkan ko‘zlari 
bilan butun tevarak-atrofni ko‘zdan kechirib bordi-da, bo‘m-bo‘sh tomlar ustidan o‘tib saroy bog‘lari 
tomon yo‘l oldi. U bu yerda kuzning qalin shox-butoqlari orasida sekingina “uh” tortdi, tepalik ustiga 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish