Qumqo’rg’on tumanidagi 62-umumiy o’rta
ta’lim maktabining 11”A”- sinf o’quvchisi
Abdullayev Javohirga pedogogik-psixologik
TAVSIFNOMA
11”A”-sinf o’quvchisi Abdullayev Javohir kamgap va biroz uyatchan .Ko`p hollarda atrofdagi voqealarga e`tiborsiz, fikrlari tarqoq, aniq maqsadni ko`zlayolmaydi, sinfdosh o`rtoqlari bilan ham ko`p vaqt chiqisha olmay qoladi, yolg`izlikni maqul ko`radi.
Yoshligidan faqat informatika faniga emas balki barcha fanlarga qiziqishi past, o`z-o`ziga talabchan va masulyatli emas. Shunga qaramay, xulqi yaxshi, darslarga muntazam qatnashadi.
O`qituvchi bu o`quvchi bilan qo`shimcha ravishda ishlashi, darslarni u o`zlashtira oladigan darajada yengillashtirishi va yengil topshiriqlar berish orqali uning faolligini oshirish kerak.
Bu o`quvchi informatika fanini yaxshi bila oladiganlarga havas qiladi, lekin o`zi yetarli darajada bilimga ega emasligi uchun dars davomida mashqlarni bajara olmaydi.Bunga sabab unga qo`shimcha e`tiborning kamligi va ko`pchilik orasida gapirishga uyalishi, tortinchoq ekan deb topdim.
Tavsifnoma beruvchi talaba Mustafayev Nurbek
Do'stlaringiz bilan baham: |