Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
42
yomon bo‘larkan. Qayoqqa borma, g‘azab to‘la gaplarni eshitasan. Gitlerning maydonlarda nima ishlar 
qila olganini, odamlarni qanday ko‘ylarga solganini endi tushundim.

Ehtimol sen haqdirsan. Axir ular studentlarku, nima demoqchisan. Yosh, qaynoq, g‘ayrati ichiga 
sig‘maydi. Birdan Filofey chiqib qolsa? — Sening aytganingcha bor. Esimda, Kennedi otib o‘ldirilgan kuni 
ham xuddi shunday bo‘lgan. Bugun qanaqangidir beboshlik, tartibsizlik, to‘s-to‘polon. Birovlar Filofey 
tabiatning botiniy siriga burnini suqdi deyishadi-da, ketidan buning teskarisini aytishadi — tekshirib 
bo‘lmaydigan qatag‘on sirlarning o‘zi bo‘lishi mumkinmi? Boshqa birovlar — tashvishlanishga arzimaydi, 
samoviy rohib orbitada turib nasihatgo‘ylik qilaversin, bizga nima, uch pulga arzimaydi deydi. Bor-yo‘q 
gapi jinday husnbuzar ekan. Bunga javoban luqma tashlashadi: sen erkaksan, senga sariq chaqalik 
ekan, bo‘lajak bolasi tug‘ilishni xohlamagan ayol sho‘rlik nima qilsin? Endi buyog‘i nima bo‘ladi? 
Kassandra tamg‘asiga qanday munosabat bildirish kerak? Mavjud voqeadan qanday ko‘z yumsa bo‘ladi? 
Uchinchi bir xil odamlar kurakda turmaydigan gaplarni aytishadi. To‘rtinchi xil odamlar, beshinchi
o‘ninchi xil odamlar va hokazo. Nihoyat, hammalari ayyuhannos ko‘tarishadi: genetik kodga burun 
suqishning nima keragi bor — buni taqdiri azal deydilar, taqdiri azal esa Xudodandir. Odam ming-ming 
yillardan beri taqdiri azal bilan yashab kelgan, birdan bizning irodamizdan tashqari narsani taftish qila 
boshlashsa... Shunga o‘xshash gaplar. Hammasini aytib ado qilolmaysan. Kimgadir bu uch pullik narsa, 
bor-yo‘g‘i husnbuzar, kimgadir fojia. Ha, aytib oxiriga yetib bo‘lmaydi. Eng dahshatlisi – Kassandra 
harakatga keldi. Aytishlaricha, yuridik fakultetda o‘qiydigan bir qiz lektsiya paytida oynaga qarab turib 
birdan auditoriyadan otilib chiqipti. Uning peshonasida o‘shanday dog‘ — kassandra-embrion signali 
nishon bergan ekan. Boshqa bir voqea bundan ham o‘tib tushipti. Yo‘lda halokat yuz beribdi. Rulda 
ketayotgan ayol mashinada o‘tirib kuzatish oynasiga qarasa, peshonasida o‘shanday xavfli dog‘ 
ko‘ringanday bo‘libdi. Yaxshiyamki, falokat ro‘y bermabdi.

E, Xudoyim-ey! — Jessi stulga cho‘kdi. Hammamizning boshimizga balo bo‘ldi! Buyog‘i nima 
bo‘ladi? Qandaydir yo‘l topish kerak-ku!

Bilmayman, Jessi, bilmayman. Mendan nima xohlaysan? Buning ustiga, sen repetitsiyaga 
borishing kerak. Qaytib kelganingdan keyin gaplashamiz. Yuragim g‘ash.

Repetitsiyaga balo bormi? Dunyoda nima ishlar bo‘lyapti-yu, repetitsiya deysan.

Boshlandi endi!.. Sen ham chakki emassan. Butun boshli bir orkestr kutib tursa-yu, uyda 
Filofeyning vahimalariga qovurilib o‘tirsang.

Telefon qilib kasal bo‘lib qoldim deyman. Axir ular orasida yoshi kattasi menman. Yaqinda buvi 
bo‘laman. Sen buni yaxshi bilasan-ku.

Mening qismatim ham senikiday, farqi faqat men erkak buviman, — xotinini kuldirishga urinib 
dedi eri. — Chikagoga Erikaning uyiga sen buvi, men buva bo‘lib borsak, toza omadi ish bo‘lardi-da!
hozir bu haqda o‘ylaydigan mavridi emas, Jessi, repetitsiyani barbod qilma, bo‘lar bo‘lmasga.
Jessi o‘ylanib qoldi.

Xo‘p, mayli. Mening yana yarim soat, hatto ko‘proq vaqtim bor. Endi kishilar qanday yo‘l tutishi 
kerak, ular nima bo‘ladi? Erika yetti oylik homilador. Uning peshonasida ham Kassandra tamg‘asi nishon 
bergan bo‘lsa-ya? Agar Erika yaqinda homilador bo‘lganda bormi, men kechalari umuman uxlamagan 
bo‘lar edim. – Jessi indamay qoldi va bir oz o‘ziga kelgach, qo‘shib qo‘ydi: — Robert, senga kofe 
tayyorlab keyin ketaman.

Kofeni o‘zim tayyorlashim mumkin, sen jo‘nayver.

Yo‘q. Aytgancha, boshqalar qatori Ordok nomidan Entoni Yunger degani telefon qildi. – Yunger? 
ha, esladim. Xo‘sh, u nima dedi.

hozir kelib aytib beraman.
Xotini oshxonada bug‘ bilan ishlaydigan va shuning uchun parovoz deb ataladigan eski 
kofeqaynatgichda kofe tayyorlaguncha Robert Bork kursida o‘tirib dam olar ekan, shalviragan qo‘llarini 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish